Sartaroshxonadan chiqdingiz – sohibjamolsiz, boshingizdagi yorqin sochlar, har bir tolasi alohida-alohida jilolanmoqda. Aynan o‘sha usulni uyda takrorladingiz – xafsalangiz pir bo‘ldi. Buning bari sartaroshlar o‘zi biladigan, biroq hech kimga tarqatishni istamaydigan sir tufaylidir.

1. Barcha e’tibor sochlar uchiga

 

Bosh terisi haqiqatan ham quruq bo‘lganlar butun soch bo‘lab, shu bilan bir qatorda soch ildizini qo‘shimcha namlantirish uchun konditsionerdan foydalanishlari mumkin. Odatda esa teri har kuni yetarli darajada yog‘ ajratadi, shuning uchun soch har kuni yuvilmasa, ildizga surtilgan konditsioner sochlarni og‘irlashtirib, ularni ifloslangan qilib ko‘rsatadi. Aynan shu sabab sartaroshlar konditsionerni sochning uchdan ikki qismiga surtishni maslahat beradilar.

 

2. Nevidimka ustidan lak sepamiz

 

Nevidimka tushib ketmasligi uchun birgina nozik jihatni eslab qolish zarur. Ularni taqishdan oldin sochiq yoki qog‘oz salfetka ustiga qo‘yib, soch uchun lakni seping. Ikki daqiqa qurish uchun qoldiring.

 

3. Shoyiga o‘tamiz

 

Barcha sochlarni shoyi bo‘lagi bilan ishqalansa, kutilmagan yorqinlikka ega bo‘lishini yaxshi biladi. Biroq har kim ham shoyi yoki atlas yostiqda uxlash yaxshiligi to‘g‘risida ma’lumotga ega emas. Paxta ochlardagi namlikni o‘ziga shimib oladi, shuning uchun ertalab “makaron fabrikasidagi portlash” soch turmagi paydo bo‘ladi.

 

4. Boshni uqalaymiz

 

Dush vaqtida har kuni boshni uqalash vaqtni behuda o‘tkazish bo‘lib ko‘rinishi mumkin, biroq u sochlarni yaxshi o‘sishi va ildiz baquvvvat bo‘lishiga yordam beradi.

 

5. Taroq

 

Ko‘pchilik uzoq yillar mobaynida bir xil xatoga yo‘l qo‘yishadi – sochlarni uqalash chetkasi bilan taraydilar. Hech qachon bunday qilish kerak emas. Undan ko‘ra tishlari kam bo‘lgan taroqni olish kerak, bunday sochlar kamroq shikastlanadi.

 

6. Soch ulamasdan uzun dum turmagi

 

Hamma ham uzun sochlar bilan maqtana olmaydi, ulama sochlarga esa har kimning ham qurbi yetmaydi. Vaziyatdan chiqishning oson usuli bor. Bor-yo‘g‘i bitta usul atrofdagilarning uzun sochingizga havas qilishlariga sabab bo‘ladi.

 

7. U tomoni bilan emas

 

Butun umr barcha nevidimkaning to‘lqinli tomonini tepaga qaratib taqib keldi. Aslida esa hammasi aksincha bo‘lishi kerak. To‘lqinli tomon sochlarni yig‘ish oson bo‘lishi, tekis tomon esa ularni ushlab turish uchun o‘ylab topilgan.

 

8. Ildizlarni berkitamiz

 

Malla sochlarga maslahat. Agar sochingiz ancha oldin bo‘yalgan bo‘lsa, sartaroshga borish uchun vaqt bo‘lmasa, o‘sib qolgan ildizlarni berkitishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun quruq shampun (soch toza yoki kirligi muhim emas) va taroq kerak bo‘ladi, ular yordamida zigzag shaklidagi farqni ochamiz.

 

9. “Quloqsiz” sochlar

 

Taraganda siz xohlagandek turmaydigan, ularga mo‘ljallangan joyda joylashmaydigan sochlar har doim bo‘ladi. Boshga lakni quyish shart emas. Ular bilan kurashish uchun oddiy tish chetkasi lak surtish va keyin esa u bilan sochni tarash kifoya.

 

10. Shishib turadigan ot dumi turmagi

 

Qanchalar ayainarli bo‘lmasin, ba’zida boshimizdagi sochlar juda ko‘p emas, aytishadiku “bor yo‘g‘i uch tola”, ular yig‘ilganida ot dumi emas, sichqon dumi xosil bo‘ladi. Sochlaringizni shishib turadigan va chiroyli qilib ko‘rsatadigan bitta usul bor. Oddiy ot dumi turmagi xosil qilingach, uning tepa va pastki qismlarini ikkiga ajratib, o‘rtasiga kichik krabcha o‘rnatish lozim.