Lifehaq.uz kundalik buyumlar to‘g‘risida kashf etganlarini sizga ham ulashadi. Ular ko‘pchiligi o‘tgan davr beligilariga ega bo‘lib, qolganlari esa ro‘yxatimizdagi so‘nggi predmet kabi til bilan bog‘liq chalkashliklar tufayli paydo bo‘lgan.

Klaviaturadagi harflar nima uchun alfavit tartibida emas

© blazephotographysite/wordpress

Ko‘pchilik tez-tez foydalaniladigan belgilar markazga yaqin joylashgan deb o‘ylashadi. Biroq gap bunda emas.

Ilk matn terish mashinalarida harflar alfavit bo‘yicha qo‘yilgan edi, biroq yonma-yon turadigan klavish dastagi bir-biriga tegib turgan. Shuning uchun so‘zlarda qo‘shni bo‘lib keladigan harflar klaviaturada iloji boricha uzoqroq joylashtirilgan. Aynan shu yo‘l bilan biz uchun odatiy bo‘lgan QWERTY tartibi paydo bo‘ldi.

U eng qulay tartib hisoblanmaydi, biroq hamma unga o‘rganib qolgani uchun hech kim uni o‘zgartirishni istamaydi. Bu rus tilidagi YSUKЕN ketma-ketligiga ham tegishli.

 

Tirsaklardagi oval “yamoq”lar nima

© Fir0002/wikipedia   © Geneva Vanderzeil apairandasparediy.com/flickr   

Bu “urf” harbiylardan kelib chiqqan. Ular tirsaklarida ko‘p emaklaganliklari tufayli mato tezda yedirilib ketardi. Shuning uchun harbiy kiyim yengiga qo‘shimcha qavat mato oldindan tikib chiqilgan.

Keyin bu g‘oya ovchilarga ham yoqib qoldi, ular tomonidan o‘zlashtirildi. Chunki ovchilar ham miltiqdan tayangan holda otishar, kurtkalari tirsagi yedirilardi. 50-yillardan so‘ng Amerika universitetlari talabalari buni chiroyi uchun o‘zlashtirib oldilar.

 

Nima uchun muzqaymoq vaflili stakanga solinadi

© Linda Spashett/wikimedia   © Publicdomain/pxhere  

XIX asr oxirida ko‘chalarda muzqaymoq “bir penni evaziga yalab ko‘r” nomi bilan ko‘p marta foydalaniladigan ryumkalarda sotilgan. U har bir mijozdan keyin chayqab olingan.

Biroq 1904 yilda a’lo darajadagi yechim paydo bo‘ldi: kun issiq bo‘lgani tufayli muzqaymoq sotuvchisi oldida navbat kutib turuvchilar olomoni to‘plangan, shisha stakanlar esa har doim ham yetishmasdi. Vafli sotuvchisining rastasi esa bo‘m-bo‘sh edi. U vaflidan konus o‘rab, unga muzqaymoq joylashtirishni o‘ylab topdi. Natijadan barcha, ayniqsa vrachlar mamnun bo‘ldi, chunki “bir penni evaziga yalab ko‘r” sil kasalligining tarqalishiga zamin yaratardi.

 

Kedalardagi rezina burun nima uchun?

© VelesStudio/depositphotos   © october75/imgur

Qachonlardir kedalar basketbolchilar oyoq kiyimi bo‘lgan, rezinali burun esa o‘yinlar davomida barmoqlar bosib olinganida yuz beradigan shikastlanishlardan asragan. Bunday kedalar burni hozirgilardan farqli ravishda juda qattiq rezinadan ishlangan.

Aytgancha, buruncha dastlab oq rangda bo‘lmagan, u keyinchalik chiroyli ko‘rinishi uchun shunday rangda chiqarila boshlagan.

 

Butilkalarning pastki qismidagi dumaloqchalar nima?

© Doppler/blog  

Bu ko‘zi ojizlar uchun belgi emas, ko‘zlangan maqsad boshqa. Bo‘rtib chiqqan nuqtalar ishlab chiqarish uchungina, ya’ni shakl raqamini kodlashtirish va nuqsonli idishni saralash uchun kerak.

 

Baton nima uchun yo‘l-yo‘l ko‘rinishda

© mp1746/pixabay  

Bu borada nonvoylar fikri ham turlicha. Ba’zilar chiziqlari bo‘lmagan baton pishirish vaqtida darz ketishi mumkin deb hisoblasalar, boshqalari asl sabab go‘zallik hamda turli batonlarni bir-biridan ajratish ekanini ta’kidlaydilar.

Ikkinchi fikr yanada ishonchliroq, axir nonning boshqa turlari chiziqlarsiz darz ketmaydi-ku.

 

Loferlardagi popukchalar nima uchun kerak?

© photobac/depositphotos

XX asr o‘rtasida etikdo‘z Nils Tveranger norvegiyalik baliqchilarning arqoncha yordamida oyoqqa mahkamlanadigan oyoq kiyimidan ilhomlangan.

Etikdo‘z baliqchilarning botinkalarini hindcha mokasinalar bilan “chatishtirib”, loferlarni dunyoga tanitdi.

Bog‘ichlar vaqt o‘tishi bilan amaliy ahamiyatini yo‘qotib, keyinchalik bir juft popukchalarga aylantirildi.

 

PIN-kodda nima uchun  raqamlar to‘rtta?

1996 yilda shotlandiyalik Jeyms Gudfellou odamlarning bank raqamlarini himoya qilish maqsadida PIN-kodni o‘ylab topdi va ishlab chiqdi.

Dastlab raqamlardagi kodlar 6 ta bo‘lgan, biroq uning rafiqasi bunday kodni eslab qolish mushkul ekanidan shikoyat qiladi. Jeyms aynan shuni hisobga olib, uni 4 ta raqamgacha qisqartirdi.

 

Kapyushondagi mo‘yna nima uchun kerak?

© Public domain/pxhere  

Mo‘ynali kapyushon ilk marta Shimoldagi aholi vakillarida paydo bo‘lgan. Ular o‘zlari uchun qalin kiyimlar tikishardi, biroq yuzlari ochiq qolardi. Uni sovuq va shamoldan saqlash maqsadida ular kapyushonga qalin va uzun mo‘ynani tikib chiqishni o‘ylab topishdi. Aynan u yuz oldidagi iliq havoni “ushlab turish”ga yordam berardi.

Hozirla bunday mo‘ynadan ko‘proq chiroy uchun foydalaniladi.

 

Nima uchun «Turbo» saqichlari ko‘rinishi o‘zgacha?

© torange   © Dobromila/wikimedia

Buni qarangki, ushbu afsonaviy saqichning shakli avtomobil shinalari izidan olingan ekan.

 

Nima uchun aqchadonlar cho‘chqa shaklida tayyorlanadi?

© isavedahomestead   © Joyous!/wikimedia 

O‘rta asr Angliyasida pullar loydan ishlangan tuvaklarda saqlangan, ular “pygg jars” deb nomlangan. “Pygg” — «qizil loy» ma’nosini anglatgan.

Vaqt o‘tishi bilan bunday tuvaklar kundalik hayotdan chiqib ketdi, biroq so‘zlar mutanosibligi saqlanib qoldi. Tushunarsiz “pygg” so‘zi bora-bora “pig” – cho‘chqaga aylanib ketgan. “Piggy bank” aqchadonlari cho‘chqa ko‘rinishida tayyorlana boshladi. Bu avval ibora, keyin esa buyum paydo bo‘lgan vaziyatga misol bo‘ladi.

 

nikiteev/depositphotosvlad-bitte.mail.com/depositphotos reddit prevyusidagi surat

lukeallen1/reddit prevyusidagi surat

Manba: https://www.lifehaq.uz/ © LifeHaq.uz
lukeallen1/reddit prevyusidagi surat

Manba: https://www.lifehaq.uz/ © LifeHaq.uz
lukeallen1/reddit prevyusidagi surat

Manba: https://www.lifehaq.uz/ © LifeHaq.uz
lukeallen1/reddit prevyusidagi surat

Manba: https://www.lifehaq.uz/ © LifeHaq.uz