Qiynalib yashayapman deb o‘ylaganmidingiz?
Nima ham derdik, biz to‘plagan ma’lumotlarni o‘qib bo‘lgach, omadingiz chopganligiga amin bo‘lasiz!

 

1. Spirtli ichimliklar iste’mol qilish

2013 yilda Shimoliy Koreya harbiy ofitseri marhum Kim Chen Irga hurmatsizlik qilgani uchun qatl etilgan, chunki u 100 kunlik motam mobaynida alkogol iste’mol qilgan.

2. TV ko‘rish

Bir necha yil oldin Shimoliy Koreyada 80 ta odam Janubiy Koreya televideniyesi shousini tomosha qilgani uchun ommaviy ravishda otib tashlangan. Hukumat bolalarni ham qo‘shib hisoblaganda 10 ming nafar odamni qatl etishNeskolko let nazad v Severnoy Koreye bыli publichno rasstrelyanы 80 chelovek za prosmotr yujnokoreyskix televizionnыx shou. Vlasti vыnudili sledit za kaznyu 10 tыsyach chelovek, vklyuchaya detey.

3. Mashina haydash

Davlat amaldorlarigagina shaxsiy mashinaga ega bo‘lish ruxsat etilgan. Shimoliy Koreyada 100 tadan bir kishidagina mashina mavjudligi hisoblangan.

4. Musiqa tinglash

Yoqimli ovoz sohiblari bo‘lgan erkak va ayol qo‘shiqchilar yo‘q! Faqat Kim Chen Inning boshqaruvi to‘g‘risida qo‘shiq aytishi mumkin.

5. Xorijda yurgan odamlar bilan muloqot qilish

Xalqaro qo‘ng‘iroqni amalga oshirishga harakat qilib ko‘ring, sizni o‘ldirishadi. 2007 yilda xalqaro qo‘ng‘iroq qilgan erkak stadionda otib tashlangan. Qatl amalga oshirilganidan keyin siquvlar natijasida yana 6 kishi o‘lgan.

6. Shaxsiy fikrning mavjudligi

Hukumat rejimini tanqid qilgan har bir odam zudlik bilan “aqlni kiritib qo‘yadigan” oromgohga yuboriladi.

7. Xorijga chiqish

Mamlakat tashqarisiga chiqib ko‘ringchi, izingizdan sizni ovlashga tushadilar.

8. Din

Shimoliy Koreya vijdon erkinligini taqdim etishini aytadi, biroq Injilni tarqatishda ayblangan xristian ayol bu ishi uchun ommaviy qatl etilgan.

9. “Qulupnay”ni tomosha qilish

Pornografiya tomosha qilish va tarqatish o‘lim bilan jazolanadi.

10. Internetga chiqish

Shimoliy Koreyada Butunjahon tarmog‘i mavjud emas. Faqat davlat tomonidan targ‘ib etiladigan portal mavjud.