E'tiboringizga o'zimiz bilmagan holda ko'proq xarid qilishimiz uchun ayyor marketologlar tomonidan qo'llaniladigan usullarni taqdim etamiz.

Restoranlar menyularni ana shunday shakllantiradi:

  • Oila obrazidan foydalanish.

    Oila va bolalik bilan bog'liq tuyg'ular yorqin xotiralarni uyg'otadi. «Huddi buvimnikidek sho'rva»ga buyurtma berib, biz beixtiyor yana bolalikka qaytishdan umid qilamiz.
  • Ishtaha ochar tasvirlash

    oziqlanish reflekslarining ishlab ketishiga sabab bo'ladi. Aytingchi, «qarsildoq issiq non» iborasini o'qigach, uni yeb ko'rishni istamaslik mumkinmi? Tag'in u Provansdan bo'lsa-chi, albatta tatib ko'rish shart.
  • Joylashuv.

    Menyuda birinchi navbatda nazar tushadigan ma'lum joy mavjud – bu yuqoridagi qism. Shu bois restoratorlar bu yerga eng qimmatli taomlar va eng ishtaha ochadigan suratlarni joylashtiradilar.
  • Iliq ranglar.

    Bunday ranglar uyg'unligi boshqalariga nisbatan ishtahani ko'proq ochadi.
  • Narx tovlamachiligi.

    Odamlar pullaridan og'riqli ajraladi va restoratorlar buni yaxshi biladi. Shuning uchun ular ko'pincha valyutani ko'rsatmaydi.

Agar xaridorlar qaysidir tovarni asossiz darajada qimmat hisoblab, uni chetlab o'tsa, marketologlar ayyorona usuldan foydalanadilar. Ular assortimentga yanada yuqori qiymatli o'xshash tovarni qo'shadilar. Qarabsizki, uning yonida birinchi mahsulot endi u qadar qimmat ko'rinmaydi. Va, savdo yana yuqoriga qarab siljiydi.

Yana bir ajoyib usul – bu mahsulotni huddi yorug'lik kabi o'rab turadigan afsonani o'ylab topish. Lekin, uning qandaydir ma'no kasb etishi muhim emas. Ko'pchilik 90-yillarning boshida Yevropa davlatlarida televizorlar orqali namoyish etilgan MilkyWay batonchasining reklamasini eslay oladi. Bu shirinlik huddi sutda suzib ketayotgandek tasvirlangan. Bundan nima ma'no? Hech qanday. Biroq, bu MilkyWay ni ajratib turuvchi belgi, o'ziga xos alomatiga aylangan.

Supermarketlardagi merchandayzerlar bizning polietilen qoplamani ochib, qadoqdan bir butilka suvni olishga erinishimizni juda yaxshi biladilar. Shuningdek, ular aksariyat butun qadoqni zaxira uchun olish mumkin degan o'yga borishini ham biladilar.

  • Qizil narx belgisi doim arzonlashtirilgan qiymatni bildiradi. Biroq, har doim ham bunday bo'lmaydi – qiymat avvalgidek qolaverishi mumkin, qizil belgi esa shunchaki yorqin qog'oz.
  • Katta aravacha. Keragidan ortiq mahsulotlarni xarid qilishimizga mo'ljallangan ma'lum usul.
  • Chapdan o'ngga qarab yo'nalish. Ko'plab supermarketlarda tashrif buyuurvchilarning harakatlanishi soat yo'nalishiga qarshi usulda qurilgan. Biz har doim chap tomonga burilamiz va nazarimiz ko'proq o'ng tomondagi devorning o'rtasiga tushadi. Aynan shu yerga muddati o'tib ketayotgan yoki eng qimmatli mahsulotlar qo'yiladi.
  • Poldagi mayda plitalar. Bundan polda aravacha baland ovoz chiqaradi va biz shovqin solmaslik uchun tezlikni kamaytiramiz. Natijada, supermarketda ko'proq vaqt o'tkazib, mahsulotlarni yaxshiroq ko'rib chiqamiz. Va, albatta, ko'proq xarid qilamiz.

Siz hech nima uchun saqich reklamasida bir yo'la ikkitasi olinishi haqida o'ylab ko'rganmisiz? Bu odamlar saqich chaynashning to'g'ri usuli aynan shunday ekan deb fikrlashlari uchun atayin o'ylab topilgan. Natijada, saqich 2 martaga ko'proq sarflanadi, ishlab chiqaruvchilar esa ko'proq savdo qiladi. Huddi shu holat ayrim dori vositalari va vitaminlarda kuzatiladi.

Shampun idishidagi go'yoki bexosdan shampunni sochlarga ikki marta surish mumkinligini eslatib turuvchi yozuv o'z vaqtida savdolarni ancha oshirgan.

Yana bir o'xshash misol: 1957 yilda Henckels firmasi kartoshka tozalagichlar partiyasini ishlab chiqargan. Ular shu qadar mustahkam ediki, uy bekalari ularni hayotlarida faqat bir marta sotib olgan. Savdolar sur'ati past bo'lgan.

Kimningdir hayoliga dohiyona fikr kelgan: ushbu moslamalarning tutqichlarini kartoshka po'choqlari rangiga bo'yash. Endi odamlar moslamalarni tasodifan kartoshka qoldiqlari bilan birga tashlab yuboradigan bo'ldilar. Shu tariqa, savdo hajmi bir necha barobarga oshgan.

Eslab ko'ring, ehtimol Sizda ham shu kabi xususiyatlarga ega asboblar yoki kanselyariya mahsulotlari bordir?

Ishlab chiqaruvchilar doim mahsulotlariga «salmoq» qo'shishga intiladilar. Masalan, shampunning tarkibida ekzotik gullar ekstrakti mavjudligidan xabar beradilar, vaholanki bu qo'shimcha butun sissernada bir tomchi bo'lishi mumkin. Keyin, gullarning sochga foydasi ham munozarali masala.

Huddi shu rukndagi yana bir usul – mazkur shampunni Parijdagi barcha mutaxassislar tavsiya etishidir.