Biz sizga oddiy mebelga buyoq va mo‘yqalam orqali yangi hayot ato etish haqida gapiramiz

Xona eshiklari

© depositphotos   © depositphotos  

Ha-ha, xonadondagi oddiy eshiklarga ham o‘zgacha ko‘rinish xadya etish mumkin. Eshikni butunlay bo‘yash shart emas, uning yon tomoni bo‘yalsa kifoya. Buning uchun yorqinroq rang tanlash kerak, albatta bu interyerga mos bo‘lishi lozim. Bu qaror sizga shu darajada yoqib qoladiki, avval qanday qilib bitta rangdagi eshiklar bilan yashaganingizni tushunmaysiz.

 

Eshik qo‘ng‘irog‘i

© depositphotos   © depositphotos  

Uning rangi kulrang, eshik esa klassik bir xil rangda bo‘lsa kerak. Yorqinroq va noodatiy element qo‘shish ayni muddao. Eshik qo‘ng‘irog‘ini bo‘yash a’lo variant bo‘ladi. Ko‘zga tashlanadigan rang tanlaymiz – panel uylarning nursiz ranglarini yorqinlashtiramiz.

 

Javon

© depositphotos   © depositphotos  

Qachonlardir bu eng sevimli oppoq g‘aladon bo‘lgan. Hozirda esa jig‘ingizga tegmoqda. Uni tashlab yuborishga shoshilmang. Bor-yo‘g‘i unga yangicha ruh bag‘ishlang. Variant sifatida uning bir necha qutilarini yorqin ranglarga bo‘yashni taklif etamiz. Shu yo‘l bilan oila byudjetini saqlab qolish va bir xil rangdagi interyerga yorqinlik bahsh etish mumkin.

 

© depositphotos   © depositphotos 

Maydaroq detallarni bo‘yash ham yaxshi variant sanaladi. Masalan, g‘aladon oyog‘i va tutqichi.

© depositphotos   © depositphotos  

Yoki rang-barang stol bilan cheklanish mumkin.

 

Shkafning orqa devori

© depositphotos   © depositphotos  

Oppoq devor – har doim biroz zerikarli. Shuning uchun yoqimli rangdagi bo‘yoqni sotib oling va oshxonaga yorqinroq tus bering. Shu yo‘l bilan asabga tegishga ulgurgan shkaf yangi hayot imkoniyatiga ega bo‘ladi. Siz esa har safar uni ochayotib oddiy o‘zgarishdan zavq olasiz.

 

Stullar

© depositphotos   © depositphotos  

Uslub va bir xillik albatta ajoyib, biroq g‘aroyib dizayn judayam betakror ko‘rinishi mumkin. Shuning uchun qo‘rqmasdan bo‘yoq olib, stulga o‘zgacha ko‘rinish bahsh eting. Faqat oyoqlari yoki o‘rindig‘ini, yo bo‘lmasa, stulni butunlay bo‘yash mumkin.

 

Derazalar

© depositphotos   © depositphotos  

Bu yerda ham oddiylikdan qochamiz. Odatiy oq rom – zerikarli va ko‘rimsiz. Biroq bo‘yoq bo‘lsa, g‘aroyib narsa o‘ylab topish mumkin: derazani butunlay bo‘yash yoki ba’zi qismlariga rang berish. Asosiysi, tajriba qilish va kundalik hayotga ajoyiblik qo‘shishdan cho‘chimaslik.

 

Devor

© depositphotos   © depositphotos  

Xonangizdagi devor oppoq yoki boshqa sokin rangda bo‘lsa, devorlardan bittasiga urg‘u berish kifoya. Uni yorqin rangga bo‘yang, interyer darrov o‘zgacha tus oladi. Bundan tashqari, bu dizayndagi noodatiy yechimdir.

 

Shift

© depositphotos   © depositphotos  

Yangicha ko‘rinishni istayotgan bo‘lsangiz-u, devorlarni bo‘yash sizga to‘g‘ri kelmasa, diqqatni shiftga qaratish mumkin. Qandaydir rasm qo‘shish yoki uni bo‘yash orqali odatiy interyerga katta harajat qilmay yangi hayotni bahsh etish imkoni paydo bo‘ladi.

 

Devoriy javonlar

© depositphotos   

Devordagi bir xil rangdagi javonlar juda qulay bo‘lishi mumkin, biroq qolgan narsalarda bo‘lani kabi tezda “jonga tegadi”. Yangisini sotib olmaslik uchun uyingiza mavjud bo‘lganlarini bo‘yash kifoya. Bu yog‘i fantaziyangizga bog‘liq: ularni bir xil rangga yoki kamalak ranglariga bo‘yash mumkin.

 

Koʻrib chiqish boʻyicha rasmlar depositphotos