Inson va tabiat imkoniyatlari chegarasiz. Shu tufayli turli landshaft va lol qoldiruvchi arxitektura mavjud.

E’tiboringizni sayyoramizdagi g‘aroyib hodisa - yer o‘ralariga qaratmoqchimiz.

«Delyuks Misteri Xoul»

© QUEEN of the CARDS / Facebook  

«Delyuks Misteri Xoul» (Deluxe Mystery Hole) — kelib chiqishi haqida hech kim bilmaydigan o‘ra. Uning chuqurligini zamonaviy o‘lchash usullari bilan hozirgacha o‘lchash imkonsiz bo‘lgan. Hozirda undan attraksion sifatida foydalanilmoqda.

 

«MASHHURLIK O‘RASI»

© Hana Clicks / Facebook

«Mashhurlik o‘rasi» Montichello to‘g‘onida joylashgan. Bir qarashda suv katta voronka orqali yer ostiga ketayotgandek ko‘rinadi, haqiqatda esa bu suv oqib tushadigan trubadir. O‘rani yomg‘irdan keyin suv yuqoriga ko‘tarilganida kuzatish tavsiya qilinadi.

 

«SAVMILL RAKOVINASI»

© Jeett Rana / Facebook 

«Savmill rakovinasi» (Sawmill Sink) — Bagamadagi moviy o‘ra. U arxeologik qazilmalar o‘tkazish joyi bo‘lib, olimlarga Yer ming yil avval qanday bo‘lganini bilish imkonini bilishga yordam bergan.

 

IBLIS VORONKASI

© Devil's Sinkhole State Natural Area - Texas Parks and Wildlife / Facebook

Iblis voronkasi yer osti g‘ori bo‘lib, u yerga tashrifchilar kirishi qat’iyan man etilgan. Biroq yoz faslida uch million ko‘rshapalak g‘ordan uchib chiqayotganini kuzatish mumkin.

 

KATTA MOVIY O‘RA

© depositphotos

Bu o‘ra karib dengizida joylashgan Laytxaus-Rif markazi. U dastlab muzliklar davrida shakllangan g‘orlar tizimi edi. Katta moviy o‘ra sho‘ng‘ish uchun eng yaxshi joylar o‘ntaligiga kiradi.

 

DIN MOVIY O‘RASI

© JustiFly / Facebook 

Din moviy o‘rasi bugungi kunda dunyodagi eng chuqur o‘ra sanaladi. U Bagamada joylashgan va fridayverlar uchun mashq qilish bazasi sifatida foydalaniladi..

 

XARVUD O‘RASI

© Lana Kowarski / Facebook

Xarvud o‘rasi Yangi Zelandiyada joylashgan g‘or. U mamlakatdagi eng chuqur vertikal g‘or sanaladi.

 

«DUNYO» KIMBERLIT NAYCHASI

© depositphotos

“Dunyo” kimberlit naychasi Yoqutistondagi olmoslar konining yirikligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda. Hozirda olmos rudasi yerosti konida qazib olinadi.

 

«OMADLI» KONI

© АЛРОСА / Facebook

“Omadli” koni Yoqutistondagi olmoslar koni, u Shimoliy qutbdan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan.

 

«OSMON O‘RASI»

© Adventure Club UA / Facebook 

“Osmon o‘rasi” Karst voronkasi 128 ming yil avval paydo bo‘lgan. Dunyodagi eng chuqur bu voronka parashyutdan ekstremal sakrashga qiziqqan odamlarning eng sevimli joyidir.

 

BINGEM-KA’NON

© Online Mining Exam / Facebook 

Bingeym-Ka’non  — AQSHdagi tog‘-sanoat punktidir. U yerdagi mis konida ochiq usulda ish olib boriladi.