Har yili dunyoda minglab bolalar yo‘qolib qoladi. O‘g‘rilar – yaxshi ruhshunoslar. Ular bolaga o‘zlarini yaxshi ko‘rsatib, ongini boshqara olishadi.

Kidnepperlarning yomon niyatini fosh etuvchi 12 asosiy hiylani e’tiboringizga taqdim etamiz.

1. 

 Bola o‘g‘rilarining eng keng tarqalgan hiylalaridan biri – boladan yordam so‘rash. Agar shunday holatning guvohi bo‘lsangiz, bu havotir uchun sabab hisoblanadi, chunki odatda katta odamlar begona bolalardan yordam so‘ramaydi! Agar katta odamda qandaydir muammo yuzaga kelsa (iti yo‘qolgan, mushugi qochibketgan, mashina eshigini ochish kerak, qo‘lida esa og‘ir yuk bor) u har doim bolaga emas, katta odamga yordam so‘rab murojaat qiladi.

 

2.

Agar bola yig‘lab, qo‘linisil talab baqirayotgan bo‘lsa, u ota-onasiga quloq solmay, xarxasha qilayapti deb o‘ylash mumkin. Agar jazava jiddiy tusolsa, yoniga borib hammasi joyida ekanligini so‘rash ortiqchalik qilmaydi. Boladan katta odam unga kim bo‘lishini so‘rashdan uyalmaslik kerak. Agar yoningizda o‘g‘ri turgan bo‘lsa, bolani kuch bilan olib ketish haqida yuz marta o‘ylab ko‘radi. Axir siz uni eslab qoldingiz-ku.

 

3.

Bolalar maydonchasini kuzatib yurgan, atrofni aylanib, gapga quloq solayotgan odamlar shubha uyg‘otadi. Mazkur odamni shunday suratga oling-ki, uning o‘zi sezsin. Bunday oddiy harakat va sizning befarq emasligingiz o‘g‘rini qo‘rqitishi mumkin.

 

4.

Bolalar juda ochiq va ishonuvchan bo‘lishadi. Agar ularga shirinlik va o‘yinchoqlar taklif etishsa, mashinaga o‘tirsa, zamonaviy gadjet sovg‘a qilishni va’da berishsa, shubhaga o‘rin yo‘q – yoningizda o‘g‘ri turibdi. Hech qanday normal odam notanish bolaga sovg‘a berib, mashinasiga taklif etmaydi.

 

5.

O‘g‘ri bolaning oilasi haqida ko‘p narsani bilishi mumkin. Bunday tayyorgarlik oldida nafaqat yosh bola, balki kattalar ham o‘zini yo‘qotib qo‘yishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlar yordamida jinoyatchi kichik ma’lumotlarni ham aniqlashtirib olishi mumkin: qarindosh va ota-ona ham kasblarining ismi, bolaga tug‘ilgan kunida taqdim etilgan sovg‘alar, xonasining ichki ko‘rinishi. Bularning baridan suhbatda foydalanib, u o‘zini ota-onaning do‘sti va hamkasbi sifatida tanishtirishi mumkin. Masalan, onang kasalxonaga tushib qoldi va tezda uning yoniga boorish kerak. Agar siz ana shunday vaziyat guvohi bo‘lsangiz, befarq bo‘lmang, chunki 10 ta holatdan 9 tasida bu bolani o‘g‘irlab ketishdir.

 

6.

Ba’zida o‘g‘rilar bolalardan qopqon sifatida foydalanib, ularni bo‘lajak qurbonlar bilan tanishish uchun yuborishadi. Murakkab jihati shundan iboratki, bolalarda begonalar haqida aniq tushuncha yo‘q. Odatda o‘g‘rilar soqolli, ko‘zoynak taqqan, jahldor amaki sifatida tasavvuri etiladi. Biroq yoqimtoy ayollar va hatto bolalar (sherik sifatida) ham bola o‘g‘risi bo‘lishlari mumkin. Bir bola boshqa bolani o‘yin maydonchasidan olib ketayotganini sezsangiz, yetibolib, ular bir-birlari bilan tanish ekani va qayerga ketayotganini so‘rash ortiqchalik qilmaydi.

 

7.

 

Mashina ko‘cha yoqasida sekin yurib, bola yonida to‘xtasa, bu sizni qo‘rqitishi kerak. Agar haydovchi boladan yo‘lni ko‘rsatishini so‘rab, mashinaga o‘tirishni taklif qilsa, bu 99 foiz ehtimol bilan o‘g‘ridir. Odatiy haydovchi yo‘lni kattalar, DAN xodimlaridan so‘raydi yoki navigatorini yoqi boladi.

 

8.

Jinoyat amaliyotida bolalarga mototsiklda uchirishni taklif qilib, o‘g‘irlab ketish holatlari bo‘lgan. Hech bir kichik o‘g‘il bola bunday taklifni rad etmaydi. Agar shu kabi sahnani ko‘rib qolsak, mantiqni ishga solish kerak – normal mototsiklchining qay biri notanish bolani mototsiklda uchib kelishga taklif qiladi?

 

9.

 

Ko‘pincha kidnepperlar o‘zlarini kinoprodyusser yoki suratkash sifatida tanishtiradilar. Odatda bu kattaroq – 10-11 yoshdagi bolalar uchun amal qiladi. O‘g‘rilar hushomad, omad to‘g‘risidagi va’dalar bilan ishonch qozonadilar. Ayonki, professionallar aktyor va modellarning ko‘cha-kuyda va bolalar maydonchalaridan izlamaydilar. Ular maktablarga keladilar yoki kasting e’lon qilishadi

 

10.

O‘g‘rilar o‘zini politsiya xodimlari sifatida namoyon etib, bolaga biror ish qilib qo‘ygani uchun u bilan ketishini so‘rasa, ogohlikni saqlash mushkul. Maxsus kiyimdagi odamlar hatto kattalarda ham ishonch hissini uyg‘otadi. Biroq, tan oling, haqiqiy politsiya xodimi avvalo bolaning ota-onasini izlaydi va kattalar yordam berishni taklif qilishsa, uni rad etmaydi. Agar bizning xodimdan hujjatini so‘rashni talab etib vaziyatga aralashishimiz yordam bermasa va o‘g‘ri bolani kuch bilan olib ketishga harakat qilsa, hech bo‘lmasa, “politsiya xodimi”ni suratga olish kerak.

 

11.

Agar bola katta odamni “amaki”, yoki “xola” deb chaqirayotgan bo‘lsa, ehtiyot bo‘lish zarur: odatda bolalar begonalarga bunday murojaat qilmaydilar.

 

12.

Katta odam va bolaning kiyimidagi katta tafovut ham bizni sergaklantirishi lozim. Albatta, bu o‘g‘rilikning qo‘shimcha belgisi. Biroq boshqa bandlar bilan umumiy olinganda u o‘g‘irlikni bartaraf etish uchun sabablardan biriga aylanadi.