Kundalik ishlar girdobiga tushib qolganimiz tufayli har kuni o‘zimiz uchun qadrli bo‘lgan insonlar bilan muloqotda bir-birimizga e’tibor qaratish va muxabbatt uyg‘usini namoyon etish to‘g‘risida unutamiz. Natijada o‘tamuhim sanalgan o‘zaro uyg‘unlikka putur yetkazadigan vaziyatlar tez-tez sodir bo‘la boshlaydi.

Oila va uning tashqarisida munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va qalbingizdagi muvozanatni tiklashda yordam beradigan 11 ta oddiy narsalarni e’tiboringizga taqdim etamiz.

 

Sevgan insoningizni har kuni kamida bir marta quchoqlang

Hech bo‘lmaganda 20-30 soniya davomida. Bir-biringizga bu tarzda tegish organizmda bog‘liqlik va huzurolish garmonlari ishlab chiqarilishiga ta’sir qiladi. Undan keyin yuzaga keladigan hislarsizga kun davomida hamroh bo‘ladi, iliqlik va yoqimlilik beradi.

 

Munosabatlarda zamonaviy texnologiyalardan faol tarzda foydalaning

 Sevgilingizga har kuni muxabbatingiz haqida yozishga erinmang. Har ikkingiz uchun qadrli bo‘lgan onlar va tarix to‘g‘risida eslang. SMS yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali yuborasizmi, bunisi muhim emas. Har qanday usul mos keladi, muhimi bu bekorchi ish deb o‘ylash kerak emas.

 

Suyukli insonlarni arzimas bo‘lsada yoqimli narsalar bilan siylang

Uyga ketishda siz uchun muhim bo‘lgan inson yoqtirgan narsalarni yodga oling. Balki bu mazali shirinlik yoki yoqimli isga ega qahva bo‘lishi mumkin. Tasavvur qilib ko‘ring-a, unga bunday kutilmagan sovg‘a hech qanday sababsiz taqdim etilsa, juda xursand bo‘ladi.

 

Eski qadrdonlarni tez-tez yodga oling

 Hayotingizda siz “yillab ko‘rishmasligimiz mumkin, biroq baribir bir-birimizni yaxshi ko‘ramiz” tamoyili asosida muloqot qiladigan odam mavjud bo‘lsa, munosabatlaringizni qo‘llab turish kerak emas degan ma’noni bildirmaydi. U siz uchun qanchalik qadrli ekanini eslating, masalan eski suratlarni tartibga sola yotib, uni esga olganingiz, judayam ko‘rgingiz kelgani haqida yozing.

 

Farzandingiz tez-tez tabassum qilishiga harakat qiling

Yodda tuting, bolalar e’tibor va g‘amxo‘rligingizga boshqalarga qaraganda ko‘proq ehtiyoj sezadilar. Bolaga har kuni baxtli hissi yot berish sizning qo‘lingizda. Gap har kun sovg‘a berish kerakligida emas. Maktabda iste’mol qilish uchun tayyorlangan tushlikka “Muxabbat bilan, oying” deb uning ryukzagiga solib qo‘yishning o‘zi kifoya.

 

Bola bilan muloqotda tasavvurni doimo ishga soling

Bolangiz uchun sehrgarga aylanish u qadar mushkul emas. Masalan, uning uchun murakkab jarayon sanalgan ertalabki uyqudan uyg‘onishiga yorqinlik berishingiz mumkin. Bolaning yostig‘i yoniga kichik sovg‘a yoki qiziqarli xo‘rozqand qo‘ying. U mitti uyquchi yuzida albatta tabassum uyg‘otadi.

 

Bolani maqtang va harakatlarini ma’qullang

 Hatto birgina ezgu so‘z ham kayfiyatni ko‘tara oladi, axir ularni tez-tez aytgan yaxshi-ku. Farzandingizga u oilangiz uchun qanchalik muhimligi, bugun yaxshi ishlar bajargani, uning muvaffaqiyatlaridan (hatto u kichik ish bo‘lsa ham) xursand ekanligingizni eslatib turing.

 

Hamkasblarni siylang

 

Jamoadagi sog‘lom psixologik iqlim – muvaffaqiyatli va samarali ish garovi. Unga yaxshi tomondan ta’sir o‘tkazish o‘z qo‘lingizda. O‘zingiz bilan yoqimliisga ega issiq pishiriq oling yoki hamkasbliringizni uyda tayyorlangan pirog bilan mehmon qiling. Mana ko‘rasiz, kun balki hafta yuqori ruhda o‘tadi.

 

O‘zingizga va’da bering va ularni bajarishga harakat qiling

Yaxshisi ularni qog‘ozga yozing: hafta boshida 5-7 banddan iborat qisqa ro‘yxatt uzing va 7 kun davomida ulardan hech bo‘lmasa bittasini amalga oshiring. Tez orada siz yetib borolmayotgan ishlar “bajarildi!” mavqeida joylashadi.

 

O‘z orzularingizni amalga oshiring

Agar ko‘p vaqtdan beri o‘zingizni yoqimli narsa bilan siylashga qaror qilolmayotgan bo‘lsangiz, quyidagicha yo‘l tuting: qog‘oz pul hajmida bir necha qog‘ozcha kesib oling, ularga istaklaringizni yozin va ham yonga solib qo‘ying. Har safar haqiqiy pullar o‘rniga qo‘lingizga ana shu qog‘ozlar tushibqolsa, zudlik bilan do‘konga boring va u yerda yozilgan narsani sotib oling.

 

Har kuni ezgu ishlar qiling

Ko‘chada xushbichiminsonni ko‘rsangiz, uyalmang, unga maqtov so‘zlarini ayting; bolakayga shirinlik taqdim etish yoki qari onaxonga og‘ir yukini ko‘tarishda yordam berish istagi paydo bo‘ldimi, ildamroq harakat qiling! Axir kundan-kunga mehribonroq va yaxshiroq bo‘lish – zo‘r ku!