E'tiboringizga buzish mumkin va zarur bo'lgan oilaviy hayotning “o'zgarmas qonunlarini” taqdim etamiz. Urinib ko'ring, Sizga yoqishi aniq.

HECH QACHON JUFTINGIZNI ALDAMANG

Hech qachon juftingizni aldamaslikni maslahat beradigan odamlarning o'zlari ham unga amal qilmasalar kerak. Barcha odamlar aldaydi va bu haqiqat. Aytmaslik yoki oxirigacha aytmaslik ham shular jumlasidan. Bir o'ylab ko'ring-a, ba'zida barcha tafsilotlar va mayda narsalarni aytmasak qancha asabni saqlab qolish mumkin.

KUCHLI ERKAK UCHUN ZAIF RAFIQAGA AYLANING

Zaif ko'rinishga intilish bexosdan haddan ortiq infantillikka yetishi mumkin. Yodda tuting: siz erkak kishiga turmushga chiqdingiz. Injiq bolaga aylanmasdan, o'zligingizcha qoling.

BO'SH VAQTNI BIRGA O'TKAZING

Agar bir-biringizdan dam olmoqchi bo'lsangiz, olg'a. Birga vaqt ham o'tkazish kerak, ammo bunga haqiqatdan ham istak bo'lganida. Bunda son emas, balki sifat muhim.

YAXSHISI UMUMIY QIZIQISH O'YLAB TOPING

Ikkinchi yarmingizni o'z qiziqishlaringiz bilan band qilishdan yomoni yo'q. Agar unga teatrlar va ko'rgazmalarga borish yoqmasa, sizga esa futbolning mutlaqo qizig'i bo'lmasa – har biringiz o'z ishingiz bilan mashg'ul bo'ling. Shunda ikkingiz ham ijobiy hissiyotlarga to'la bo'lasiz va uydagi muhit ham ancha yaxshilanad.

AHAMIYATSIZ NARSALARNI DEB JANJALLASHMANG

Ranjishlar va shikoyatlarni aytmaslik noto'g'ri. Bir kun kelib sekin harakatdagi bu mina portlab ketadi va oqibati og'ir kechadi. Aytilmay qolgan gaplarni qoldirmang, yaxshisi sizga nima yoqmasligini o'z vaqtida bir-biringizga ayting. Rostgo'y bo'ling – shunda ko'plab “ta'qiqlangan” mavzular janjallarga olib kelmasdan, tinch yo'l bilan ham hal etilishi mumkinligini ko'rasiz.

BOLALAR BIRINCHI O'RINDA

Darhaqiqat, ota-ona doim farzandining yonida bo'lishi, g'amho'rlik qilish va himoyalashi zarur. Biroq, o'zingiz va turmush o'rtog'ingizni unutish kerak emas. Haftada yoki hech bo'lmasa oyda bir martta bir kechani faqat ikkingizga ajrating. Uni uydan tashqarida o'tkazing va shunchaki dam oling.

BIRGALIKDAGI HAYOTNI BAYRAMGA AYLANTIRING

Bir-biringizdagi qiziqishni qo'llab turish uchun jon-jahdingiz bilan tirishish shart emas. Axir asosiysi – bu ijobiy hissiyotlar. Agar ish haftasining yakunida shunchaki birga divanda hordiq chiqarishdan huzur olsangiz, sizni ayblashga hech kimning haqqi yo'q.

MUNOSABATLAR USTIDA ISHLANG

Ko'pchilik “munosabatlar ustida ishlang” iborasini haddan ortiq to'g'ri va jiddiy ma'noda qabul qiladi. Kimlardir darhol o'zaro tushuntirish suhbatlarini o'tkaza boshlasa, boshqalar ruhshunoslarga yugurib boradi. Biroq, og'ir damda eng muhimi dam olish, barcha muammolarni qo'yib yuborib, yangilarini qo'shmaslikdir. Ana shunda munosabatlarga uchinchi odamni qo'shishga o'rin qolmaydi.