Quyida shon-shuhrat pillapoyasini zabt etmagan taqdirda hayotlari boshqacha bo'lishi mumkin bo'lgan jahonga mashg'ur yulduzlar bilan tanishing.

Anjelina Joli

Bu mukammal go'zal hozirda dahmalar o'g'risi emas, balki ularni to'ldiruvchi inson sifatida ishlashi mumkin edi. Zero, yoshligida Joli bobosining juda yomon tashkil etilgan dafn marosimidan hafa bo'lib, dafn marosimlari idorasining direktori bo'lishga qat'iy ahd qilgan va hatokki, muvofiq litsenziyaga buyurtma ham bergan.

Devid Duxovni

Maftunkor «FQB agenti» Devid Duxovni darhol aktyor bo'lib qolmagan. Mashhurlikka erishishdan avval u ingliz adabiyoti bakalavri diplomini olgan. Hozirda u maktab o'quvchilariga ingliz adiblari va shoirlarining asarlari haqida hikoya qilishi ham mumkin edi.

Emma Uotson

Yana bir kitobsevar – bu Emma Uotson. U Braun Universitetida ingliz adabiyotidan tahsil olgan va bolaligida tasvirga tusha boshlamaganida maktabda adabiyot o'qituvchisi bo'lishi mumkin edi

Yeva Longoriya

Siz kineziologiya nimaligini bilasizmi? «Bu mushaklar va harakatlanish haqidagi fan», — deya ikkilanmay javob bergan bo'lardi Yeva, chunki u ana shu ixtisoslik bo'yicha diplomga ega. Agar Longoriya aktrisa bo'lmaganida, hozirda ehtimol odamlarga jarohatlardan so'ng harakatlanish funksiyalarini tiklashda yordam berayotgan bo'lardi.

Mik Jagger

Rolling Stones yakkaxoni butun dunyoda nom qozonishini darhol tushunib yetmagan. U musiqa bilan jiddiy shug'ullanishdan avval London iqtisodiyot maktabida buxgalteriya hisobotlarini o'rgangan. Agar Jagger boshi bilan ijodga sho'ng'imaganida, bugun u, masalan musiqa do'konida hisobchi bo'lar edi.

Eshton Kutcher

Eshton Kutcherning istarali yuzini bugun istalgan Gollivud kinolari havaskori taniy oladi. Biroq, bu yigit mashhur bo'lishidan avval Ayova shtati Universitetida biotibbiyotni o'rganganidan juda kamchilik xabardor. Hozirda u bemalol oq xalat kiyib, masalan, yuqori texnologiyali protezlarni yaratishi mumkin edi.

Beyonse

Yulduzga aylanishdan avval Beyonse ota-onasining sartaroshxonasida polni supurish orqali pul topgan. Bugun yulduz yashash uchun qo'shiq kuylash emas, balki oilaviy ishda qatnashish orqali pul topganida, faoliyat pillapoyasidan ko'tarilib, ehtimol, oilaviy sartaroshxonaning boshlig'iga aylangan bo'lardi.

Xarrison Ford

Xarrison Ford kinoda suratga tushishdan oldin boyskautlar oromgohida yetakchi sardor bo'lgan. Aksariyat erkaklar skautlar harakatini butun hayotlarining ishi sifatida ko'radi. Shu bois, hozirda Ford ham maxsus kostyum kiyib olib, bolalarga yovvoyi tabiat sharoitida omon qolishni o'rgatayotgan bo'lardi, degan fikrga borishimiz mumkin.

Morgan Frimen

Morgan Frimen qiruvchi-uchuvchi bo'lishni ko'zlagan. Buning uchun u o'rta maktabni tamolagach HHKga o'qishga kirgan. Biroq, 4 yillik xizmatdan so'ng Frimen baribir samolyot shturvalidan ko'ra, o'zini kamera ob'ektivi oldida yaxshiroq his qilishini tushunib yetgan.

Liza Kudrou

Ko'pchiligimiz Lizani «Do'stlar» serialidagi uncha aqlli emas, ammo yoqimtoy mallasoch roli orqali eslaymiz. Agar Kudrou jahon teleekranlarini zabt etmaganida, hozir biologiya o'qituvchisi bo'lishi mumkin edi, chunki Liza kollejni bitirib, bakalavr darajasini olgan.

Tom Kruz

Tom Kruz katolik ruhoniyi bo'lish haqida jiddiy o'ylagan. U buning uchun hattoki Sinsinnati seminariyasida muvofiq ta'lim ham olgan. Agar Kruzning aktyorlik iste'dodi boshqa qiziqishlaridan ustun kelmaganida, ayni damda bu ko'rkam erkak katolik cherkovlarining birida nasihatlar o'qib o'tirgan bo'lardi.

Barak Obama

AQShning sobiq prezidenti siyosatchi sifatida umid bag'ishlashni kech boshlagan. Bir vaqtlar uning omon qolish uchun muzqaymoq sotishiga to'g'ri kelgan. Agar Obamaning ishi shu yo'nalishda rivojlanganida, hozirda u muzqaymoq mashinasining egasi bo'lishi mumkin edi. Yoki hattoki, to'laqonli kafening egasi....