Gitler davrida odamlar o'zlarining cheksiz qudratiga ishongan

Juda ko'p diniy va okkultizmga oid bid'atlar, yevgenikaning aksililmiy g'oyalari ham bunga katta hissa qo'shgan. Hukumat tepasida birdan eng telbanamo g'oyalar yuzaga kelib, ular “joylariga” tushib kelgan va hayotga tatbiq etila boshlangan. E'tiboringizga Uchinchi reyxda amalga oshirilishi ko'zlangan eng g'alati g'oyalarni taqdim etamiz.

 

Odamlarning yangi zotini yetishtirish

 

«Lebensborn» («hayot manbai») loyihasi sadistlarga xos yevgenik dastur bo'lib, unda bolalarni oilalaridan ajratib, ularni mukammal ariylarga aylantirish ko'zda tutilgan. 1935 yilda asos solingan «Lebensborn» jamiyati butun dunyo uchun sariq sochli va moviy ko'zli kelajakni ta'minlashi kerak edi.

«Irqiy toza» nemislarni iloji boricha ko'proq ayollarni homilador qilishga chaqirganlar

SSga a'zo erkaklarni qo'lga kiritilgan hududlarda iloji boricha ko'proq ayollarni homilador qilishga chaqirganlar. Minglab bolalar davlat muassasalariga joylashtirilgan. Qat'iy parhez ularni baqquvat va kuchli qilishi, ultrabinafsha bilan nurlantirish esa – sariq sochlilarga aylantirishi kerak edi. Shu tariqa “germaniyalashtirilgan” bolalar keyinchalik SS a'zolarining oilalariga boqish uchun topshirilgan.

Bolalarni sariq sochli qilish uchun ultrabinafsha bilan nurlantirganlar

 

 

http://hochyznat.ru/blog/43973312403/DESYAT-SAMYIH-BEZUMNYIH-IDEY-NATSISTOV

 

 

To'rtinchi reyx

 

Germaniya hukumati urushda yengilayotganini anglab yetganida, MSNIP rahbarlari natsistlik orzusining hayotini saqlab qoladigan uzoq muddatli strategiya – To'rtinchi reyxni rejalashtira boshlagan. Ular reyxning boyligini konservatsiyalash uchun milliardlab dollarga teng ulkan miqdordagi oltinni neytral Shveysariyaga (bu yerda «Bahorning o’n yetti lahzasi» filmi ba'zi sahnalari olingan) ko'chirib o'tkazishni ko'zlagan.

 Stalingardda asirga olingan nemis askarlari

 

http://www.tvc.ru:8020/news/show/id/61074

 

Maxfiy nazariyalarga ko'ra, mazkur reja hozirgacha amalga oshirilmoqda. Xususan, Germaniyaning bugungi iqtisodiy yuksalishi shu rejaga bog'liq, degan fikr mavjud (ammo, u tasdiq topmagan).

 

Televideniye orqali nazorat

 

1945 yilda Gitler natsizm targ'iboti, jumladan yangiliklar va ma'rifiy dasturlarni uzatish uchun butun Germaniya hududi bo'ylab ulkan teleekranlar o'rnatishni rejalashtirgan. Jamoat joylarida o'rnatilgan ekranlar rejimga xoinlik qilgan shaxslar qatlini namoyish etishi kerak edi.

Ulkan teleekranlarda ilhombaxsh kadrlarni namoyish etish rejalashtirilgan

 

 

https://www.csmonitor.com/The-Culture/TV/2010/1027/Wi-Fi-Hulu-DVR-and-the-end-of-the-tube-as-we-know-it

 

Har bir xonadonda kichikroq hajmdagi ekranlarni joylashtirish ko'zda tutilgan. Yozef Gebbelsning fikricha, Germaniya qudratining namoyish etilishi tomoshabinlarda vatanparvarlik kayfiyatini uyg'otib, ommani nazorat qilishga yordam berishi kerak edi. Lekin, mazkur rejaning amalga oshishiga urushning yakun topishi halaqit qildi. Televideniye esa butun dunyoda bir necha o'n yilliklardan so'ng va mutlaqo demokratik yo'l bilan g'olib bo'ldi.

 

Halokatli sigaretlar

 

Nemis sanoati Jeyms Bondga xos ko'plab antiqa gadjetlarni ishlab chiqargan. Ayollar diversiya guruhlari tomonidan qo'llanilgan moslamalar orasida qotil-bakteriyalar bilan to'ldirilgan cho'ntak oynalari va zaharlangan shokolad bo'lgan.

Shokoladli bomba

 

https://uznayvse.ru/interesting-facts/desyat-samyh-bezumnyh-idey-nacistov-kotorye-ne-byli-voploscheny.html

 

Biroq, kuchli bosh og'rig'ini chaqiradigan sigaretlar eng samarali vositalardan biri bo'ligan. Josus suhbatdoshini sigaret bilan mehmon qilgan va yangi tanishning boshi og'riy boshlaganida ichiga zahar to'ldirilgan soxta aspirin tabletkasini bergan. Albatta, josuslarning yonida zararsiz ekanligini isbotlash uchun ham oddiy sigaretlar, ham aspirin bo'lgan.

 

Papani o'g'irlash

 

1943 yilda reyx rahbari nasroniylik asoslarini zaiflashtirish va markazida Gitler turgan yangi dinni tasdiqlash uchun Rim Papasi Piy XII ni o'g'irlashni buyuradi. SS hujumchilarining ikki guruhi Vatikanga bostirib kirib, pontifikni qo'lga olishi va uning himoyasini ta'minlash bahonasi ostida Germaniya hududiga olib kelishi kerak edi. Germaniyada papani Vatikandan o'g'irlangan boyliklar bilan birga tutqunlikda ushlash rejalashtirilgan.

Papa Piy XII natsizmni qo'llab-quvvatlamagan

 

 

https://joinfor.ru/gitler-sobiralsya-pohitit-papu/

 

 

Muqaddas Graalni topish

 

SS rahbari Genrix Gimmler 1940 yilda Barselonadagi Montserrat abbatligiga tashrif buyurib, Sirli Kechada Iso ichimlik ichgan va keyinchalik uning qoni to'plangan afsonaviy qadah – Muqaddas Graal izini topishga uringan. Graal go'yoki Germaniyaga urushda g'alaba qozonishga yordam berishi va Isoning ariylar irqiga mansubligi isbotlashi kerak edi. Shu bilan birga, ariyliklar ajdodlarining vatani – Atlantidani izlash ishlari olib borilgan.

Muqaddas Graal – bu afsona

 

https://lib.rus.ec/b/473188/read

 

 

 

Portlovchi konfetlar

 

Natsistlar portlovchi konfetlar qutisi yordamida Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchilning joniga qasd qilish rejasini o'ylab qo'yganlar. Cherchilning shirinlikka bo'lgan moyilligini yaxshi bilgan qotillar shokolab batonchalarining ichiga portlovchi modda to'ldirib, uni bosh vazirning oshxonasiga kiritishni ko'zlaganlar. Bomba xonada bo'lgan hech bir odamni tirik qoldirmasligi kerak edi. Biroq, buzg'unchilarning rejasi fosh bo'lgan.

Ser Uinston Cherchillni konfetlar bilan o'ldirish rejalashtirilgan

 

http://picturehistory.livejournal.com/1714552.html

 

 

Superchivinlar

 

1942 yilda Daxauda hasharotlar tashib yuradigan kasalliklarni o'rganadigan tadqiqot institutiga asos solingan. Bu yerda bezgakni tarqatish uchun aksilgiler koalitsiyasidagi davlatlarga genetik o'zgartirilgan chivinlarni tashlash to'g'risidagi reja ishlab chiqilgan. Superchivinlar uzoqroq yashab, to'rt kun davomida yegulik va suvsiz yashay olgan. Buzg'unchilikning asosiy maqsadi Sovet Ittifoqining janubiy respublikalari bo'lib, issiq yoz hasharotlarning umrini yanada uzaytirishi kerak edi.

«Superchivinlarning» maqsadi Sovet Ittifoqining janubiy respublikalari bo'lishi kerak edi

 

https://uznayvse.ru/interesting-facts/desyat-samyh-bezumnyh-idey-nacistov-kotorye-ne-byli-voploscheny.html

 

 

Quyosh to'pi

 

Germaniya dushman shaharlarni negizigacha yoqib yubora oladigan ulkan orbital to'p qurishni ko'zlagan. Ushbu qurol quyosh nurini fokusga olib, halokatli nurni nishonga yo'naltiradigan bir yarim kilometrlik botiq ko'zguli diskdan iborat bo'lgan.

Halokatli «quyosh to'pi» baribir qurilmadi

 

http://gearmix.ru/wp-content/uploads/2013/04/article-0-190B017C000005DC-870_634x565.jpg

 

1923 yilda ishlab chiqilgan loyiha ulkan ko'zguning tinchlik yo'lida qo'llanilishini nazarda tutgan – u muzlab qolgan daryolardagi muzni eritib, tunda dengiz portlarini yoritib turishi kerak bo'lgan. To'pni muntazam jamoa nazorat qilishi kerak bo'lib, moslama uchun kislorod qovoq fermasida yetishtirilishi rejalashtirilgan.

 

Mukammal askarlar

 

1944 yilda nemis olimlari superaskarlar armiyasini tashkil etishga qodir D-IX moddasini ishlab chiqqanlar. Kokain, metamfetamin va og'riq qoldiruvchidan iborat vosita  Zaksenxauzen konsentratsion lageridagi mahbuslarda sinab ko'rilgan. Asirlarni og'ir ryukzaklar bilan piyoda yurishga majburlaganlar.

Pervitin - metamfetaminga asoslangan vosita

 

https://netnarkotiki.ru/entsiklopediya-narkotikov/psihostimulyatory/pervitin.html 

 

Asirlar biron marta ham to'xtamasdan 75 kilometr masofani bosib o'tganlaridan so'ng tajriba muvaffaqiyatli deb tan olingan. Qo'mondonlik vosita ishlab chiqarishini yo'lga qo'yib, muntazam qismlarni u bilan ta'minlashni ko'zlagan, ammo bu davrgacha urush yakuniga yetgan.

Uchinchi reyxda mamlakatning eng ko'zga ko'ringan dohiylari natsizmga xizmat qilgan. Afsuski, ularning hammasi ham zarracha bo'lsada ahloqiy hissiyotlarga ega bo'lmagan. Natijada, tirik material – odamlarda shafqatsiz tajribalar o'tkazilgan. uznayvse.ru tahririyati bugungi kungacha biz foydalanib kelayotgan natsizm fani yutuqlari haqida o'qishni taklif qiladi.