Ana shunday “sirlar”ning bir nechtasini e’tiboringizga havola etamiz.

Vanihoyat noutbukni quvvat oldirgichidagi silinidr nima uchun kerakligini bilib oldik. Bajonidil ularni siz bilan bo‘lishamiz!

 

Ko‘ylak orqasidagi ilgak nima uchun kerak 

© stylefellow.com   

Bu savol bo‘yicha haqiqatga yaqin uchta fikr bor. Birinchi hammaga ma’lum fikr u ko‘ylak g‘ijim bo‘lmasligi uchun ilib qo‘yish uchun yaratilgan. Ikkinchi fikr yechiladigan yoqalar va bo‘yin ro‘molchalari davridan qolgan: balki bu ilgak galstukni mustahkam o‘rnatish uchun o‘ylab topilgandir. Uchinchi eng romantik fikr esa mana bunday. Amerika universitetida o‘qiydigan talaba bir qiz bilan uchrashishni boshlagach bu ilgakni u band ekanligi belgisi sifatida olib tashlagan. Qiz bola esa o‘z navbatida yigitning kolleji sharfini bog‘lab yurishi kerak edi.

 

Noutbuk quvvatoldirgichi simidagi silindr nima uchun kerak

Siz noutbuk yoki fotoapparat quvvat oldirgichi simidagi bu bo‘rtgan joyni ko‘rganingiz aniq. Bu oddiy, biroq muhim qurilma “ferrit filtr” deb nomlanadi. U quvvat berayotgan simdagi yuz berishi mumkin bo‘lgan uzilishlarni bartaraf etadi. Bu filtrning tuzilishi juda sodda: silindr ichidv ferritdan ishlangan sim uzuk holatida egib turgan moslama o‘rnatilgan.

 

Samolyot illyuminatoridagi teshik nima uchun kerak


© shutterstock.com   

Illyuminator ikki plastik oynadan tarkib topgan. Oynalar orasidagi havo qatlami va salon o‘rtasidagi bosimdagi katta farq tufayli “oynali qavat” yorilib ketishi mumkin. Bu kichik teshikcha esa bosimni normallashtirish uchun yaratilgan. U orqali havo oynalararo qatlamga o‘tadi yoki aksincha salondan chiqib ketadi.

 

O‘chirg‘ichdagi ko‘k qism nima uchun kerak


© maped.com  

Istalgan odamdan “O‘chirg‘ichning ko‘k qismi nima uchun kerak” deb so‘rab ko‘ring. U sizga ruchkani o‘chirish uchun deya javob beradi. Dastlab ko‘k qism qalin qog‘ozda chizilgan yozuv va rasmlarni o‘chirishga mo‘ljallangan. O‘chirg‘ichning qizil qismi o‘zidan keyin dog‘lar qoldiradi, ko‘k qism esa buni a’lo darajada uddalaydi. Natijada ishlab chiqaruvchilar ko‘k qism vazifasiga ko‘ra ishlatilmayotganini anglab, undan marketin yo‘lida foydalandilar. Ba’zi o‘chirg‘ichlarning ko‘k qismida ruchkani tasvirlay boshladilar.

 

Nima uchun ko‘ylakdagi yuqori va pastki ilgaklar gorizontal joylashgan

© pinstripesandtweed.com 

Ko‘ylakka oid yana bir savol, biroq bu yerda hech qanday romantika mavjud emas. Gap shundaki, bu joylarda tugma yechilib ketish havfi katta. Gorizontal ilgaklarda bosim burchakka to‘g‘ri keladi va tugmaning teshikdan sirpanib, yechilib ketish imkoniyati kamayadi.

 

Krossovkalardagi qo‘shimcha teshiklar nima uchun kerak


© nike-airmax.ru  

Bu qo‘shimcha teshiklarga hamma ham ahamiyat beravermaydi, biroq ular juda foydali. Bu teshiklar oyoqni krossovkada mahkamroq joylashtirish va sport bilan shug‘ullanish vaqtida tovonni shilib yubormaslik uchun yaratilgan. Bog‘ichlarni to‘g‘ri bog‘lashni o‘rganish va bu teshiklardan foydalanishni quyidagi videoinstruksiya orqali o‘rganish mumkin. Ha, aytgancha Converse kedalarining ichki qismida ikkita qo‘shimcha teshik borligini sezgan bo‘lsangiz kerak. Ular oyoq kiyimni qo‘shimcha shamollatish uchun o‘ylab topilgan.

 

 

Spagetti qoshig‘idagi teshik nima uchun kerak

© popsugar.com   

Bu juda noyob yechim, nima uchun buni oldinroq bilmagan ekanman! Spagetti qoshig‘idagi teshik standart porsiyani tayyorlash uchun kerak bo‘lgan quruq makaronlar miqdorini o‘lchashga mo‘ljallangan. Kimdir kam yeydi, yana kimdir esa makaronlarni yaxshi ko‘radi va bir o‘tirishda o‘ramdagi barcha makaronlarni iste’mol qilishga tayyor. Ishtahasi “o‘rtacha” bo‘lgan, spagettini solishda ikkilanadiganlar uchun bu teshik haqiqiy xaloskordir.

 

Jinsidagi kichik cho‘ntakcha nima uchun kerak

© pixabay.com   

Eng mashhur javob – prezervativlarni solib qo‘yish uchun. Albatta, bu cho‘ntakka istalagan narsa, jumladan kontratsepsiya vositalarini ham solib yurish mumkin. Biroq dastlab u buning uchun yaratilmagan. Ilk marta beshinchi cho‘ntak 1873 yilda Levi’s jinsilarida paydo bo‘lib, cho‘ntak soatlari uchun mo‘ljallangan edi. Hozirga qadar bu kompaniyaning kataloglarida u «watch pocket» deb ataladi.

 

Sharikli ruchka qopqog‘idagi teshik nima uchun kerak 

© bicworld.com  

Qopqoq bo‘g‘izda tiqilib qolganida havo o‘pkaga borishi uchun bu teshik qoldirilgan degan keng tarqalgan yanglish fikr mavjud. Bunday emas. Agar qopqoq (yoki boshqa nimadir) tiqilib qolsa, shilliq qavat shishadi. Bu kichik teshik esa qopqoning shilliq qavatga so‘rilishining oldini olish uchun yaratilgan.

 

Yangi kiyimlardagi mato bo‘lagi nima uchun kerak

© www.factroom.ru  

Tasavvur qilib ko‘ring-a, yamoq uchun emas! Bu bo‘lak ishlab chiqaruvchilar tomonidan kir yuvish kukuni yoki oqartirish vositasi bilan yuvilgandan keyin mato qanday reaksiya qilishini tekshirish uchun solinadi. Endi mening hayotim oldindagidek bo‘lmaydi!

 

Tish pastasi va krem tyubiklaridagi chiziqlar nimani anglatadi

Bu qora chiziq pasta tarkibida kimyoviy modda, yashil rangdagisi esa tabiiy qo‘shilmalar majudligini anglatadi, degan yanglish fikrlar bor.

 

Aslida esa tyubiklardagi bu chiziqlar - fotobelgilar bo‘lib, ularning pasta tarkibi, mahsulot zararli ekanligiga hech qanday aloqasi yo‘q. Fotobelgi o‘ramni to‘ldirish mashinasida yo‘nalishni to‘g‘ri olish uchun zarur. Bu belgi yorug‘lik nuri hisoblanib, datchik uni topishi uchun rang fon rangidan maksimal darajada farqlanishi kerak. Shunday qilib, oq o‘ram uchun qora rang, to‘q yashil uchun oq va qaymoqrang tafovutli rang bo‘ladi.

 

 faktxeber.com prevyusidagi surat