Ba’zida hayotni o‘zgartirish uchun birgina turtkining o‘zi yetarli. Ushbu kinokartinalarni tomosha qilgach, sizda haqiqatan ham harakat qilish istagi paydo bo‘ladi.

Jangari klub

 

 

  • Triller, drama, jinoyat.
  • AQSH, Germaniya, 1999.
  • Davomiyligi: 131 daq.
  • IMDb: 8,8.

 

Chak Palanik va Devid Fincher iste’molchilar jamiyatiga qattiq zarba berdilar. Odamlar zarur narsalarni xarid qilish uchun o‘zlari yoqtirmagan ishda ishlashadi. O‘n yil avval ham shunday edi, 2017 yilda ham hech nima o‘zgarmadi. Ishsiz va pulsiz qolish qo‘rqinchi odamlar irodasini falaj qilib qo‘yadi. Ba’zilar barqarorlik botqog‘iga shu qadar bog‘lanib qolishganki, o‘z yuzlarini yo‘qotib ulgurganlar.

 

Agar siz ham shunday xurjunni sudrab yurgan bo‘lsangiz, anchadan beri nimanidir o‘zgartirish kerakligini tushunasiz-u, ammo qaror qabul qila olmayotgan bo‘lsangiz, “Jangchilar klubi”ni tomosha qiling.

 

Temirday toblanish

 

 

  • Hujjatli, sportga oid.
  • AQSH, 1976.
  • Davomiyligi: 85 daq.
  • IMDb: 7,5.

 

Bu bodibilding haqidagi oddiy film emas. Unda Gollivudning bo‘lajak yulduzi va Kaliforniya gubernatori Arnold Shvarsenegger juda kuchli yigitlar senga qarshi bo‘lsa ham kurash degan saboqni beradi.

 

Men chekinmayman. It kabi. Uni istalgancha tepish mumkin. It ikki narsa qilishi mumkin: yoki dumalaydi va o‘ladi, yoki tishlaydi va hujum qiladi.

 

Sport bilan shug‘ullanadiganlar ham, mashg‘ulot zaliga umuman qadam bosmaydiganlar ham filmni ko‘rishlari shart. Ilhom va quvvatning ortishi kafolatlangan.

 

Eddi «Burgut»

 

 

  • Drama, komediya, biografiya.
  • Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSH, 2016.
  • Davomiyligi: 106 daq.
  • IMDb: 7,4.

 

Bu haqiqiy voqealarga asoslangan film. Unda gap “Burgut” laqabli omadsiz chang‘ichi Eddi Edvards haqida boradi. Barcha cheklov va to‘siqlarga qaramay, u Olimpiadada ishtirok etishni juda istardi. U buni uddaladi.

 

Har qanday holatda ham chekinmaslik muhim. Yodda tutish kerak, bor kuch bilan harakat qilingandagina nimagadir erishish mumkin.

 

Natija juda achinarli bo‘lsa ham. Qat’iylik, sabr va o‘z kuchingizga bo‘lgan ishonch yetishmasa, Eddiga qarang. U sizni shu darajada ruhlantiradiki, tezroq divandan turib, orzularingizni hayotga tatbiq etish istagi uyg‘onadi.

 

Ijtimoiy tarmoq

 

 

 

  • Drama, biografiya.
  • AQSH, 2010.
  • Davomiyligi: 116 daq.
  • IMDb: 7,7.

Mark Sukerberg — bor-yo‘g‘i yigirma birinchi asrning omadli odamlaridan biri emas. U o‘zini aynan o‘zi inson sifatida shakllantirgan shaxs. “Ijtimoiy tarmoq” filmi axborot texnologiyalari davrida har qanday qashshoq talaba yuksak muvaffaqiyatga erishishi mumkinligini isbotladi.

 

Ish qidirish emas, uni yaratish yaxshiroq.

 

Startap g‘oyangiz mavjud, biroq uni amalga oshirishdan qo‘rqayotgan bo‘lsangiz, bu kinoni tomosha qiling. U ilhomlantiribgina qolmay, sizni kutib turgan orzuingiz sari yetaklaydi.

 

Doimo “ha” degin

 

 

  • Комедия.
  • AQSH, Buyuk Britaniya, 2008.
  • Davomiyligi: 104 daq.
  • IMDb: 6,8.

 

Oddiy xodim Karl Allen tarixi biz har kuni qanchadan-qancha imkoniyatlarni qo‘ldan chiqarayotganimiz haqida o‘ylantirib qo‘yadi. Taklifni qabul qilish – o‘ziga mas’uliyat olishdir. U kimga kerak?

 

Karl bilan “Ha – “yo‘q”ning yangicha ko‘rinishi” seminarida ishtirok eting va qalbingiz va aqlingizni yangi imkoniyatlarga ochib bering. Balki hayotingiz o‘sha zahotiyoq o‘zgarmas, biroq siz Jim Kerri bilan chin dildan kulasiz. Bu uning eng yaxshi rollaridan biri.

 

Cheksizlik

 

 

  • Fantastika, triller, detektiv.
  • AQSH, 2011.
  • Davomiyligi: 105 daq.
  • IMDb: 7,4.

 

Sayyoramizdagi millionlab insonlar muammolaridan xalos etuvchi mo‘jizali dori haqida orzu qilishadi. Nil Byorgerning filmi ongning o‘zgargan holati qay darajada xavfli ekanini namoyish etadi.

 

Barcha aqllilarning odatiy xatosini takrorlama: sendan aqlli odam yo‘q deb o‘ylama.

 

Agar hayotingiz nyu-yorklik yozuvchi Eddi Mor kabi tubsizlikka yuz tutgan bo‘lsa, hech qanday NZT yordam bera olmasligini bilishingiz kerak. To‘g‘ri ovqatlanish, yaxshi uyqu va sportgina miyangizni to‘laqonli ishlashga majbur qilishga qodir.

 

Uoll-stritlik bo‘ri

 

 

  • Drama, komediya, jinoyat, biografiya.
  • AQSH, 2013.
  • Davomiyligi: 180 daq.
  • IMDb: 8,2.

 

Martin Skorseze nyu-yorklik sobiq broker Jordan Belfort tarixini shu darajada iste’dod bilan tasvirlaganki, filmni tomosha qilib bo‘lgach, eyforiya hissi muqarrar.

 

Tavakkalchilik –keksalikdan asraydigan doridir.

 

Pulingiz qanchaligi, kasbingiz bo‘yicha kim ekanligingiz muhim emas, “Uoll-stritlik bo‘ri” istalgan kishini harakat sari yetaklaydi. Axir harakatsiz eng yaxshi maqsadlar ham bekorchi gapga aylanadi.

Bumerang nazariyasini bir eslab ko‘ring-a. Hech nima cheksiz davom etmaydi, har qanday yolg‘on ertami, kechmi oydinlashadi. Belfort qadriyatlari to‘g‘risida o‘ylab ko‘rib, hayotini qaytadan boshlashga muvaffaq bo‘ldi. Siz shunday qila olarmidingiz?

 

So‘zlar

 

 

  • Drama, melodrama, detektiv.
  • AQSH, 2012.
  • Davomiyligi: 103 daq.
  • IMDb: 7,1.

 

Original syujetga ega film: hikoyadagi hikoya to‘g‘risidagi hikoya. Omadsiz yozuvchi Rori Jensenning harakati muvaffaqiyatning narxi va qadri to‘g‘risida o‘ylab ko‘rishga majbur qiladi.

 

Hammamiz bu hayotda tanlovni amalga oshiramiz. Eng mushkuli – u bilan birga yashash.

 

Xulosa oddiy: o‘zingizni o‘zgacha inson qilib ko‘rsatishga harakat qilmang. O‘zligingizcha bo‘ling, dunyoga g‘oyalaringizni taqdim eting, shunday qilsangiz, muvaffaqiyat eshigingizni qoqib kelishi aniq. Faqat undan unumli foydalaning.

 

Baxt ortidan quvib

 

 

  • Drama, biografiya.
  • AQSH, 2006.
  • Davomiyligi: 117 daq.
  • IMDb: 8,0.

 

Film asosida haqiqiy insonning hayoti yotadi. Kris Gardner qashshoq savdo agentidan millionergacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Erkakning farzandi bilan sarson bo‘lishi va Uill Smitning ijrosi hech kimni befarq qoldirmaydi.

 

Film hozirgi vaqtda sizga qanchalik mushkul bo‘lishiga qaramay, chekinmaslikni o‘rgatadi. Agar yorug‘ kunlar tomon yurilsa, qorong‘u kunlar albatta tugaydi.

 

Hech nimani eplay olmaysan deydigan odamlar har doim ham topiladi. Agar haqiqatan ham biror narsaga erishishni istasang, hech kimga quloq solma. Ular o‘zlari muvaffaqiyatga erishmaganlari uchungina hech narsaga erishmaysan deya fikr bildirishadi.

 

Aqlli Uill Xanting

 

 

  • AQSH, 1997.
  • Davomiyligi: 126 daq.
  • IMDb: 8,3.

 

Qo‘zg‘olonchi Uill Xanting (Mett Deymon) va psixoterapevt Shon Meguayr (Robin Uillyams)ning aqliy dueli ikkita “Oskar” va boshqa ko‘plab obro‘-e’tiborli yutuqlarni qo‘lga kiritgan.

 

Film haqiqiy hayot, muxabbat va o‘zlikni izlash hamda shaxsiy kuchiga ishonish haqida. Uill Xanting aqlli odamgina bo‘lib qolmay, o‘z iste’dodini ichkilik va janjallarda sarf etayotgan daho edi. Navbatdagi ana shunday vaziyatdan keyin u psixoterapevt seansiga yuboriladi.

 

Senga qarab turib, o‘qimishli, o‘ziga ishongan odamni ko‘rmayapman. Men kichik, qo‘rqib ketgan, “ishtoniga ish qilib qo‘ygan” chaqaloqni ko‘ryapman.

 

Bu kartinani tomosha qilish kishiga zavq beradi. Qalbingizni yolg‘onchi sindromi ezg‘ilayotgan bo‘lsa, uni albatta tomosha qiling yoki qayta tomosha qiling.

 

Sizni qanday filmlar muvaffaqiyatga undaydi? Izohlarda bu haqida yozing!