Ko'pincha katta avlod vakillari Sovet Ittifoqi davrlarini qo'msab yodga oladi.

Emishki, u vaqtda kolbasa ham mazaliroq bo'lgan, non ham ancha arzon bo'lgan. Biroq, xotiralar bilan birga yangi davrga eski odatlar ham o'tib kelgan. ularning aksariyatini ijobiy deb bo'lmaydi.

 

1.Eski-tuskilarni to'plash 

Buyumlarni to'plash va hech narsani tashlamaslik.

Nochorlik, ommaviy tanqislik, shuningdek hamma narsani tasavvurga sig'maydigan navbatlarda turib olish zaruriyati barcha katta yoshdagi sovet fuqarolarining ongida iz qoldirgan. Og'ir mehnat orqali olingan buyumlarni shunchaki keraksizligi uchun tashlab yuborish mumkin emas. Nimadir sinib qolgan taqdirda esa, tuzatishga vaqt topiladigan ongacha ombor yoki balkonga tashlab qo'yilgan. Aynan shuning uchun omborlar, balkonlar, shuningdek dala hovlilar vaqt o'tishi bilan “zarur” va “qimmatli” buyumlar uyumiga aylangan. Katta avlod to'plash odatlarini kichki avlodga o'tkazgani ham hayratlanarli emas. Biroq, umumiy tanqislik va qat'iy tejamkorlik davrlari allaqachon o'tmishda qoldi. Endi uyumlarni yo'qotib, barcha singanlarni yangi chiroyli va foydalilariga almashtirish vaqti keldi.

 

2.Maslahatlar berish 

Maslahatlar berish odati. 

Avvallari hech kim so'ramasa ham maslahat beraverish odat tusiga kirgan edi. Nima ham derdik, u davrlar o'tdi ketdi, odat esa qoldi. Bir narsani unutmaslik kerak – yaxshi tanish bo'lmagan odamlarga maslahat berish va o'rgatish har holda madaniyatdan emas. Bundan tashqari, maslahat berish orqali boshqa odamning harakatlari uchun javobgarlikni zimmangizga olishingizni yodda tuting.

 

3.Maslahatlar berish 

Maslahatlar berish odati.

Avvallari hech kim so'ramasa ham maslahat beraverish odat tusiga kirgan edi. Nima ham derdik, u davrlar o'tdi ketdi, odat esa qoldi. Bir narsani unutmaslik kerak – yaxshi tanish bo'lmagan odamlarga maslahat berish va o'rgatish har holda madaniyatdan emas. Bundan tashqari, maslahat berish orqali boshqa odamning harakatlari uchun javobgarlikni zimmangizga olishingizni yodda tuting.

 

4.Yorug' kunlargacha saqlash

Buyumlarni yorug' kunlarga saqlab qo'yish.

O'tmishning yana bir ahmoqona odati – buyumlarni yorug' kunlargacha saqlab qo'yish. Xususan, barcha yangi chiroyli servizlar to'y yoki boshqa katta tantanagacha servantlarda saqlangan bo'lsa, yangi kiyim faqat alohida tadbirlarda kiyilgan. Sochiqlar, yotoqxona anjomlari va boshqa mayda-chuydalar ham bundan istisno bo'lmagan. Yangilarini ishlatishning nima keragi bor? Ular saqlanib tursin, axir eskilari hali joyida. Hayotni ertangi kunga qoldirish kerak emas, bugunoq to'laqonli yashashni boshlang.

 

5.Keraksizlarni saqlash 

Keraksiz mayda-chuydalarni saqlash.

Haltalar solingan halta, teshilgan paypoqlar uyumi, eski bolalar kiyim va ko'plab keraksiz buyumlar – bularning barini har bir sovet davri odamining uyidan bemalol topsa bo'lardi. Vaqt o'tdi, ammo odat ketmadi. Biroq, bu buyumlarni nima uchun saqlayotganingizni bir o'ylab ko'ring. O'tgan yillar davomida turmush sifati ancha olg'a odimladi va aksariyat odamlar endi haltalar, yangi paypoqlar va boshqa maishiy buyumlarni kerak bo'lganida sotib olishi mumkin.

 

6.Yaxshi turmagan hamma narsani olish odati 

Yaxshi turmagan hamma narsani olish odati.

Bu ham muhtojlik va tanqislik oqibatida yuzaga kelgan yana bir odat. Aksariyat sovet odamlari kelajaklaridan havotirda bo'lgani uchun xizmat holatlaridan faol foydalanib, imkon bo'lgan narsani uylariga tashishga odatlangan. Biroq, o'sha davrlarda bunday odat mehr va hattoki fahrlanish tuyg'usini chaqirgan bo'lsa, hozirda bunday hatti-harakat ziqnalik va ruhiy xastalikka yo'yiladi. O'ylab ko'ring, uyingizda printer ham bo'lmasa yana bir pachka qog'ozni nima qilasiz. Korporativ kalendar, kompaniya belgisi tushirilgan yuzinchi ruchka va odat bo'lgani uchun uyga tashmalaydigan boshqa narsalar nega kerak?

 

7.Ovqatga sig'inish 

Ovqatga sig'inish. 

Gap yana odamlarni ovqatga katta hurmat bilan qarab, oxirgi ushoqni ham yeb qo'yishga majbur qilgan tanqislik va nochorlik haqida boradi. Lekin, hayot bir joyda turmaydi, davrlar o'zgardi va aholining katta qismi zaruriyat tug'ilganida yangi mahsulotlarni sotib olishga qodir. Nimadir yoqmay qolsa yoki aynigan bo'lsa ortiqcha achinishsiz tashlab yuborish mumkin.

 

8.O'ziga past baho berish

Xushomadlarni qabul qila olmaslik.

Sobiq Sovet Ittifoqining aksariyat ayollari o'ziga past nazar bilan qaragan. Natijada ular xushomadlarni qabul qilishni mutlaqo bilmagan. Har qanday maqtov uyalish va o'zini oqlash istagini chaqirgan. Sovet ayollari o'ziga e'tibor qaratishni yoqtirmagan. Zamonaviy qizlar o'z ahamiyatini pastga urish odatini yo'qotishi shart. Ishoning, siz e'tibor, maqtov va xususiyatlaringizga nisbatan munosib baholashga arziysiz.

 

9.Yorliqlar

Yorliq osish odati.

Kalta yubkadagi qiz – fohisha, yosh yigit – giyohvand, yolg'iz ayol – ajrashgan, ishsiz erkak – omadsiz, yuvosh sadoqatli er – latta. Bu ro'yhatni cheksizlikkacha davom ettirish mumkin. Sovet odamlari tashqi kamtarlik va yasama tarbiyaga qaramay, birovlarni ayblash va yorliqlar osishni juda yaxshi ko'rgan. Bu odam shu qadar mahkam o'rnashib olganki, mentalitetimizning bir qismiga aylangan. Zamonaviy odamlarda bu hislatni yo'qotish vaqti yetdi. O'zingizda odob hissini tarbiyalang va odamlarni yaqindan bilmasdan baholamang.

 

10.Bonkalar

Bonkalarni saqlash.

Oshxonangizdagi qutilarning birida hozir ham bo'sh shisha bonkalarni saqlashingiz aniq. O'zingizdan so'rab ko'ring: ko'p yildan beri konservatsiya qilmasangiz, ular nega kerak. Agar ular sizga kerak bo'lmasa, hech bir achinishsiz ularni yo'qoting.

 

11.Uy kiyimi 

Eski-tuskilarni kiyish.

Sovet davrida dog'li, kichik teshiklari va boshqa kamchiligi bor kiyim avtomat ravishda uy yoki dala hovli uchun kiyimga aylangan. Bundan hayratlanmasa ham bo'ladi, chunki sifatli buyum sotib olish deyarli imkonsiz bo'lgan. Lekin, hozir kiyim sotib olishda bunday muammolar yo'q va har bir kishi uyda kiyish uchun hamyonbop, ammo sifatli va toza kiyimlarni xarid qila oladi.

 

12.Qo'li gul usta

Hammasini o'z qo'li bilan bajarish.

Sovet davri odamlari yordam so'rab qayergadir muorjaat qilishga o'rganmagan. Aksariyat fuqarolar hamma ishni o'z qo'llari bilan bajarishga uringan. Jo'mrakni tuzatish yoki 9-qavatga divanni olib chiqishga qodir bo'lmagan erkaklar buvilarimizda hayrat va qoralashni yuzaga keltiradi. Aslida, zarur vaziyatda u yoki bu ish bo'yicha hammasini sifatli bajaradigan mutaxassislarga murojaat qilishning aybli tomoni yo'q.