O'quvchilarimiz uchun ularning eng saralarini tanlab oldik.

Asosiysi — mutlaqo tabiiy ko'rinishdir; ammo buning uchun juda ko'p pardoz kerak.

 

Kelvin Klyayn

 

Yuz

 

1. Mavsumga qarab parvarishni o'zgartiring. Qishda namlantiruvchi mahsulotlar kerak bo'lsa, yozda – quyoshdan himoyalovchi filtrli vositalar to'g'ri keladi.

 

2. Yozda iloji boricha kamroq pardozdan foydalaning. Ko'proq yengil namlantiruvchi tonal kremlar yoki VV-kremlarga e'tibor qarating.

 

3. Krem, niqob va yuz uchun boshqa vositalarni massaj chiziqlari bo'ylab suring. Ikki karra samara bo'ladi: parvarish + massaj.

 

4. Husnbuzarlarni siqmang. Bundan ular yanada sezilib qoladi.

 

5. Dahshatli, o't o'chirish mashinasidek qip-qizil husnbuzar chiqdimi? Tinchlaning! Paxtani qizarishga qarshi ko'z tomchisiga botirib, 3-5 daqiqaga muzlatgichga qo'ying. So'ngra tamponni yallig'langan joyga qo'ying – husnbuzar deyarli sezilarsiz bo'lib qoladi.

 

6. Kichkina uchuqdan shuningdek, tish pastasi ham halos etishi mumkin. Uni toshma ustiga suring va quriguncha qoldiring. Uchuqchaning rangi oqaradi.

 

7. Bronzer, xaylayter va qizil yog'upalarni ortiqcha ishlatmang. Kamroq har doim yaxshi. Aks holda, qo'g'irchoqqa aylanib qolasiz.

 

8. Tonal kremning mukammal tusiga ega bo'lish uchun uni iyagingizga surib ko'ring va tabiiy (kunduzgi) yorug'likda u sizga qanchalar mos kelishiga baho bering.

 

9. Yuzga tonal krem surayotganda bo'yinni unutmang.

 

10. Qoidani unutmang: avval tonal asos, so'ngra korrektor. Aksi emas.

 

11. Ko'zlar ostidagi ko'kargan tusni to'g'ri yashirish uchun korrektor bilan uch burchak chizing va ehtiyotkorlik bilan uni tarqatib yuboring.

 

Ko’z ostiga korrektorni to’g’ri surish 

 

 12. Konsiler bilan nafaqat yuzdagi, balki tanadagi toshmalarni yashirish mumkin. Masalan, chuqur dekolteli ko'ylakda ko'kraklari. Uchuq ustiga korrektor, so'ngra upa suring.

 

13. Agar yonoqlarni vizual ko'tarishni istasangiz yonoqlarga xaylayter, tagiga esa bronzer suring.

 

14. Bir choy qoshiq dolchin + bir choy qoshiq kakao + bir choy qoshiq muskat yong'og'i + ikki choy qoshiq jo'xori kraxmali = qo'lbola bronzer.

 

Bu bronzerni tana uchun ham ishlatish mumkin

 

15. Rumyanani tarqatib surish kerak bo'lgan nuqtani aniqlash uchun ko'rsatkich va o'rta barmoqlaringizni burun chetiga qo'ying.

 

16. Yonoqlarni bir ozgina chimchilash orqali hech qanday pardozsiz yuzni jonlantirish va yengil qizillik berish mumkin.

 

17. Agar teringiz quruq bo'lsa, kremli rumyana va upadan foydalaning.

 

18. Agar pardoz qutingizda rumyana topilmasa, ularning o'rnini lab bo'yog'i bosishi mumkin. Avval bo'yoqni qo'lga surib, so'ngra cho'tka yoki sponjda oling.

 

19. Yuzdan yog'liq yalritashni ketkazib, pardozni tartibga keltirish kerak bo'lsada, qo'l ostida upa bo'lmasa, bolalar uchun teri kukunidan yoki tana uchun talkdan foydalaning.

 

20. Pardozni ketkazish vositalari (sut, mitsellyar suv va boshqalar) sochlarni bo'yash vaqtida behosdan peshonaga yoki quloqlarga tegib ketgan bo'yoqni juda yaxshi ketkazadi.

 

21. Teringizni asrang: pardozni uyquga ketish oldidan emas, balki uyga kelgan zahoti ketkazing.

 

Ko`zlar

 

22. Ko'zlar ostidagi kulrang doiralarni ketkazish uchun ko'zlar ostiga bir tomchi shi moyini suring.

 

23. Hattoki yaxshi pigmentlashmagan tenni ham asosga surilganda yorqin qilish mumkin. Bunda oq qalamdan foydalanish mumkin.

 

Ten ostiga asos sifatida oq qalamdan foydalaning

 

24. Agar upaning tusi sizga to'g'ri kelmagan bo'lsa, undan ten sifatida foydalaning.

 

25. Ten o'rniga qalamdan foydalanish mumkin: bir nechta shtrix chizib, ularni yaxshilab tarqating.

 

Shunday to’r chizib, uni tarqatib yuboring

 

26. Ko'z burchagidagi shimmer ularni yorqinroq va ifodaliroq qiladi.

 

27. Qoshlar uchun gel o'rniga qo'l ostidagi vositalardan foydalanish mumkin. Masalan, sochlar uchun geldan. Uni cho'tkaga surib, qoshlarni tarang.

 

28. Qosh ostiga va ustiga xaylayter surib, bir zumda katta ochilgan nigohga ega bo'lasiz.

 

29. Agar tush cho'tkachasi qulay bo'lsa uni tashlab yubormang. Shunchaki uni yuvib, yangi tushga qo'ying yoki qoshlarni tarashda ishlating.

 

30. Oddiy ko'z qalamini oson usul bilan mstahkam gelli qalamga aylantirish mumkin. Shunchaki qalam uchini bir necha soniya olov ustida ushlab turing (zajigalka yoki shamdan foydalaning).

 

Bir necha soniya va qalam yanada mayin va yorqin bo’ladi

 

31. Ko'zlar uchun suyuq qalam tugadimi? Buning yechimi bor! Bukilgan cho'tka va tush yordamida yoylar chizing.

 

32. Qizargan ko’zlarni yashirishni istasangiz, suv chizig'i ustidan oq qalam yuriting.

 

33. Suvli asosdagi havorang qalam kulrang ko'zlarning chuqurligini qayd etadi. Zumrad rang qalam moviy ko'zlarga yashil tus beradi.

 

34. Yoylar chizishni bilmaysizmi? «Qoshiq usulini» qo'llab ko'ring.

 

Choy qoshig’i yoylar chizishga yordam beradi

 

35. Yoy qiyshiq chiqdimi? Uni o'chirishga shoshilmang — shaklni qiyshiq cho'tka va konsiler yordamida tuzating.

 

Korrektor yoyni tekis qilishga yordam beradi

 

36. Mustahkam gelli qalamni faqat mitsselyar suv emas, balki oddiy zaytun moyi yordamida ham ketkazish mumkin.

 

37. Bir qatlam tush + to'kiluvchan upa + ikkinchi qatlam tush = ajoyib uzun kipriklar.

 

38. Ko'zlaringiz kattaroq, nigohingiz esa yanada ochiq ko'rinishini istaysizmi? Kipriklarni chakkaga qarab emas, balki burun tomonga qarab bo'yang.

 

39. Agar kipriklarni bo'yash vaqtida qovoqlar yoki ko'zlar ostidagi teriga tush tegib ketgan bo'lsa, uni darhol paxta cho'pi yoki paxta diski bilan artish shart emas. Tush qurignucha kuting, so'ngra qoshlar uchun cho'tka bilan o'chiring.

 

40. Eski kreditka yoki keraksiz tashrif qog'ozi ham tush cho'tkasini yaxshi ishlata olmaydigan qizlar uchun yordamchi bo'ladi. Kartochkani qovoqqa tirang va kipriklarni asosidan boshlab dadil bo'yang.

 

41. Kipriklardagi tugunchalar va «o'rgimchak oyoqchalari» — tush yomon degani emas. Shunchaki cho'tkaga juda ko'p mahsulot olingan. Kipriklarni bo'yashdan avval, undan ortiqcha tushni olib tashlang.

 

42. Agar kipriklarni qayriltirish uchun qisqichlardan foydalansangiz, ularni ishlatishdan avval fendan chiqadigan issiq havo oqimi bilan qizdiring. Kipriklar yanada qayrilgan bo'ladi.

 

43. Ulama kipriklarga yelimni tekis taqsimlash uchun to'g'nog'ich uchidan foydalaning.

 

To’g’nog’ich buni bir tekisda bajarishga yordam beradi

 

44. Yaqinda tugaydigan sevimli tushdan ajralish qiyinmi? Tyubikdan dozator-rezinani yeching – uning ostida yana ko'p mahsulot yashirinib yotadi.

 

45. Qurib qolgan tushni qayta “jonlantirmoqchi” bo'lsangiz besh daqiqa issiq suvda tutib turing.

 

5 daqiqa, va tush yana ish beradi

 

46. Shuningdek, tushni bir necha tomchi fiziologik eritma ham «jonlantirishi» mumkin.

 

Lablar

 

 47. Lablar uchun yengil skrab: tishlarni tozalayotganda cho'tka bilan lamblarni ishqalang. O'lik to'qima parchalari ko'chadi, mentol esa qon aylanishini yaxshilaydi.

 

48. Lab bo'yog'i tishlarga tegmasligi uchun ko'rsatkich barmoqni lablar orasiga kiritib, ehtiyotkorlik bilan chiqaring.

 

Ortiqcha bo’yoq barmoqda qoladi

 

49. Lablar konturini chiza olmaysizmi? Yuqori labning markazidagi Kupidon botig'i ostida «X» belgisini chizishdan boshlab ko'ring, so'ngra burchaklarni belgilab, hosil bo'lgan chiziqlarni tutashtiring.

 

Kupidon botig’i ostidagi xochdan boshlang

 

50. Aniq konturga ega bo'lishni istasangiz lab bo'yog'ini cho'tkacha bilan suring. Hajmil lablar xohlasangiz, bo'yoqni barmoqda suring.

 

51. Lablarni bo'yashdan avval lab konturlariga tonal krem surib, yuqori lab ustidagi botiqqa bir oz xaylayter suring. Bu lablarni ancha kattalashtiradi.

 

Lablarni botokssiz kattalashtirish mumkin

 

52. Lablarni kattaroq va jozibaliroq qiladigan yana bir usul – lablar o'rtasiga surilgan och perlamutr tendir.

 

53. Lab bo'yog'i uzoq vaqt saqlanib turishini istaysizmi? Lablarni bo'yagach, ustidan ingichka qog'oz salfetka qo'ying va sochiluvchi upa seping.

 

Bu usul lablarni uzoq vaqt bo’yamaslik imkonini beradi

 

54. Qimmatli lab bo'yog'i sindimi? Hafa bo'lmang! Tubada qolgan bo'yoq uchini zajikalga yordamida isitib, sinib tushgan bo'lakni yaxshilab birlashtiring. So'ngra bo'yoqni 15-30 daqiqaga muzlatgichga qo'ying.

 

55. Lablar uchun plamperni (hajm berish vositasi) qo'lda yasash mumkin. Shunchaki sevimli lab vositangizga qalampir yalpizi moyidan bir tomchi qo'shing.

 

56. Vazelin + qovoqlar uchun sochiluvchan tenlar = uyda tayyorlangan lab uchun yaltiroq.

 

Istalgan tusdan yaltiroq tayyorlash mumkin

 

Sochlar

 

57. Sochlaringizni har kuni yuvmang – bundan ular tezroq ifloslanadi. Bu bosh terisini quritgani uchun organizm da'vat sifatida tushunadi – ya'ni ko'proq yog' kerak.

 

48. Bosh terisi quruq va qazg'oqlimi? Unga chakamug' moyini suring (istalgan dorixonada sotiladi).

 

59. Agar sochlaringiz yog'lanishga moyil bo'lsa, konditsionerni ildizlarga surmang, aksincha quloq tomondan boshlang.

 

60. Sochlaringiz yaltirashi uchun avokadoli niqoblar qiling.

 

61. Kesilgan uchlarni yo'qotish uchun soch o'ramini spiral qilib o'rang va barcha chiqib turgan tolalarni kesib chiqing.

 

Atigi bir necha daqiqa va sochlar yana joyida

 

62. Bolalar uchun quruq upa yoki talk – quruq shampun o'rnini yaxshi bosadi.

 

63. Quruq shampundan ertalab emas, kechqurun foydalaning. Tunda davomida ortiqcha kukun to'kiladi va ko'proq hjmga ega bo'lasiz.

 

64. Elektrlashgan injiq sochlarni yotqizish uchun antistatik suyuqlik singdirilgan salfetkalardan foydalaning (odatda ular bilan ekranlar artiladi).

 

65. Fen bilan quritilganidan so'ng sochlar hurpaymasligi uchun taroqqa soch uchun lakdan bir oz seping va sochlarni tarang. Ehtiyot bo'ling! Taroq emas, sochlarga lak sepsangiz yopishqoqlik effektiga ega bo'lasiz.

 

66. Bir nechta o'rim hosil qiling, ularning ustidan dazmol bosing va sochlarni yechib yuboring. Shu tariqa, uzoq vaqt tekislanib ketmaydigan to'lqinsimon sochga ega bo'lasiz.

 

To’lqinlar hosil qilish uchun faqat ployka kerak emas

 

67. To'lqinlar shaklini uzoqroq tutib turishi uchun, sochlar butunlay quriganidan so'nggina ploykani ishlating.

 

68. Shpilka va to'g'nog'ichlar sochlarda sirpanib ketyaptimi? Ularni ishlatishdan avval to'g'nog'ichlarga soch uchun lakdan seping.

 

69. Taroqqa bir necha tomchi atir seping va sevimli ifor doim sochlaringizga hamroh bo'ladi.

 

Tirnoqlar

 

70. Kutikulani parvarishlash uchun vosita sifatida qovoqlar uchun mo'ljallangan kremdan foydalanish mumkin. U maxsus moylardan qolishmagan holda oziqlantiradi.

 

71. Lakni o'chirish kerak, ammo suyuqlik tamom bo'lganmi? Tirnoqlarga shaffof lak surib, qurimasdan artib tashlang. U eski lak qatlami bilan birga o'chadi.

 

72. Tirnoq uchun lak qurib qolgan, ammo qalpoqcha ko'lda aylanib hech ochilmayaptimi? Unga kanselyariya rezinasini kiydiring va yana urinib ko'ring. Lakni ushlash va ochish osonroq bo'ladi.

 

Rezina lakni ochishni osonlashtiradi

 

73. Jonga tekkan yen tuslarini tashlab yuborishga shoshilmang. Ularni maydalab, tirnoq uchun shaffof lak bilan aralashtiring. Natijada, manikyur uchun yangi vosita hosil bo'ladi.

 

74. Mukammal fransuz manikyuriga ega bo'lish uchun keng rezinadan foydalaning.

 

Keng rezina tez va oson french qilish imkonini beradi

 

75. Tirnoqlar bilan birga kutikula ham bo'yalib qoldimi… Tanish holatmi? Tirnoq atrofidagi teridan lakni oson o'chirish uchun manikyur qilishdan avval unga vazelin suring.

 

76. Kutikuladan ortiqcha lakni o'chirishning yana bir yo'li – barmoqqa PVA yelimini surish. U keyinchalik lak bilan birga oson o'chadigan qatlamni hosil qiladi.

 

PVA yelimi keyinchalik ortiqcha lak bilan birga oson o’chadigan qatlamni hosil qiladi

 

77. Tirnoq sindimi? Hafa bo'lmang! Tirnoq uchlarini yaltiroq lak bilan bo'yang – bu notekislikni yashiradi.

 

Tana

 

78. Teringiz uchun ko'proq namlantirishni istaysizmi? Tana uchun losoningizga bir oz bolalar ozuqaviy moyidan qo'shing.

 

79. Agar tana terisi qishda qattiq qurib qolmasin desangiz, issiq vanna qabul qilishdan bosh torting: issiq suv teridagi himoya yog'ini yuvdirib yuboradi. Yaxshisi iliq dush qabul qiling.

 

80. Qo'llar uchun kremni idishlar turadigan tokchaga qo'ying va har safar idish yuvgandan so'ng uni qo'llaringizga suring.

 

81. Juda dag'al yuz skrabini xarid qildingizmi? Uni tirsaklar va tovonlar pilingi uchun ishlating.

 

82. Atir iforini kun davomida his qilish uchun, ularni to'g'ri ishlating: kaftga, quloq uchiga, tirsakka, bo'yinga (o'mrovaro botiq joyiga) va tizza ostiga.

 

Atirni to’g’ri sepish

 

83. Avtotoblanishdan foydalanishdan oldin piling qiling.

 

84. Agar sun'iy toblanish notekis o'chayotgan bo'lsa, gubkaga oziq-ovqat sodasini surib, to'q dog'lar ustini arting.

 

85. Oyoqlarni qirish kerak, ammo ko'pik tugab qoldimi? Uni soch uchun konditsioner bilan alishtirish mumkin.

 

Soch uchun konditsioner yordam beradi!

 

86. Bodom moyi + 30 tomchi choy daraxti efir moyi + 30 tomchi yalpiz efir moyi = epilyatsiyadan so'ng sochlar o'sishini sekinlashtiradi.

 

87. Yangi poyabzal oyoqqa uryaptimi? Ishqalanayotgan joyga antiperspirant suring. Poyabzal quruq bo'ladi va oyoqqa kamroq ishqalanadi – qadoq orttirish imkoni kamayadi.

 

88. Qadoqlarni yo'qotish uchun uyquga ketishdan avval quruq qadoq ustiga qalin qilib vazelin yoki yog'li krem suring va paypoq kiying. Tongda qadoq osongina ko'chadi.

 

Hayot uslubi

 

89. Ertalab ko'zgu oldida mahliy bo'lib, kechga qolmaslik uchun tonggi otlanish uchun o'zingizga ajratadigan vaqt davomiga teng pley-list tering. Siz qo'shiqlar tartibiga o'rganib qolasiz va so'nggi qo'shiq boshlanishini bilgan zahoti shoshilish kerakligini tushunasiz.

 

90. Kosmetika do'konlariga ro'yhat bilan boring va maslahatchilarning “superyangilikni” sinab ko'rishga oid gaplariga quloq tutmang. Bu sizni keraksiz harajatlardan asrab qoladi.

 

91. Hayotning har bir holati uchun kosmetik vositalar bo'lishi shart emas, ko'plab vazifalarni buvilarimizning usullari bilan hal qilish mumkin.

 

92. Tyubiklar ko'pincha bo'sh ko'rinadi. Ularni kesib, burchaklarda va devorlarda yashirinib olgan mahsulotni bonkachaga soling. Yaxshigina tejamkorlik bo'ladi!

 

Tyubiklarni kesing va bonusga ega bo'ling

 

93. Tish pastasi yok krem solingan tyubikka to'g'nog'ich kiydirib qo'ying va vositani oxirgi tomchisigacha ishlatish uchun uni asta-sekin harakatlantiring.

 

To’g’nog’ich hammasini oxirgi tomchisigacha olish imkonini beradi

 

94. Ten, ixcham upa yoki rumyana sindimi? Salfetkani spirtga botiring va singan mahsulotlarni iviting. Tez orada spirt uchib ketadi, kosmetika esa yangi holatga keladi.

 

95. Muvozanatga rioya qiling: agar ko'zlar pardozida shimmer bo'lsa, yaltiramaydigan lab bo'yog'i ko'proq mos keladi, va, aksincha.

 

96. Muvozanatga rioya qiling № 2: ko'zlar kuchli pardoz qilinganda, lablarda yengil tus bo'lishi kerak. Va, aksincha, yorqin lablar – ko'zda minimal pardoz.

 

97. Tonal krem yoqangizni kir qildimi? Kiyimni alishtirishga shoshilmang. Kir bo'lgan joyga ozgina soqol olish uchun kremdan suring va nam salfetka yordamida dog'ni o'chiring. Tez va samarali!

 

98. Agar kiyimda ter dog'lari qolgan bo'lsa, kir yuvishdan avval ularga bir oz limon sharbatini suring.

 

99. Pardoz uchun cho'tkalarning tozaligiga rioya qiling. Ularni kamida haftada bir marta iliq suvda bolalar shampuni bilan yuving.

 

Pardozlar uchun cho’tkalarni yuving!

 

100. Yarim yilda bir marta pardoz vositalaringizni tekshiring va yaroqlilik muddati o'tgan vositalarni tashlab yuboring.

 

101. Ko'proq kuling! Kulgu sizni pardozsiz ham go'zal qiladi.