Qimmat kamera, shtativ va obyektiv sotib oldingiz va suratlaringiz avtomatik tarzda yaxshi chiqadi degan umiddamisiz? Barcha gadjet va devayslar – faqat asboblar xolos, ular bilan muloqot qilish san’atini o‘rganishingiz zarur. Nimadan boshlab, qaysi tomondan yondashish kerak? Qanday qilib hatto mobil telefonda san’at asari darajasidagi suratlar oladigan birinchi toifadagi fotograf bo‘lish mumkin? Layfxaklarimiz yangi fotograflarga juda asqotadi!

1. Surat «megapiksellar»ga bog‘liq emas

Eng ilg‘or texnika ortidan quvmang. Barcha omonatlaringizni yangi rusumdagi kameraga sarflamang. Surat fotografga bog‘liq, “megapiksellar”ga emas. Avval foydalanilgan 1-2 yillik kamerani bozor narhidan 2-3 marta arzonga xarid qilish mumkin. Fotografiyaning nozikliklarini tushunish uchun u yetib-ortadi. Nima qanday ekanligini bilib olgach, haqiqatan ham suratga olishni istashingizni anglagach, ishni har tomonlama bilib, zarur bo‘lgan asbobni sotib olishingiz mumkin.

2. Men har doim yonimda ... fotokamera olib yuraman

Hamma vaqt va har yerda yoningizda fotoapparat bo‘lishiga odatlaning. “Ana o‘sha kadr”ni ko‘rib qolasiz, uni suratga olish uchun esa hech nima yo‘q, u holda o‘zingizni anchagacha koyib yurasiz. Vaqtni orqaga qaytarishning esa imkoni yo‘q. Bu yangi odat sizni qiynamaydi, biroq hayot in’om etgan betakror suratlarni yig‘ishda yordam beradi.

3. Eng muhimi - o‘z-o‘zini tanqid qilish

“Ular hech nimani tushunishmaydi”, san’at asaringiz kerakli maqtov olmayotganida har safar ana shunday fikrdamisiz? Har bir suratingiz betakror, yoki hech bo‘lmasa bor-yo‘g‘i chiroylidir? Katta ustalar mingta suratda eng yaxshi holatda bor-yo‘g‘i bittasini tanlab olishadi. Yaxshi chiqmagan suratlarni ajratib olish va ularni achinmasdan yo‘q qilish - fotografning eng yaxshi sifatlaridan biridir.

4. Kam gapirib, ko‘p ishlash

Foto-forumlarda o‘tirib, diafragma va ekspozitsiyalarni cheksiz ravishda muhokama qilish, shovqinni to‘g‘rilashni o‘rganish va boshqa narsalarning san’atga dahli yo‘q. Yuz yil oldingi a’lo darajadagi suratlar qo‘lida hozirda “bolta” sanalgan apparatlar bo‘lgan suratkashlar tomonidan olingan. Eng kerakli tomonlarini o‘rganib, suratga olishda davom eting.

5. “Markazlashtir” mang.

Endigina suratga olishni boshlagan fotograflarning asosiy xatosi – obyektlarni markazga joylashtirish. Albatta, narsalarni mantiqiy ravishda kadrga joylashtirish uchun boshlang‘ich bilimlarga ega bo‘lish zarur. Dastlab “uchdan biri” qoidasiga amal qiling, ba’zida bzsa ham obyektlarni suratning chap va o‘ng qismlariga joylashtiring.

6. Ko‘z darajasida suratga olmang

Haqiqiy suratkash tizzasiga o‘tiradi, emaklaydi va kamdan-kam hollardagina ko‘z darajasida suratga oladi. Bu rakursdagi suratlar biz ko‘rgan va bilgan narsalarni namoyish etadi. Suratlarni “qanaqa bo‘lsa, ana shunday” olingan kadrlarga aylantirmang.

7. Go‘zallikni u kam nomoyon bo‘lgan joydan qidiring

Jajji bolalar, qo‘yoshning botishi, cherkovlar – ular sizsiz ham go‘zal. Bunday lavhalarni g‘oya va kutilmagan holat bo‘lsagina suratga olish o‘rinli. Xom xayollarga berilmang. Mona Lizani suratga ola turib suratkash emas, rassom yaxshi ekanligi to‘g‘risida hisobot bering.

8. Protokolga kiritmang, suratga oling

Surat – sodir bo‘layotgan narsalarni bayon etish emas. Bu sizning fikr va nuqtai-nazaringiz. Suratda hissiyotlar, fikrni bera oling, voqealarni protokol uchun tartibsiz ravishda suratga olmang. Oxir-oqibat buning bari nima uchun boshlangani haqida o‘zingizga hisobot berishga to‘g‘ri keladi.

9. Mustaqil bilim oling

Avvalgi band nazariya-hech narsa, amaliyot-hamma narsa degan fikrni anglatadimi? Unday emas. Texnik nozikliklarni bilish zarur. Kompozitsiya bo‘yicha kitoblar o‘qish, balki mohirlik darslariga borish kerak. Biroq asosiy e’tiborni musatqil o‘rganishga qaratish zarur. Fotomaktablar – sizni fotobilimdon qilish uchun manfaatdor bo‘lmagan biznes. Yana bitta to‘g‘ri suratga oladigan suratkashni yetishtirib chiqarish bo‘lsa, marhamat.

10. Arxivni tartibli saqlang

Art-muhit a’zosi bo‘lish rejengizda bo‘lsa, “o‘sha” eng muvaffaqiyatli suratlar yig‘ilgan arxivni tartibli saqlang. Surat qayerda, qachon olingani va nimani anglatishini yozib qo‘ying. Ezmalik, biroq o‘yin qoidalari shunaqa.