Butun sayyordan ilgarilab ketgan Yaponiya. Bu xalq shu darajada ijodkorki, dunyoning qolgan qismini o‘z kashfiyotlari bilan hayratlantirishdan charchamaydi. Quyilagi narsalarni esa sotib olishni istab qolishingiz aniq!

1. Kuragingiz qichigan vaqtida o‘sha joyni topa olmagan holat sizda ham bo‘lgan, fikrimcha. Bu vaziyat yaponlarning joniga tekkanga o‘xshaydi, shuning uchun ana shunday futbolkani kashf etishgan. “Dengiz jangi” o‘ynidagi kabi biroq qichishni qoldiradi.

 

2. Agar jamoat transportida turgan holatda ketishni istamasangiz, bu buyum aynan siz uchun! Tasavvur qiling-a, bunday cho‘ntak kursichasi har bir yo‘lovchida bo‘lsa, qancha asab va bo‘sh joy “saqlab qolinadi”.

 

3. Bu egiluvchan botinkani tovoningiz atrofida istagancha egish mumkin. O‘rab ol va ketaver! ...ni yomon ko‘radiganlar uchun a’lo yechim (bunday oyoq kiyimni sotib olish uchun nimani yomon ko‘rish kerakligini tushunmadik).

 

4. Barmog‘ingiz juda ingichkami? Katta planshetingiz uni sezmayaptimi? U holda biz tomonga shoshiling! Katta barmoqqa kiyiladigan bu moslama qaysar sensorli ekran bilan kurashga nuqta qo‘yadi!

 

5. Qattiq shamollab, salfetkalarga doimiy ravishda intilish u qadar yaxshi g‘oyamasmi? Yoki shamoldan ko‘zingiz yoshlanyaptimi? Yoki g‘ayg‘uli film tomosha qilyapsizmi? Nima uchun bu buyumni aynan hozir va faqat Yaponiyada o‘ylab topishdi?!

 

6. Mazkur yostiq tufayli “pastki” qulog‘ingiz yonboshlab yotgan vaqtingizda televizor ovozini yaxshi eshitadi! G‘aroyib!

 

7. Havfsizlik - birinchi o‘rinda. Bu qo‘l yordamida barmoqlarni kesib olishdan qo‘rqmay, mahsulotlarni maydalashingiz mumkin!

 

8. Tez-tez metroda uxlab qolasizmi? Bu kaska sizga yordam beradi. Tiniqib uxlashdan tashqari yoniningizda o‘tirgan odam ustiga yiqilib tushmaysiz!

 

9. Stik ko‘rinishidagi yog‘? Yo‘q, Yaponiya butun sayyoradan ilgarilab ketgan!

 

10. Oyoqlar terlashiga “Yo‘q” deb ayting! Poshnasida havo aylanadigan bu botinkalar bilan tovoningiz 24/7 mobaynida nafas oladi!

 

11. Bu moslama uyda bo‘lgan vaqtingizda burningizni zamonaviylashtirishga yordam beradi!

 

12. Bu mittivoy tez pishar lag‘mon idishidan chiqib, u yeyish uchun tayyorligini ma’lum qiladi!