Go'daklarning naqadar ajoyibligini tushunish uchun ularni bir marotaba ko'rish kifoya.

Barchamiz bu kichik odamchalar – g'ayrioddiy mavjudotlar ekanligini bilamiz. Marhamat, isbot tariqasida bir nechta haqiqat.

1. Go'daklar yig'lamaydi

© depositphotos   


«Qanaqasiga? — deya e'tiroz bildiradi aksariyat. — Axir, go'daklar faqat yig'lashni biladi-ku». Biroq, bu noto'g'ri.

Aslida, kichkintoylar baqiradi, ingraydi, shovqin soladi, ammo yilamaydi. Shunchaki hali yopiq yo'llar tufayli ularning ko'z yoshlari paydo bo’lmaydi.

2. Suv ostida o'zlarini ajoyib his qiladilar

© depositphotos   

Bu suvga sho'ng'ish refleksi deyiladi. U taxminan 6-oyga kelib yo'qoladi.

Bola suvga botirilganida uning nafas olish yo'llari yopiladi, qo'l-oyoqlari jsa suzish harakatlarini bajara boshlaydi.

3. Ular bir vaqtning o'zida yutadi va nafas oladi

© depositphotos   


Go'daklarning hiqildog'i kattalarnikiga qaraganda yuqoriroqda bo'ladi. Yutish vaqtida ularning nafas yo'llariga kirish kichik tilcha bilan yopilmaydi.

Shu bois, yangi tug'ilgan chaqaloqlar yutayotgan vaqtida muammosiz nafas oladi.

4. Kerak bo'lsa, ular to'xtovsiz aksira oladi

© depositphotos   


Go'daklarning burun yo'llari kattalarnikiga nisbatan ancha tor bo'ladi. Shuning uchun ularni ko'proq tozalash kerak.

Chaqaloqda burnini qoqish imkoni bo'lmagani uchun u muqarrar reflekslaridan foydalanadi. Xususan, yangi chaqaloq burni qo'zg'atuvchilardan halos bo'lgunicha to'xtovsiz aksirishi mumkin.

5. Ular tepadagi qo'shnining parmasi ovoziga yaxshi uxlaydi 

© depositphotos   


Ko'pchilik yangi chaqaloqi uxlayotgan vaqtda oyoq uchida yurish va eng past ovozda gaplashish kerak deb o'ylaydi. Lekin, baland tovushlar go'daklar hayotining dastlabki kunlarda mutlaqo ta'sir qilmaydi.

Yosh ota-onalar odatda farzandlari ta'mirlash yoki baland musiqa ovozi ostida shirin uyquga ketganini ko'rib hayratda qoladilar.

6. Ularda tabiiy aksent bo'ladi 

© depositphotos   


Olimlarning aniqlashicha, go'daklar milliy aksent bilan baqiradilar. Ular bunga qorinda bo'lgan paytlaridayoq, onalarining ovozini eshitganida ega bo'ladilar.

7. Go'daklar emaklay oladi

© depositphotos   

Ishonish qiyin, ammo hozirgina dunyoga kelgan bolakay bemalol onasining ko'kragiga emaklab bora oladi. Biroq, buning uchun uni avval onaning qorniga qo'yish kerak.

Olimlarning fikricha, go'daklarni sutning hidi jalb qiladi va ular deyarli nishonni ko'rmagan holda unga intiladilar.

8. Mayda suyaklar ko'pligi tufayli go'daklar juda egiluvchan 

© depositphotos   


Go'dakning skeletida qariyb 300 tа  suyak mavjud. Vaqt o'tishi bilan ularning aksariyati o'sib, yaxlit birikmaga aylanadi.

Lekin, suyaklar birikmagan vaqtda chaqaloqning tanasi o'ta egiluvchan bo'lib qoladi. Bu tabiiy xususiyat bolaga tug'ilish yo'llaridan o'ta olishi uchun zarur.

9. Ular imijlarini mustaqil o'zgartiradilar

© depositphotos   


Vaqt o'tishi bilan bolalarning sochlari mutlaqo o'zgarishi mumkin. Tug'ilganida ko'ringan momiq to'kiladi va yangi soch uchun joy qoldiradi.

Shu bois, tug'ilganida malla bo'lganlar qora sochlilarga aylanishi, jingalak sochlar esa tekislanib ketishi mumkin.

10. Go'dak vaznini uch barobarga oshirib, semirmasligi mumkin 

© depositphotos   


Chaqaloq umrining birinchi yilida jadallik bilan rivojlanadi. Bu davrda uning og'irligi uch barobarga ortishi mumkin.

Biroq, bu bolaning ko'rinishiga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi, chunki semirmaydi, u o'sadi.