Sevimli filmni tomosha qilish vaqtni chog‘ o‘tkazishning eng zo‘r usuliga aylangan. Biroq butun dunyoda ma’lum bo‘lgan filmlar ba’zi mamlakatlarda ta’qiqlangangan ekan.

E’tiboringizga biz tushunmagan sabablar tufayli senzuraga uchragan 12 filmni namoyish etamiz.

«Kelajakka qaytib» Trilogiyasi

Back to the Future (1985, 1989, 1990)

© Amblin Entertainment 

Man etilgan: XXR

Sabab: 2011 yildagi qarorda senzura bo‘yicha komissiya mamlakat hududida vaqtlararo sayohat to‘g‘risidagi filmlar prokatini ta’qiqladi.

 

Kod da Vinchi

The Da Vinci Code (2006)

© Columbia pictures

Man etilgan: Filippin, Pokistan, Tailand, Singapur, Samoa, Hindiston, Solomon orollari, XXR, Shri-Lanka, Livan.

Sabab: dindorlar tuyg‘ularini haqorat qilish.

 

O‘zga sayyoralik

E.T. the Extra-Terrestrial (1982)

© Amblin Entertainment 

Man etilgan: Finlyandiya, Norvegiya, Shvetsiya.

Sabab: Skandinaviya hukumati bu filmdagi kattalar bolalarga dushman sifatida namoyon bo‘lgan deb hisoblab, 12 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarga uni tomosha qilishni man qilishgan. 

 

№ 9 Tuman

District 9 (2009)

© Key Creatives 

Man etilgan: Nigeriya.

Sabab: filmdagi nigeriyaliklarning salbiy obrazi.

 

Avatar

Avatar (2009)

© 20th Century Fox

Man etilgan: XXR.

Sabab: mahalliy kinematografiyani qo‘llab-quvvatlash qo‘llab-quvvatlash maqsadida filmning 2D shakli prokatlardan olingan.

 

Shindler ro'yxati

Schindler’s List (1993)

© Universal Pictures

Man etilgan: Misr, Indoneziya.

Sabab: rasmiy shakliga ko‘ra, film yalang‘och ko‘rinishlar miqdori ko‘pligi tufayli ta’qiqlangan

 

Jinoiy asar

Pulp Fiction (1994)

© Miramax

Man etilgan: Malayziya.

Sabab: filmda inson nuqsonlarining tasvirlanishi.

 

Yasmin

Blue Jasmine (2013)

© Perdido Productions

Man etilgan: Hindiston.

Sabab: chekish sahnalarini kesib tashlashni rad etish.

 

Uoll-Strit bo'risi

The Wolf of Wall Street (2013)

© Appian Way Productions

Man etilgan: Keniya, Uganda.

Prichina: senzuraga to‘g‘ri kelmaydigan so‘zlar va narkotikdan foydalinish sahnalarining mavjudligi.

 

Dahshatli o'yinlar

The Hunger Games (2012)

© Walt Disney Pictures

Man etilgan: Vyetnam.

Sabab: bolalarga zo‘ravonlik bilan munosabatda bo‘lish sahnalari.

 

2012

© Columbia pictures

Man etilgan: Shimoliy Koreya.

Sabab: 2012 yil Kim Ir Senning yuz yillik tavalludi bo‘ldi. Senzura qiluvchilar bu filmni man etish orqali ushbu sana bilan salbiy tasavvurning oldini olishga harakat qilishdi.

 

Karib dengizi qaroqchilari: Murdaning sandig'i

Pirates of the Caribbean: Dead Man’s Chest (2006)

© Walt Disney Pictures

 

Man etilgan:XXR.

Sabab: filmda o‘ta notabiiy mavjudot va kannibalizm sahnalarining ko‘rsatilishi.