Manipulyator insonlar o‘zlari uchun foydali bo‘lgan ishni bajarishga intiladilar. Ular rahmdorlik hissini uyg‘otish orqali aybdorlikni tuyishingiz yoki kuchingizga ishonmasligingiz uchun harakat qilishadi.

E’tiboringizga manipulyatorlar qo‘llashni xush ko‘radigan iboralarni taqdim etamiz. Agar shunga o‘xshash gap eshitsangiz, qanday javob berishni bilishingiz kerak.


Sen nimani nazarda tutayotganimni tushunmading.

Kimdir o‘zingiz va hotirangizga shubha bilan qarashingizni istayapti.
O‘zga insonni noto‘g‘ri tushunganlikda ayblash esa juda qulay!
Natijada esa bu yerda manipulyatorning aybi yo‘q, hammasiga siz aybdor bo‘lib ko‘rinadi.

 

Oshirib yuboryapsan.

O‘zingizga shubha bilan qarashni boshlashingiz uchun yana bir usul.
Agar masala siz uchun muhim bo‘lsa, demak BU SIZ UCHUN MUHIM va bu yerda tushuntiradigan hech nima yo‘q.
Fikringizni o‘zgartirishlariga yo‘l qo‘ymang.

 

Axir bu sen/sizga kerakku!

Ibora sizga nimadir sotmoqchi bo‘lganlar tomonidan ishlatiladi. Manipulyatorga uning istagini sizga “o‘tkazishiga” yo‘l qo‘ymang,
yaxshisi ular nima uchun bunday qilayotganlarini o‘zlaridan so‘rab biling.

 

Voy sen semiz/ozg‘in/baland/pastsanku! Hazillashdim!

Kamchiligingiz, tashqi ko‘rinishingiz va xarakteringizning o‘ziga xosligi to‘g‘risidagi ahmoqona hazil o‘zingizga bo‘lgan ishonchni sindirishi mumkin.
Ustingizdan hukmronlik o‘rnatish uchun ba’zilarga aynan shu kerak.

 

Muammolarim bilan umuman qiziqmaysan!

Bo‘yningizga o‘tirib olishni istagan odamga xos ibora. Unga bir necha yordam bergan bo‘lsangiz kerak.
Manipulyatorga muammolarining yechimi sizning emas, uning javobgarligini tushuntiring.

 

“Axir sen...ku” bilan boshlanadigan barcha gaplar.

<

“Axir sen onasanku!”, “Axir sen o‘qituvchisanku!”, “Axir sen aqllisanku!” va h.k.
Bu gaplar aybdorlik hissini uyg‘otish uchun ishlatiladi.
Quyidagicha javob bering: “Ha, men o‘qituvchiman, hatto eng a’lo darajadagi o‘qituvchi!”

 

Sen shu qadar yaxshi/aqlli/ko‘ngli ochiqsanki.

Dastlab maqtov aytiladi, biroz vaqt o‘tgach iltimos yangraydi: “Sen ingliz tilini shu qadar yaxshi bilasanki! Tarjima qilishga yordam berasanmi?”. Yodda tuting, o‘zingiz istasangizgina, yordam berishingiz mumkin.

 

Meni hech kim yaxshi ko‘rmaydi!

Ba’zilar unga achinishingiz uchun ataylab jabr ko‘rgan inson bo‘lib ko‘rinadi.

 

Men ranjiyman!/Hafa bo‘laman!

Manipulyatorlar ularning aytganini bajarmaganingizda shu yo‘l bilan diqqatingizni o‘zlariga qaratishadi.
Mana bunday javob berishingiz mumkin: “Agar hafa bo‘lish senga yoqsa, yo‘lingdan qolma”.

 

Meni kechir, men yomonman! Nima uchun men bilan gaplashasan-a?

Bu haqiqiy tovba emas, bu kerakli paytda sizni “yumshatish” usuli.
Bu yo‘l bilan manipulyator o‘zi aybdor bo‘lgan vaziyatda sizni aybdor qilishga erishadi.

 

 

Sizni boshqarishga harakat qilayotganlarini tushunganda, qanday yo‘l tutish kerak:

  • Suhbat jarayonida tashabbusni qo‘lga oling va manipulyator o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. Savollar berishni boshlang yoki o‘zingiz haqingizda gapiring.
  • Agar sizdan javob olishga intilayotgan bo‘lishsa, “chaynalgan plastinka texnikasi”ni qo‘llang. Bu ish beradi: bor-yo‘g‘i bitta javobni bir necha marta qaytaravering, sizni tinch qo‘yishadi.
  • Uning betiga qo‘rqmasdan shunday deng: “Menga bosim o‘tkazayotgandek tuyulyapsiz”. “Menga bosim o‘tkazmang!”.
  • Manipulyatorga uning haqligiga ishonmayotganligingizni ko‘rsatadigan javoblar bering: “Men bunga ishonmayman”, “Xato qilayotgan bo‘lishingiz mumkin”, “Bu sizning fikringiz” kabi.