Ushbu maqolada Sizga yanada jozibador ko'rinishga yordam beradigan samarali va kamxarj xalq usullaridan bohabar bo'lasiz.

Ofisimizda bizga jozibali ko'rinish imkonini beradigan turli ayollarning kichik hiylalari haqida gaplashishni yoqtiramiz. Mazkur maqolada o'zimiz foydalanadigan va natijalaridan mamnun bo'lgan eng qiziq go'zallik retseptlarini to'lashga qaror qilidik. Ular Sizga ham manzur bo'ladi degan umiddamiz.

 

1.Oddiy qoshiq ko'zlarimiz ostida qoldaigan yoqimsiz tush izlarining oldinin olishga yordam beradi. Shunchaki, tush surayotganingizda qoshiqni pastki qovoq ostida ushlab turing. 

 

2.Ishgan ko'zlardan eng yaxshi vosita: xom tozalangan kartoshkani olib, teng yarmidan bo'ling va 10 daqiqaga ko'zlaringiz ustiga qo'ying.
  

3..Keyingi safar yuzingiz uchun niqob qilish kerak bo'lib, lekin do'konga yugurishga na istak va na vaqt bo'lmaganida, qatiqli niqobni sinab ko'ring. Uni tayyorlash uchun ikki osh qoshiq qatiq, bir osh qoshiq asal va tuxum oqi kerak bo'ladi. Barcha ingrediyentlarni bir turdagi aralashma holiga keltirish va 18-20 daqiqaga yuz terisiga surtish kerak. So'ngra yuzni sovuq suv bilan yuvish zarur. Qatiqli niqob tozalash, himoyalash va tinchlantirish ta'siriga ega bo'lib, yuz terisini parvarishlash uchun mo'ljallangan aksariyat qimmatbaho vositalarning o'rnini bosa oladi.
  

4..Kofe quyqasi sellyulitdan halos bo'lishingizga yordam beradi. Undan tana uchun skrab o'rnida foydalaning va tez orada muammoli joylaringiz ancha yaxshi holatga kelganini szasiz.
  

5.Sochlarni qimmatli va aksariyat hollarda zararli hisoblangan soch bo'yash vositalarisiz oqartirish mumkin. Buning uchun oddiy moychechak qaynatmasidan foydalanish mumkin. Yanada och rangga ega bo'lish uchun sochlarni unda chayish yoki butun uzunligi bo'ylab ho'llash mumkin.
 

6.Sovuq suv tirnoqlardagi lakni quritishga yordam beradi. Kichikroq idishga sovuq suv quyib, unga bir nechta muz bo'lagini soling va tirnoqlaringizni ushbu sovuq eritmada bir necha daqiqa tutib turing. Muhimi, suv butun kaftlaringizni emas, balki faqat tirnoqlarni qoplab turishi kerak.
 

7.Yozda ortiqcha terlashdan qochib qutulish qiyin. Bu yoqimsiz holatdan ham yaxshi vosita mavjud: yalpiz solingan vanna qabul qiling. Shuningdek yalpizga marmarak (shalfey), moychechak va yong'oq barglarini aralashtirish mumkin.
  

8.Asosan yoz oylarida kuzatiladigan yana bir yoqimsiz holat – bu qadoqlar. Barchamiz ana shunday og'riqlik teri nohushliklari qiyofasida bizga “salom” aytib yuborgan yangi poyabzal sotib olganmiz. Ishqalanish va og'riqni kamaytirish uchun teringizga vazelin surting.
 

9. Aksariyatimiz yaltiroqli lakdan foydalanishni yoqtiramiz. Biroq, bunday lakni tirnoqlardan o'chirish jarayoni juda yoqimsizdir. Yaltiroqli lakni ortiqcha muammosiz o'chirish uchun paxta bo'lagini lak o'chirish vositasiga botiring va tirnoq ustiga qo'ying. So'ngra bir bo'lak folga olib, paxta ustidan mahkamlang. Ushbu “yasamani” 3-4 daqiqadan so'ng olish mumkin. Tirnoqlaringizdagi lak to'liq tozalanadi.


10.Bolaligimizda juda yomon ko'rgan baliq moyi kesiluvchan soch uchlariga qarshi kurashishda yaxshi vositadir. Boshingizni yuvishdan 10 daqiqa avval sochlaringiz uchiga baliq moyi surting.

 

Sizga qanday go'zallik sirlari ma'lum? Sharhlarda ular bilan o'rtoqlashing.