Lifehaq.uz har doim O'zbekistonda odamlar tilida bo'lgan brendlar ro'yhatini tuzib chiqdi, ammo ko'pchilik bu so'zlar umuman boshqacha aytilishi haqida bilmaydi!

1. PAYNET

"Paynet" - eng ommalashgan mahalliy to'lov tizimi bo'lib, ko'cha tilida avval boshdanoq «PAYNET» deb aytiladi. Biroq, aslida bu ommabop brendni «PEYNET» deya talaffuz qilishimiz kerakligi haqida kamchilik biladi. Xususan, ingliz tilidan tarjima qilinganda “PAY” – «PEY» - to'lov, va “NET” –«NET» - tarmoq degan ma'nolarni anglatadi. Natijada, mantiqan «TO'LOV TARMOG'I» so'z birikmasi kelib chiqadi. Biz uchun odatiy tus olgan «PAYNET» so'zini yanada chuqurroq tahlil qiladigan bo'lsak, «PAY» - “PIE” – tarjimada «PISHIRIQ» so'zini bildiradi. Shu tariqa, «PISHIRIQLAR TARMOG'I» singari biroz tushunarsiz ibora yuzaga keladi. Biroq, hammamiz bilamizki, O'zbekistondagi aksariyat inglizi tilida so'zlashuvchilar ham ommadan ajralmaslik uchun o'zimiz uchun tushunarli tarzda «Aka, PAYNET, ishlavottimi?» deya savol berishadi. Agar «Aka, PEYNET, ishlavottimi?» deb so'rasak, javob «A?! Nima?» ko'rinishida bo'lishi aniq. Tarifingizga to'lov amalga oshirilishini istasangiz yaxshisi hamma kabi talaffuz qiling :) 

 

2. LES AILES

 

"Les Ailes" - mamlakatimizda fransuz tilini sanoqli odamlargina bilishiga qaramay, siz uchun bir haqiqatni ochishni va mazkur til bo'yicha kichik dars o'tib berishni maqsad qildik. Xususan, tovuq qanotlari va tovuq go'shtidan boshqa taomlarni tayyorlashga ixtisoslashgan ushbu mahalliy fastfud brendi bir qarashda mantiqan tuyulgan «LES AYLES» deya aytilishi hayratlanarli emas.  Biroq, “muhabbat tili”ni ommalashtirish uchun mashaqqatli mehnat qilgan Aleksandr Dyuma, Jyul Vern, Onore de Balzak, Gyugo kabi mashhur fransuz adiblari buni birdan eshitib qolishganida, tilni o'zlari o'ylagandek oxirigacha ommalashtira olmaganlarini tushunib yetishgan bo'lardi :) To'g'ri talaffuz quyidagicha.... Diqqat: «LE ZEL» fransuz tilidan tarjima qilinganda «QANOTLAR» degan ma'noni bildirib, muassasaning nomini izohlaydi va oqlaydi :)

 

 3. BLACK BEAR

 

"Black Bear"- bu qahva ixlosmandlari uchun yolg'iz qolib, bir finjon mazali «Amerikano» yoki «Latte» ichish mumkin bo'lgan Toshkent shahridagi eng sevimli maskanlardan biri. Biroq, «Latte»ni astagina simirib o'tirgan aksariyat odamlar shunchaki oddiy “pivoxona”da o'tirganlarini hattoki o'ylamaganlar ham! Nima uchun deysizmi? Bu haqiqat! Lifehaq.uz mamnuniyat bilan sizga boshlang'ich ingliz tilidan mahorat maktabini o'tib beradi. Gap shundaki, mahalliy «BLEK BIER» ommabop talaffuzi tarjimada «QORA PIVO» deganidir! Agar bu shunday talaffuz qilinsa, yozuvda ham BLACKBEER (BEER - [bɪər] – PIVO) sifatida bo'lishi kerak edi. Tabiiyki, bu “pivoxona”ning asl mohiyatini izohlab beradi. Aslida «BEE - [beər] – AYIQ» deya talaffuz qilish to'g'ri bo'lardi. Shunday qilib, do'stlar, siz yo qahva ihlosmandisiz, yoki muzdekkina pivoxo'rsiz!

 

4. LACETTI 

  

"Lacetti" - nahotki mahalliy LACETTI brendi ham noto'g'ri aytilsa? Ehtimol. Biz bu so'zni «LASETTI», «LATSETTI» sifatida talaffuz qilishga odatlanganmiz – bu to'g'ri bo'lishi mumkin yoki mutlaqo noto'g'ri ham. Mazkur holatda haqiqatdan ham adashish mumkin. Lifehaq.uz kichik fonetik tadqiqot o'tkazdi: italyan tilida S harfi [tЅ] yoki [i], [e] unlilaridan avval «CH» sifatida o'qiladi:

cena [‘tЅena] – chena – kechki taom
cima [‘t
Ѕi:ma] - cho'qqi


Shu tariqa, LACETTI italyan tilida «LACHETI» deya aytiladi. Biroq, lotin tili varianti ham mavjud - «LATSETTI», albatta, chiroyli eshitiladi (“latsertus” – yosh, baquvvat). Lekin, tilshunoslik jihatidan noto'g'ri sanaladi, chunki yuksak mantiqli, akademik lotin tili sof italyan “ti” suffiksiga ega oddiy xalq tiliga mos kelmaydi. Xo'sh, to'g'ri talaffuz qanday bo'ladi? Barchasi so'zning aynan qaysi tilda yozilganiga bog'liq :) Shunga qaramay, sizni adashtirmaslik uchun Lifehaq.uz ushbu so'zning original talaffuzini bu yer va bu yerda tinglab ko'rishni taklif qiladi!

 

5. WESTMINSTER UNIVERSITY

Bu mamlakatimizdagi eng ko'p talabga ega oliygohlardan biri, ammo uning nomi ko'pincha noto'g'ri aytiladi. Halq orasida shunchaki «VEST» so'zi ommalashgan. Ingliz tilidan ancha uzoq bo'lgan yoshlar va kattalar uni siyosiy lavozim bilan uyg'unlashtirishni afzal ko'rib, «vestMINISTR» deb aytish orqali uning ma'lum vazirlik ekanligini ta'kidlashadi. Agar bu so'zlarning tarjimasi alohida tekshirilsa, «VEST – WEST– G'ARB», «MINISTER» esa – o'zimizning oddiy (albatta, u qadar oddiy emas) ministr, ya'ni vazir bo'lib chiqadi! Natijada, «G'ARBIY VAZIR» degan ancha mantiqsiz so'zlar birimasi yoki lavozim yuzaga keladi  Aslida, maskanning vazirlikka hech qanday aloqasi yo'q. «WESTMINSTER» - Véstminster, Uéstminster, shuningdek Vestmínster (ingl. Westminster) — Londonning tarixiy hududi, Vestminster ma'muriy okrugining bir qismidir. Vestminster hududida Londondagi asosiy me'moriy obidalar - «London ko’zi», Vestminster abbatligi, Big-Ben, Vestminster saroyi, Parlament uylari joylashgan. Lekin, bular bizga nimaga kerak. «Ministr», ya'ni vazir so'zi kuchliroq eshitiladi va binoning o'zi ham kichik vazirlikni eslatadi :)

 

6. XIAOMI

"Xiaomi" - Mazkur ommabop xitoy brendining nomi har xil tarzda buzilib aytiladi. «Ksyaomi» yoki «Syaomi» so'zlari qadrdondek eshitilishiga qaramay, bu brendning mavjudligi haqida 3 yil avval deyarli hech kim bilmagan. Bu orada, to'g'ri talaffuz - «Shyaomi» (Diqqat! Urg'u oxirgi bo'g'inga tushadi). Hayron bo'lmang! Bu xitoy tili! Biroq, biz uchun harflab talaffuz qilish osonroq, albatta :)

 

7. HUAWEI

 

"Huawei" - kim ham o'ylabdi deysiz: «XUAVEY» - noto'g'ri talaffuz ekan! So'z boshidagi «H» harfi talaffuz qilinmaydi va uchta bo'g'im ikkitaga aylanadi. Natijada, mantiqsiz va dahshatli «VAVEY» so'ziga ega bo'lamiz. Ko'pchilik «XUAVEY» so'zi qanday qilib «VAVEY»ga aylanishi mumkinligini tushunmaydilar. Natijada, ancha mantiqli savol kelib chiqadi: so'z boshida «V» harfi qani? Lifehaq.uz barcha o'quvchilarni tinchlanishga va hayotni borligicha qabul qilishga chaqiradi. Zero, o'zbek do'konlari peshtaxtalarini yana qanday xitoy brendlari to'ldirib turganini hech kim bilmaydi. Tayyor turing va ehtimol bundan-da taajjubli talaffuzlarni eshitib qolarmiz!

 

8. HYUNDAI 

 

"Hyundai" - ushbu koreys brendini turlicha talaffuz qilamiz: «XYONDAY», «XUNDEY», «XYUNDAY», ammo buni unuting. Eng to'g'risi «XYONDE» va urg'u oxirgi bo'g'imga tushadi. Koreys tilidan tarjima qilinganda bu so'z «ZAMONAVIYLIK» degan ma'noni bildiradi. Transliteratsiyaga xos bu kabi murakkabliklar boshqa davlatlarda ham uchraydi, shu bois bizga bu kechirimli :)

 

9. SAMSUNG

 

"Samsung" - O'zbekistonda va butun sobiq Sovet hududida o'rnashib qolgan noto'g'ri talaffuzli yana bir nom - «SAMSUNG». Biroq, O'zbekistonda bu brendni to'g'ri talaffuz qiladigan odamning o'zi bo'lmasa kerak, axir «SAMSUNG» aslida ham «SAMSUNG»da, buning nimasi noto'g'ri? Shunga qaramay, so'zdagi birinchi bo'g'imga urg'u bergan holda «SAMSON» deya talaffuz qilish to'g'ri bo'ladi. Koreys tilidan tarjima qilganda bu so'z «UCH YULDUZ» degan ma'noni beradi. To'htang-chi! «SAMSUNG» biz uchun odatiy va yaqinroq, axir talaffuzimizni o'zbekcha fastfud hisoblangan SOMSA o'rnida qabul qilishlarini istamaymizku :)

 

10. LEVI'S

 

«LEVI'S» - mi yoki «LIVAYZ»? Izlanishlar shuni ko'rsatdiki, ikkala variant anchadan buyon umumiy talaffuzga chuqur o'rnashib olgan, hattoki AQShda ham ikkala so'z aytiladi. Odamlar qiziqishda, bahslashishda, isbotlashda davom etadilar, ammo bu holatda jami isbot bazasi ikki narsaga to'qnash keladi: ingliz tilida so'zlashuvchilar ko'pincha «Livayz» deydilar, chunki ingliz tili qoidalariga ko'ra Levi ismi "Livay" deya o'qiladi; ammo, dastlabki jinsi asoschisining ismi Levi bo'lgan. Levi Shtrauss nemis yahudiyi bo'lib, tug'ilganida unga Loeb ismi qo'yilgan. U 18 yoshida vatani Bavariyadan San-Fransiskoga ko'chib keladi va ismini Shtatlarda aytish qulay bo'lishi uchun Leviga aylantirgan. Agar ingliz tili grammatikasiga qarasak, to'g'ri holat "Levis" bo'ladi.

 

11. QORADUBA (Muallifdan qiziq voqea)

 

"Qoraduba" - maqola so'nggida Lifehaq.uz e'tiboringizga o'zbeklar tomonidan mutlaqo o'zimizniki deya hisoblangan va boshqa millatga hech qachon berilmaydigan “butunjahon” brendini taqdim etishga qaror qildik. Barchamiz aksariyat davlatlarda tortishtiruvchi va antiseptik vosita sifatida dorilar ro'yhatidan joy olgan eman po'stining g'aroyib xususiyatlari haqida eshitganmiz. Biroq, brendning nima aloqasi bor, dersiz. Gap shundaki, juda ham “savodli” shaxslarning fikricha, bu “eman” deya atalmish daraxtning oddiy po'sti emas, balki o'zbekchasiga “QORADUBA” (DUBA – oxirgi harfga urg'u berib o'qilishi kerak «dubA») deb o'qiladigan o'ziga xos «KORA DUBA» firma brendidir. Biroq, aksariyat rusiyzabon o'zbeklar «KORA» rus tilidan tarjima qilinganda «PO'ST», «DUB» esa – mustahkam tana va yong'oq mevalariga ega yirik bargli daraxt ekanligini bilishadi. Natijada, tarjima shunchaki «EMAN DARAXTINING PO'STI» kelib chiqadi. Bu KORA – QORA yoki DUBA – DUBA emas! Lekin aytingchi, o'zimizda tayyor, anchagina mashhur, asosiysi butun sobiq sovet hududida talabga ega bo'lgan raqobatbardosh «QORADUBA» yoki o'ziga xos «CHYORNAYA DUBA» nomi bilan ham mashhur dorivor vosita mavjud bo'lsa, bu izohlarning nima keragi bor. Qisqasi, Pfizer, Novartis, Abbott kabi xalqaro farmatsevtika sanoatining yetakchilari bu holatni qabul qilishlari va innovatsiyalar ortidan quvish poygasida qoloqlarcha qolishlari kerak :)