Boy va mashhur inson albatta takabbur ziqnaga aylanadi, deyish noto'g'ri. Ularning orasida o'z holatining barcha afzalliklaridan atrofdagilarga yordam berishda foydalanadigan odamlar ham bor.

Quyida mashhur insonlar g'ayrioddiy saxiylikni namoyon etgan 12 ta misolni taqdim etamiz.

 

Sezariya Evora

© Vim/ABACA/EAST NEWS  

Kabo-Verdelik «Oyoq yalang Diva» (Sezariyani sahnaga oyoq yalang chiqish odati tufayli shunday atashgan) — birgina inson minglab boshqalar uchun nimalarga qodir ekanligiga yorqin misoldir. Tasavvur qiling-a, xonanda o'z mamlakatidagi boshlang'ich ta'lim tizimini butunlay, o'rta va oliy ta'lim tizimlarini qisman, shuningdek milliy sog'liqni saqlash tizimining yarmini moliyalashtirgan. Sezariya Evora tufayli uning minglab vatandoshlari kamida o'qish va yozishni o'rganib, tibbiy yordam olishga muvaffaq bo'lgan.

 

Kianu Rivz

© Cyril Pecquenard/KCS/East News

Kianu oqqonga qarshi kurashish, bolalarga yordam berish jamg'armalari va jonivorlarni himoya qilish tashkilotlariga millionlarni hayriya qilgan. Bundan tashqari, aktyor «Matritsa» filmining 2- va 3-qismlari uchun olgan mukofotini liboslar va maxsus effektlar uchun javobgar xodimlar o'rtasida taqsimlagan. Kianu shunday qilsa adolatdan bo'ladi, deb o'ylagan va hech qanday afsuslanishsiz 75 mln. dollardan voz kechgan. «Matritsa» suratga olingan studiya ishchilarining aytishicha, yulduzlar tarkibi ichida aktyor har bir xodim bilan salomlashadigan va ularning ismini so'raydigan yagona inson bo'lgan. U hattoki ishchilarning biriga bayram bonusi sifatida 20 ming dollar sovg'a qilgan – shunchaki u ishchining og'ir vaziyatda ekanligidan xabar topgan edi.

 

Zak Galifianakis

 © Rich Fury/Invision/AP/Fotolink/East News 

Zak endigina boshlayotgan aktyor bo'lgan davrida kirxonada Mimi Xeyst ismli keksa ayol bilan tanishib qolgan. Ayol bu kirxonada pul topib, deyarli shu yerda yashagan, chunki bevafo erini tashlab ketganidan so'ng boshpanasiz qolgan. Zak va Mimi do'stlashib qolishgan, aktyor omadga erishganidan so'ng esa o'z dugonasida xonadon olib berib, ijara haqqi va boshqa to'lovlarni to'lay boshlagan. Zakning yana bir dugonasi Rene Zellveger Mimidan xabar olib turadi va unga oziq-ovqat olib keladi. Aktyorning o'zi keksa ayolni o'z filmlarining premerasiga olib boradi. Aytgancha, Mimining hayoti haqida 2016 yil ekranlarga chiqqan film suratga olingan.

 

Jorj Maykl

© Photoshot / Retna / REPORTER / East News

Xonanda hayriyaga millionlarni sarflab, bepul konsertlar tashkil qilgan va og'ir vaziyatga tushib qolgan odamlarga yordam bergan, ammo buni har doim maxfiy amalga oshirishga harakat qilgan. Shuning uchun uning ko'plab sahovatlari faqat vafotidan so'ng ma'lum bo'ldi. Guvohlarning xotirlashicha, Jorj notanish odamlarning qarzlarini to'lagan. Masalan, kafeda yig'lab o'tirgan ayolni ko'rib, 25 ming funtlik chek yozgan va uni ketganidan so'ng ayolga berishlarini so'ragan. Boshqa safar esa, barmen qizning talabalik ssudasini to'lab bergan. Yana bir ayolga u EKO davolanish usuli uchun 15 ming funt bergan va ayol nihoyat оnalik baxtiga erishgan.

 

Pol Uoker

© Paul Marks/Broadimage/EAST NEWS  

Huddi Jorj Maykl singari Pol Uoker ham yaxshi ishlarni ommaga oshkor etishga intilmagan va uning sahiyligidan faqatgina 2013 yilda aktyorning halokatidan so'ng bilib oldik. Zargarlik do'koninining sobiq sotuvchisi hikoya qilishicha, Pol yosh juftlik nikoh uzugini tanlayotganlarini ko'rgan, ammo ular hech narsasiz ketishgan, chunki uzukni olish uchun pullari yetmagan. Aktyor juftlikka yoqqan uzuk uchun 9000 dollar to'lab, do'kon xodimlaridan uni kelin va kuyovga anonim tarzda berib qo'yishlarin so'ragan.

 

Xose Muxika

© AFP/EAST NEWS   

Urugvayning sobiq prezidenti «eng kambag’al prezident» sifatida nom qozongan. Bunga sabab, maoshining kichik bo'lgani emas, vaholanki u boshqa davlatlar rahbarlarining daromadlariga nisbatan u qadar katta bo'lmagan – oyiga «atigi» 12 500 dollar. Gap shundaki, «El Pepe» (urugvayliklar prezidentlariga shunday nom berishgan) o'z daromadlarining katta qismini muhtojlarga bergan, o'zi esa qishloq uyida yashab, eski Volkswagen Beetle mashinasini haydagan. U fuqarolari murojaat qilgan shifoxonalarga borgan va hattoki, hamma bilan birga shifokorga navbatda kutib o'tirgan. Uning rafiqasi Lusiya Topolanski ham daromadlarining bir qismini nochorlarga yordam uchun ajratadi.

 

Ellen Dejeneres

© Sthanlee Mirador/Sipa USA/East News   

Endi esa yaxshi ishlar albatta mukofotlanishi haqidagi misol (aslida yaxshilikni mukofot uchun qilish kerak emas). 22 yoshli ofitsiant qiz Sara Xoydal o'zi xizmat ko'rsatgan ikki nafar harbiy xizmatdagi ayollarning hisobini to’lagan.  Ehtimol to'langan qiymat ahamiyatsiz ko'rinar – atigi 27,75 dollar. Lekin, moliyalashtirishi qisqartirilgan askarlar uchun va yolg'iz farzand tarbiyalayotgan Saraning o'zi uchun ham bu kam pul emas. Shu kuni, uning hattoki eski avtomobiliga yoqilg'i olishga ham puli yetmay turgan edi. Navbat oxirida Saraning qo'lida atigi 8 dollar qolgan. Teleboshlovchi Ellen Dejeneres qizning saxovatidan xabar topib, uni o'z shousiga taklif qilgan va unga 10 ming dollar, televizor (Ellen Saraning eski televizori singanidan xabar topgan) topshirib, so'ngra yangi mashina hadya qilgan.

 

Menni Pakyao

© EAST NEWS

Menni Pakyao juda kambag'al va ko'p bolali oilada dunyoga kelgan. Yashash uchun pul topish ilinjida uning yoshligidan maktabni tashlab, ko'chada kulchalar sotishiga to'g'ri kelgan. Shunga qaramay, bolakay mashq qilishga vaqt topib, faqatgina qat'iyati va kuchli irodasi tufayli dunyoga mashhur bokschiga aylangan. Nochorlikdan qutulgan Menni sobiq qo'shnilariga yordam berishga qaror qilgan va ular uchun uylar qura boshladi. Hozirda uylarning mingdan oshgan bo'lib, «Pakman Villaj» (Pac-Man — bu bokschining laqabi) nomli butun bir qishloq qurilgan. Qishloqda turar-joylardan tashqari sport bilan shug'ullanish uchun maydonchalar, hiyobon va ko'p tarmoqli markaz ham mavjud.

 

Charlz «Chak» Fini

©Flicker. @deeannbudney 

Duty Free tarmog'ining asoschisi — sahopeshalar orasida mutlaq rekord o'rnatgan. Uni «milliardlarsiz milliarder» deb atashadi, chunki u deyarli bor boyligini (6 mlrd. dollardan ziyod) Irlandiya, Vetnam, AQSH, avstraliya va Janubiy Afrika kabi davlatlarda hayriya uchun sarflagan. Hozir Chak Fin 86 yoshda va u 2020 yilgacha qolgan mablag'larini ta'lim, sog'liqni saqlash hamda fuqarolar huquqlarini himoya qilish tizimlarini rivojlantirishga sarflash bo'yicha rejasiga amal qilishda davom etmoqda.

 

Joan Rouling

© Phil Loftus/Capital Pictures/EAST NEWS   

«Garri Potterning onasi» hayriyaga shu qadar ko'p pul sarflaganki, natijada milliarderdan millionerga aylanib qoldi.  U muhtojlarga 160 mln. dollar yoki boyligining 16%ni taqdim etgan. Joan nochorlik nimaligini juda yaxshi biladi, chunki o'zining birinchi kitobini yozayotganida (nashriyotlar uni chop etishni istamagan – endi ular pushaymondaligi aniq) ijtimoiy nafaqaga yashashiga to'g'ri kelgan. Rouling bir nechta kitobini ular uchun olingan pul mukofotlarini (taxminan 30 mln. dollar) turli jamg'armalarga yuborish uchungina yozgan. Bundan tashqari, uning Lumos nomli shaxsiy xayriya jamg'armasi ham bor.

 

Elvis Presli 

© Everett Collection/East News

Rok-n-roll qiroli avtomobillarni juda yaxshi ko'rgan va doim ularni xarid qilgan, biroq faqat o'zi uchun emas. Bir safar navbatdagi mashinani xarid qilish uchun salonga kelgach u bir ayolning shoxona kadillakka qarab turganini ko'rgan. Xonanda undan mashina yoqdimi deb so'ragan va ijobiy javob olgach, shu zahoti uni sotib olgan va notanish ayolga sovg'a qilgan. Bu voqea haqida radio to'lqinlarda so'zlangan. Shu paytda boshlovchi hazil qilib, o'zi ham bunday sovg'aga yo'q demasligini aytgan. Va u sovg'aga ega bo'lgan! Chunki Elvis aynan shu daqiqada radio tinglayotgan bo'lgan. U boshlovchiga avtomobil sovg'a qilishdan tashqari, hattoki unga qo'ng'iroq qilib qanday rangni yoqtirishini so'ragan. Taxminlarga ko'ra, Elvis 100 dan ortiq kadillaklar, linkolnlar, mersedeslar va boshqa mashinalarni sovg'a qilgan. Ayrimlarning ta'kidlashicha, mashinalar soni 2 barobarga ko'p bo'lgan. Elvisning haqiqatdan qirollarga xos saxiyligi haqida hujjatli film suratga olingan.

 

Niki Minaj

© 036586 © DJ / Target Press/EAST NEWS   

Kitobni faqat muqovasiga qarab baholamaslik kerakligiga yana bir misol. Xonandaning yengiltak imidji uning saxiylikka qodir emasligini anglatmaydi. Yaqinda Niki buni yaqqol isbot qildi. U istalgan davlatdagi muxlislarining talabalik qarzlarini to’lab berishga  rozi bo'ldi – bu esa minglab dollar degani. Niki faqat talabaning yaxshi o'qishi va pullar boshqa narsalarga emas, haqiqatdan ham ta'limga yoki kitoblar xaridiga sarflangani tasdiqlanishini talab qiladi.