E'tiboringizga baliqni yangiligicha saqlab turish va istasangiz har kuni baliqli taomlardan lazzatlanish uchun professionallarning maslahatlarini taqdim etamiz. Shuningdek, vijdonsiz sotuvchilar tiqishtirishga urinadigan eskirgan baliq qanday ko’rinishini bilib oling.

1. Xaltada saqlamang

© sirylok / depositphotos   © belchonock / depositphotos 


Yangi baliqni uzoq vaqt polietilen xaltada saqlash kerak emas, chunki u dimiqib, hidlanib qoladi. Saqlash uchun mumlangan qog'oz to'g'ri keladi, ammo gazeta emas.

2. Ichak-chavog'ini tozalash shart

Baliq ko'proq boshidan emas, balki umuman ichki a'zolaridan ayniy boshlaydi. Butun baliqni sovutgichga olib qo'yishdan avval uni ichak-chavoqlaridan tozalash va oyquloqlarini kesib tashlash kerak. Bu ishni qilishni istamasangiz, uni do'konda tozalab berishlarini so'rash mumkin.

3. Ortiqcha namlikni yo'qotish

Hozirgina tozalangan baliqdan loyni ketkazish uchun uni suvda yuvish kerak. So'ngra ortiqcha namlikni yo'qotish uchun hamma tomonlama artish zarur. Namlik qancha kam bo'lsa, baliy shuncha uzoq muzlatilgan holda saqlanadi.

4. Sovutgichda to'g'ri joyni tanlash

© belchonock / depositphotos   © annahoychuk / depositphotos   


Baliqni eng sovuq joyda saqlash kerak. Sovutgichdagi ko'rsatkichlar bu joyni ko'rsatib beradi. Aksariyat sovutgichlarda bu tepadagi taxta bo'ladi.

5. Muzga qo'yish

 

© ankamonika / depositphotos   © olinchuk / depositphotos   

Baliqni 0 °C dan 3 °C gacha bo'lgan haroratda saqlash tavsiya etiladi. Biroq, odatda sovutgichdagi harorat taxminan 5 °C ga teng bo'ladi. Bunday holatlarda muz yordam beradi. Baliqning usti va ostiga muz sepish kerak. Lekin, muz erib ketmasligini kuzatib turish muhim – suvda baliq tez ayniydi.

6. Tabiiy konservantlardan foydalanish

 

© tookapic / pixabay   © onefox / pixabay   © belchonock / pixabay   


Tuz va limon — ham ajoyib tabiiy konservantlardir. Baliqni tuzlash yoki unga limon suvini sachratish orqali ko'proq yangilicha saqlab turish, go'shtini shirador qilish va ajoyib ta'mga erishish mumkin.

7. Moyni qo'llash

 

© Sasajo / depositphotos   © belchonock / depositphotos   

Baliqni uzoqroq saqlab turadigan yana bir mahsulot – bu o'simlik moyi. U mikroorganizmlar rivojlanishini to'xtatib turadi. Hidsiz o'simlik moyini olib, baliqning hamma tomoniga surib chiqing.

8. Muzlatishdan avval sovutish

Baliqni muzlatgichga qo'yishdan avval uni sovutgichda shermetik xaltada sovutish to'g'ri bo'ladi. Yaxshi muzlatishning siri bir tekislikda. O'rtacha bo'laklar kattalariga nisbatan ancha to'liq muzlaydi.

9. Yangi yoki muzlatilganini tanlash

Baliqni mustaqil muzlatish uchun yangisini sotib olishning keragi yo'q. Agar bu ish noto'g'ri bajarilsa, hujayralar tuzilishini buzib, baliqni ortiqcha quritib yuborish mumkin. Yaxshisi tayyor muzlatilgan baliqni xarid qiling. Sanoat muzlatgichlari bu jihatdan uy muzlatgichlaridan yaxshiroq.

10. Eskirgan baliq qanday ko'rinadi

 

© igorkovalcuk / depositphotos   © LJ- / pixabay   

Agar avvaldan eskirgan baliq sotib olgan bo'lsangiz, yuqorida sanab o'tilgan maslahatlar yordam bera olmaydi. Uni xarid qilishdan oldin sinchiklab tekshiring. Quyida sifatsiz baliqning belgilari:

  • Kuchli baliq yoki ammiak hidi — ishonish qiyin, ammo yangi baliqdan deyarli baliq hidi kelmaydi.
  • Ko'zlari sezilarli botgan, xiralashgan, kulrangga kirgan.
  • Oyquloqlari kir kulrang, jigarrang, sarg'imtir tus yoki och rangga ega. Ehtimol shilimshiq bilan qoplangan.
  • Tangachalari xira, to'kiladi va tanadan oson ajraladi.
  • Qorinchasi ishgan.
  • Go'shti suyagidan oson ajraladi.
  • Tanasiga bir oz bosganda uzoq vaqt joyiga qaytmaydigan botiqlar paydo bo'ladi.
  • Taning o'zi juda yopishqoq, baliq shilimshig'i to'planib qoladi.
  • Lahm go'shtining chetdagi uvadalangan, shaffof emas, dog'lar yoki qon quyilishlariga ega.
  • Muzlatilgan baliqning dumi tepaga bukilgan yoki quruq ko'rinadi.
  • Muzlatilgan baliq uvadalangan, qiyshaygan yoki shaklini yo'qotgan.