Sayohatni hush ko'ruvchilar ommabop sayyohlik yo'nalishlaridagi barcha asosiy osori-atiqalarni yaxshi bilishadi. Ularni o'z ko'zingiz bilan ko'rish muammo emas. Lekin, sayyoramizda u yoki bu sababga ko'ra oddiy sayyohlar ko'ra olmaydigan joylar ham mavjud.

Kofun, Yaponiya

Mazkur inson qo'li bilan yaratilgan orollar imperator oilasi a'zolarining maqbaralari hisoblanadi. Kamyob holatlardagina faqat arxeologlar imperator saroyining ruhsati bilan bu yerga tashrif buyura oladi.

Shimoliy Sentinel oroli, Hindiston

Orolda istiqomat qiluvchi tub aholi o'z yerini begonalardan himoya qilish uchun hech narsadan tap tortmaydi. Shuning uchun Hindiston hukumati sayyohlarning xavfsizligini o'ylab orolga yaqinlashishni ta'qiqlaydi.

51-hudud, AQSH

AQSH hukumati maxfiy hudud mavjudligini rasman faqat 2013 yilda tan oldi va qisman hujjatlar maxfiyligini ochdi. Ularga ko'ra, bu joyda eng yangi parvoz apparatlari ishlab chiqiladigan AQSH HHK bazasi joylashgan.

Mariya Sionskaya cherkovi, Efiopiya

Bu yerda, maxsus qurilgan mehrobda, ibodatxonaning asosiy muqaddas buyumi – Ahd Qutisi saqlanadi. Uni faqat yodgorlik qo'riqchisi ko'rishi mumkin. Qo'riqchiga umirining oxirigacha ibodatxonani tark etish va begonalar bilan muloqot qilish ta'qiqlanadi.

Kaxoolave oroli, AQSH

Ushbu qurg'oqchil orol butun mavjudligi tarixi davomida diniy marosimlar joyi, jinoyatchilar uchun koloniya va AQSH mashg'ulotlar bazasi bo'lgan. Hozirda Kaxoolave qo'riqxona sifatida e'lon qilingan va unga faqat tabiatni tiklash bo'yicha ko'ngilli brigadalar tarkibida borish mumkin.

BT Tower radiotelevizion stansiyasi, Buyuk Britaniya

Minorada yuz bergan portlashdan so'ng, restora va tomosha maydonchasi tashriflar uchun yopilgan. Bu yerda kamdan-kam o'tkaziladigan tadbirlar tufayli, yuzlab omadlilarda Londonni noodatiy rakursdan tomosha qilish imkoni paydo bo'ladi.

Ise ibodatxonalar majmuasi, Yaponiya

Mamlakatdagi asosiy muqaddas joyning hududiga faqat ibodatxona kohinlari va imperator oilasi vakillari qadam bosishi mumkin. Qolganlar esa bir nechta to'siq ortidan ko'rinadigan ibodatxonalarning tomlarini ko'rib bahra olishlari mumkin.

Varosha tashlandiq shahri, Kipr

Famagusta shahrining ushbu tumani Kiprdagi eng ommabop sayyohlik maskani bo'lgan. Biroq, 1974-yilning iyul oyida bari o'zgardi: shaharga turk qo'shinlari bostirib kirgan, aholi esa ko'chirilgan. Shundan buyon shahar to'siq bilan o'ralgan bo'lib, turk armiyasi tomonidan qo'riqlanadi.

Seybl oroli, Kanada

Atlantika bo'ylab suzib yuruvchi aholisi 30 kishidan kam ushbu qumloq orol g'arq bo'lgan kemalar qabristoni hisoblanadi va noyob tabiati tufayli qo'riqxona sifatida e'lon qilingan. Unga tashrif buyurish uchun Kanada hukumatiga murojaatnoma yozish va safar zaruriyatini isbotlash kerak.

«Pionen» data-markazi, Shvetsiya

Stokgolmda sovuq urush davrida qurilgan bunker keyinchalik Shvetsiya xosting kompaniyasi uchun o'ta zamonaviy ofisga aylantirilgan. Bu yerda, 30 metr chuqurlikdagi qalinligi yarim metrga teng eshiklar ortida ko'plab mashhur saytlarning ma'lumotlari saqlanadi.

Lasko g'ori, Fransiya

15 yillik ochiq eshiklardan so'ng qoyalarda chizilgan noyob suratlarni saqlab qolish maqsadida sayyohlar uchun kirish ta'qiqlandi. Hozirda g'orning aniq nusxasiga tashrif buyurish yoki virtual safarda bo'lish mumkin.

 «Don-2N» radiolokatsion stansiyasi, Rossiya

140 metr asosda joylashgan balandilig 40 metr mazkur piramida Moskvaning RQM (raketaga qarshi mudofaa) tizimidagi asosiy element hisoblanadi. Stansiyaga faqatgina kamyob holatlarda matbuot-turi tarkibidagi jurnalistlar kirishi mumkin, ammo ular ham ko'p narsa ko'ra olmaydilar.

Solnomalar zali, AQSH

Rashmor tog'ida AQSH prezidentlari tasvirlangan mashhur barelefdan tashqari, yana bir sirli xona o'yib ishlangan bo'lib, vaqt kapsulasiga o'xshash bu xonada mamlakatning muhim tarixiy hujjatlarining nusxalari saqlanadi. Ushbu xonaga kirish joyi kodli qulfdan iborat granit plita bilan yopilgan