Bolalik – bu quvnoqlik, zavq va beparvolikka to'la ajoyib davr. Bu holatlarning bari sayyoradagi barcha bolalarning, jumladan kichik jonivorlarning yuzida aks etadi.

Qoplon

Qoplon daraxtga juda yaxshi tirmashadi, ko'pincha kunduzi shoxlar orasida dam oladi yoki o'ljasini poylaydi. Ba'zan esa hattoki daraxtdagi maymunlarni ham tutadi. Biroq, qoplon asosan yerda ov qiladi va o'ljasiga bir sakrashgacha bo'lgan masofaga asta yaqinlashadi.

 

Ayiq

Bu kichkintoylar tug'ilganida ularning vazni bir kilodan ortmaydi, ammo yarim yoshida yigirma kiloli toshni bosa oladilar. 3 oylik ayiqchalar sut tishlarining to’liq to’plamiga ega bo'lib, rezavorlar, o'tlar va hasharotlarni yeyishni boshlaydi.

 

Bo'ri

Bo'richaning yuzi ifodaga juda boy bo'ladi. Olimlar 10 dan ortiq mimik ifodani farqlaydilar: nafrat, g'azab, itoatkorlik, erkalanish, quvnoqlik, ehtiyotkorlik, tahdid, sokinlik, qo'rquv.

 

Alligator

Alligatorlar – juda ham sabrli ovchilardir. Ular o'ljasiga hamla qilishdan avval uni suvda soatlab kuzatishi mumkin.

 

Ukki

Agar uyqungizda ham o'ta ziyrak bo'lsangiz, o'zingizni ukkiga o'xshatishingiz mumkin. Ularni uyg'otish uchun zarracha tovushning o'zi ham yetarli, chunki ular doim sergak bo’ladi.

 

Sirtlon

Sirtlonlar to'dasi ularning o'ljasini olib qo'ymoqchi bo'lgan sherlarga qarshilik ko'rsata oladi. Umuman olganda ular deyarli istalgan hayvonni — mayda antilopalardan tortib to buyvollargacha hamda yosh jirafalarni ham tutib yeyishga qodir.

 

Yo'lbars

Odatda yo’lbarslar  boshqa hayvonlarga o'kirmaydilar, ammo hayqiriq yordamida uzoq masofadagi yo'lbarslar bilan muloqot qila oladilar. Agar yo'lbars hamlaga tayyor bo'lsa, u o'kirish o'rniga pishqiradi va vishillaydi.

 

Tulki

Tulkilar – juda yaxshi ota-ona hisoblanadi. Erkak jonivorlar bolalarini tarbiyalashda faol ishtirok etadilar va urg'ochilari bolalashidan ancha avval ularga g'amho'rlik ko'rsatadilar.

 

Kalxat

Mana bu kichkintoy hozircha ucha olmaydi, ammo tez orada bir necha kilometrga teng mislsiz balandliklarga ko'tarilishga qodir bo'ladi.

 

Gepard

Suratdagi mushukchaning tug'ilganiga 2 kun bo'lgan, ammo atigi ikki yil o'tgach u tezligini soatiga 120 km.gacha oshira oladi.

 

Oq ayiq

Bu kichkintoylar tug'ilganida 500 grammdan sal ko'proq vazn bosadilar, katta bo'lgach esa yer ustidagi eng yirik yirtqichga aylanadilar.

 

Sher

Sherlardagi eng yoqimli xususiyat momiq yoli – dumining uchidagi “popukcha” hisoblanadi. Tug'ilish paytida u bo'lmaydi va faqatgina shercha 5 oylik bo'lganida paydo bo'ladi.