Internetda qayerga va qanday yetib olish mumkinligiga oid ma'lumotlar serob. Biroq, tarmoqda kam tilga olinadigan holatlar ham mavjud, zero ularni bilgan va nohush sovg'alarga tayyor turgan yaxshiroq.

Marhamat ushbu holatlar bilan tanishing.

«Oltin hafta»ning dastlabki kunida Chjenchjou temir yo'l vokzali oldidagi yo'lovchilar olomoni 

HECH QACHON, eshityapsizmi, HECH QACHON safarni Xitoy milliy bayramlari vaqtiga rejalashtirmang. Xitoyda rasmiy ta'tillar yo'q va mamlakat aholisi uchun sayohat qilishning yagona imkoniyati – bu davlat dam olish kunlari. Tabiiyki, ular sayohat qilishadi. Hammasi bir vaqtda! Bu tomosha asabi zaiflarga to'g'ri kelmaydi.

Bu vaqtda barcha sayyohlik maskanlari odamlarga liq to'la bo'ladi. Hattoki, mehmonxonadan joy topishning uddasidan chiqa olsangiz ham Sizdan yaxshiroq itara oladigan olomon ortidan nimani ham ko'rish mumkin. Shuning uchun avval rejalashtirilgan sanalar bayramlarga to'g'ri kelmasligini aniqlang. Chunki Xitoyda oy taqvimi amal qiladi va 6 ta asosiy bayramning 4 tasi doim vaqt bo'yicha surilib turadi. Biroq, mayning birinchi haftasi (May boshi) va «Oltin hafta» deya nomlanuvchi oktyabrning birinchi haftasini (Xitoy Mustaqillik kuni) darhol o'chirishingiz mumkin.

 

Pekin — Shanxay yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdidagi biznes-toifa

  • Xitoyda poyezdlar kerakli nuqtaga yetib borish uchun yaxshi usul, ammo shu yerda ham ba'zi nozik jihatlar mavjud. Chiptalarni oldindan xarid qilgan ma'qul (kamida bir oy avval), aks holda ketolmay qolishingiz ehtimoli katta. Tez harakatlanuvchi poyezdlarning 1- va 2-toifalari o'rtasidagi narx tafovuti sezilarsiz bo'lishi, qulaylik borasida esa ancha farq qilishi mumkin. Shuning uchun 1-toifa chiptalari doim tezroq tugab qoladi. Platskartada har bir tomonda yon o'rindiqlarsiz 3 tadan joy bo'ladi. Qo'rqmang, uchinchi joy juda qulay bo'ladi. Agar shoshilinch ketishingiz zarur bo'lib, oddiy chiptalar qolmagan bo'lsa, doim «joysiz» usuli mavjud. Bir necha soat polda o'tirib ketsa ha bo'ladi. Mahalliy aholi ham juda hursand bo'ladi.
  • Yana bir muhim narsa. Vokzal binosiga faqat chipta va pasport bilan kirish mumkin. Avval chiptani tekshirtirish uchun navbatda turishingiz, so'ngra xavfsizlik xizmatidan o'tishingizga to'g'ri keladi. Poyezdgacha yetarlicha vaqtni rejalashtiring.

Yo'lovchi poyezdi gullagan raps orasida, Guyling shahri atrofida

  • Xa, oxirgi bekatlar oralig'ida yotoqlardagi to'shamalar alishtirilmaydi. Agar Siz, masalan, Shanxay-Chunsin poyezdida ketayotgan bo'lib, unga Shanxaydan o'tirgan bo'lsangiz toza to'shamali yotoqqa ega bo'lasiz. Agar huddi poyezdga o'rtadan, masalan Siandan chiqaan bo'lsangiz, Sizni tartibli qilib yig'ilgan, ammo Shanxayda to'shalgan yotoq kutadi. Umuman, Xitoyda ruhiy sokinlik uchun yaxshisi o'ylamaslik kerak bo'lgan holatlar mavjud.
  • Xitoyda jamoat transporti juda yaxshi yo'lga qo'yilgan. Deyarli barcha yerga avtobusda yetib olish mumkin. Yoningizda aniq mayda pul miqdori bo'lishi kerak, chunki qaytim berilmaydi. Yagona salbiy tomoni – odatda avtobuslar va metro qatnovi ancha erta to'xtaydi. Masalan, Shanxayda metro soat 22:30 da yopiladi. Odobli xitoyliklar tunda orom oladilar, qolgan barcha boshqalar uchun esa nisbatan arzon taksilar mavjud.

Ajoyib g'oya: odamlarning qizil chiroqda yugurib o'tishini yo'qotish uchun Uxan shahridagi avtomat turniketli piyodalar yo'lkasi

Yaxshi yangilik: Xitoyda hech qayerda choychaqa qoldirilmaydi. Mutlaqo. Hech qachon. Na taksi, na restoranlar va na mehmonxonalarda. Bunga odatlanilmagan. Agar xizmat ko'rsatish Sizga juda yoqqan bo'lsa, ma'lum miqdorda pul qoldirishga urinib ko'rishingiz mumkin. Lekin, pul berishning 5- yoki 6-urinishidan so'ng uni olishdan bosh tortayotgan bo'lsalar, demak taqdir emas.

Agar xitoyliklar Sizni tushlik va kechki taomga taklif qilayotgan bo'lishsa, 99% ehtimol bilan Siz uchun haq to'lanadi. Bu teskarisiga ham ishlaydi. Agar Siz xitoyliklarni rektoranga taklif qilayotgan bo'lsangiz, ularning o'rniga haqiqni to'lab berishingizni kutishadi. Shuningdek, Xitoyda ovqatlanish vaqti qat'iy belgilangani bois, noodatiy jadvalga ega yemakxonani topishda muammolarga uchrashingiz mumkinligini unutmang.

HECH KIM ingliz tilida so'zlashmasligiga tayyor turing. Hech kim. Hattoki mehmonxonalarda ham. Va, iltimos, pulingiz va vaqtingizni xitoy tili so'zlashgichlariga sarflamang. Xitoy tilida eng murakkabi – bu talaffuz: tovushlar va ohanglar. To'g'ri tuzilgan nutqsiz Sizni hech kim tushunmaydi. Yaxshisi bir oz bo'lsada menyuni tushunish uchun vaqtingizni asosiy iyerogliflarni (asosan taomlar bilan bog'liqlarini) o'rganishga sarflang. Telefoningizga xitoychaga tarjima qilib beradigan ilovani yuklab oling.

 

Ninbodagi Robot Dinning Hall kafesi, unda robotlar ofitsiantlar sifatida «xizmat qiladi». Robotlar buyurtmalarni qabul qilishi, oddiy gaplarni tushunishi va javob qaytarishi mumkin

  • Xitoyda feysbuk yo'q. Umuman bironta Google xizmati, ya'ni izlash brauzeri, Gmail, GoogleMaps, YouTube yo'q. Android asosidagi telefon egalari ilovalari yuklab olishda qiynaladi. Shu bois, yo ma'lum ijtimoiy yolg'izlanishga tayyorlaning, yoki avvaldan VPN orqali ulanish haqida o'ylang.
  • Hamma mehmonxonalarda xorijliklar qabul qilinavermaydi. Xitoyda chet elliy fuqarolarni majburiy ro'yhatdan o'tkazish to'g'risidagi qonun mavjud, ammo barcha mehmonxonalarda ham Sizni ro'yhatdan o'tkazish imkoni bo'lmaydi. Internet orqal mehmonxonaga buyurtma berishda qayerdadir mayda shriftda «faqat mintaqaviy Xitoy fuqarolari uchun» degan yozuv yo'qligiga ishonch hosil qiling.
  • Xitoyda doim va hamma joydan issiq suv topish mumkin: vokzallarda, aeroportlarda, hiyobonlarda, restoranlarda. Agar yoningizda teros bo'lsa, doim o'zingizga choy yoki kofe damlashingiz, shuningdek tez tayyorlanadigan lag'mon bilan tamaddi qilishingiz mumkin degani. Bu tejamkor sayyohlar uchun juda qulay.
  • Xitoyliklar juda mehmondo'st. Bu ayniqsa yo'lni so'rash vaqtida muammoga aylanishi mumkin. Ya'ni, o'zlari bilmagan taqdirda ham Sizga yo'l ko'rsatib yuborishadi. Shunchaki: a) sizga yordam berishni juda istashadi; b) ayrimlar bu vaziyatni «obro'ni yo'qotish» sifatida baholashi mumkin. Buni tushunishga harakat qiling, yaxshisi esa telefoningizga xaritalarni yuklab oling.

Gonkongdagi Chi Lin ayollar monastiri

Xitoy – ajoyib va go'zal diyor. Mustaqil sayohat Sizdan qo'shimcha harakatlarni talab qiladi, ammo evaziga shu qadar ko'p unutilmas taassurotlarga ega bo'lasiz-ki, oxir-oqibat sayohat arzirli o'tganiga ishonch hosil qilasiz.