Quyida kishining qanchalik o'ziga ishonishini ko'rsatib beradigan iboralarni taqdim etamiz.

Kuniga 100 marotabadan “Kechirasiz”

Bir eslab ko'ring, Siz itarib yuborgan bo'lsangiz-da, Sizdan kechirim so'raydigan odamlar bo'ladi. Ehtimol, yoninda bo'lib qolganingiz yoki tanangizni tutib berganingiz uchundir. O’zini-o’zi baholash institutining tadqiqotlariga ko'ra, bu o'zini hurmat qilish hissi haddan tashqari pastligidan dalolat berib, nimadir noto'g'ri bo'lsa, u o'zini bunga aybdordek his qiladi.

Nima qilish kerak: Agar Sizda bunday muammo kuzatilsa, istalgan voqeadan so'ng (uzr so'rashga undaydigan) vaziyatni tahlil qiling: uzr so'rash uchun yetarlicha yomon ish qildingizmi?

“Shunchaki omadim keldi”

Ayrim odamlar hayotda yaqqol muvaffaqiyatga erishgach, atrofdagilarning maqtovlariga Nekotorыye lyudi, dobivshis yavnыx uspexov v jizni, go'yoki taqdir erkatoyi rolini o'ynab va natija uchun o'lar holgacha ishlaganini unutib, «Shunchaki omadim keldi», «Shunday bo'lib qoldi» qabilidagi iboralar bilan javob beradi. Tadqiqotlarga ko’ra, bu holat adolatsiz o'zini ko'rsatish deb nomlanadi.

Nima qilish kerak: Jin ursin, o'zingizning ajoyib ekanligingizni tan oling, axir! Kimdir Sizni maqtaganida esa o'zingizni oqlash o'rniga rahmat deyishni o'rganing.

“Qiziq, ular men haqimda nima deb o'ylashyapti?”

Nyu-Gempshir Universiteti (AQSH) olimlarining aytishicha, o'ziga ishonmagan odamlar boshqalarning fikriga ko'proq qiziqadi va qo'shimchasiga nizolarni ko'tara olmaydi: ular janjallar va munosabatni aniqlashtirishdan ko'ra salbiy va yoqimsiz tanishlari (hattoki ular unga eng past nazar bilan qaraganida ham) bilan muloqot qiladi.

Nima qilish kerak: Bunday vaziyatda aslida hech kimning o'zidan boshqalarni o'ylamasligini tushunish zarur – Siz haqingizda hech kim o'ylamaydi. Janjalkash odamlarni esa ortiqcha dahmaza sifatida tasavvur qilib, hayotdan chiqarib yuborish kerak. Ko'rasiz, ancha yengil tortasiz.

“Borib mizg'ib olay”

PsyhCentral muharrirlaridan biri bo'lgan Margarita Tartakovskayaning aytishicha, o'ziga past baho berish nafaqat hatti-harakat, balki jismoniy salbiy ta'sirlarga ega. Masalan, charchoq va doimiy tushuntirib bo'lmaydigan uyqusirash. Shu tariqa, inson muammolar va tashvishlardan qochadi.

Nima qilish kerak: Agar bu bandda o'zingizni tanib qolgan bo'lsangiz, terapevt bilan gaplashib ko'rib, birgalikda uyqu o'rnini bosadigan mashg'ulot topishga urinib ko'ring.

“Nima tanlashni bilmayman”

Agar Siz restoranda taom tanlay olmaganingiz uchun ofitsiantdan 100 martta kutib turishni so'rasangiz, o'zingizga berayotgan baho haqida o'ylab ko'rishingiz kerak, chunki aynan o'zini past baholovchi odamlar eng oddiy qarorlarni tez qabul qila olmaydi va ko'pincha fikrini o'zgartiradi.

Nima qilish kerak: Tushuning, hayot ancha sodda va quvnoqroq bo'lib, bir onlik kichik qarorlar tufayli o'zgarib qolmaydi. Natijada, vaqtiniz va asablarni tejab qolasiz. Qat'iyatsizlar uchun layfxak: agar restoranda nima tanlashni bilmasangiz, doim «Sezar» salatini buyuring.

“Shunchaki men...”

Ayrim odamlar, hattoki yaqqol sabablar bo'lmasa ham, o'zlarini oqlashni juda yaxshi ko'radilar. Ular suhbatdoshlarining har qanday gapi, hattoki iltifotini ham, tanqid yoki da'vo sifatida tushunib, nimagadir o'zlarini himoya qila boshlaydilar va javobni “Shunchaki men...”dan boshlaydilar. Masalan “Ko'rinishing ajoyib” gapiga ular “Shunchaki bu opamning ko'ylagi”, - deya javob qaytarib, o'z go'zalliklarini oqlaydilar.

Nima qilish kerak: Sizga nisbatan aytilgan so'zlarni aniq ajrata bilish kerak: maqtov, iltifot, tanqid yoki shunchak savol. Bunga javoban muvofiq munosabat ko'rsatish zarur: yaxshi gapga — minnatdorlik bilan, yomon gapga — tushuntirish yoki savol bilan. Ammo o'zini oqlash bilan emas.

O'ziga nisbatan kamsituvchi leksika

O'ziga-o'zi baho berish darajasi past bo'lgan ayrim odamlar o'zlariga nisbatan kamsituvchi leksikani qo'llab, doim o'zlarini ustidan hazil qiladilar (hazilkash va o'g'rilar bundan mustasno). Ularning fikricha, boshqalar faqat ularning kamchiliklari haqida o'ylaydi, shuning uchun ularni shaxsan hazilga yo'yish yaxshiroq. Masalan, “mening oyoqlarim” o'rniga “mening sonlarim”, “ovqat tayyorladim” o'rniga “osh-posh tayyorladim”, mashina haqida – “mening aravam” va h.k.

Nima qilish kerak: Agar shaxsiy muammolarga e'tibor qaratilavermasa, atrofdagilar ularni umuman sezmasligi ham mumkin.

“Ehtimol, balki, ya, aniqrog'i, haqman, ammo aniq emas”

Nutqda doim “ehtimol”, “xato qilmayotgan bo'lsam”, “balki”, “shunaqa bo'lsa kerak” kabi iboralarning ishlatilishi birdan fikrlari noto'g'riligi aniqlanib qolgan odamning o'zini avvaldan oqlashi hisoblanadi (bu faqat o'z fikrini to'g'ri deb biladigan va muxoliflari norozilikdan portlab ketmasligi uchun shunchaki “ehtimollik” holatini atayin ko'rsatib o'tadigan odamlarga taalluqli).

Nima qilish kerak: Gaplaringizni nazorat qila boshlang va hech kimning fikri hech qachon 100% to'g'ri bo'lmasligini yodda tuting.

“Baribir o'ylaydilar”

“Lekin, hamma shunday qiladi”, “Ko'pchilik shunday o'ylaydi”, “Hamma shuni istaydi” singari iboralar – o'z fikridan qo'rqish va jamiyatda qabul qilingan qoidalarga amal qilishning namunasidir.

Nima qilish kerak: Faqatgina ifodalangan shaxsiy fikr insonni shaxsga aylantirishini tushunish kerak.

“Men boshqacha o'ylagandim, ammo, xa, rozi bo'laman”

Hattoki o'zining kasbiy mavzusida ham kamroq vakolatga ega, ammo ko'proq jozibali odamlarning fikriga qo'shiladigan odamlarni ko'rganmisiz? Ular hech qachon bahslashmaydi, oson rozi bo'lishadi. Bu yaxshi hulq emas, balki hayotda yengilishdan qattiq qo'rqish va tarbiyadagi xatodir (ota-ona farzandiga “hech kimga keragi yo'q bolaning fikrini” bayon etishga ruhsat bermagan).

Nima qilish kerak: Begona odamlar aslida Siz uchun nima yaxshi bo'lishini va Sizning fikringiz qanday bo'lishi kerakligini bila olmasligini tushunib yetish zarur.