Mashhur brendlarning ramzlari va nomlariga qarab dizaynerlar ularni yaratganida nimadan ilhom olganiga, ularning kelib chiqish tarixi qandayligiga hech qiziqib ko'rganmisiz? Ehtimol, ular mutlaqo tasodifan paydo bo'lgandir?

Bugun ularning eng qiziqarlilari haqida so'zlaymiz.

 

© depositphotos  

Dunyodagi eng mashhur multiplikatsiya studiyasining ramzida doim ertaknamo qasr aks ettirilgan. Dastlab unga Germaniyadagi Noyshvanshtayn qasri asos bo'lgan. Biroq, 2006 yilda uni Parijdagi Disneylendda qurilgan Zolushkaning qasri egalladi.

 

© depositphotos  

Daniyadagi o'yinchoq ishlab chiqaruvchi LEGO kompaniyasining nomi daniyaliklar tilidagi «leggodt» — «maroqli o'yin» iborasining qisqartmasi hisoblanadi.

 

© depositphotos

Ikkinchi jahon urushi davrida Coca-Cola kompaniyasining Germaniyadagi bo'limini boshqargan Maks Kayt yangi mahsulot yaratishga qaror qilgan. Ichimlikning nomi jamoaviy muhokamaning natijasi bo'lgan. Zero, Kayt ishtirokchilarga «tasavvurni ishlatishni» (nemischada — «Fantasie») aytgan va bunga javoban xodimlardan biri Joe Knipp darhol «Fanta!» so'zini keltirgan.

 

© depositphotos

«Nin-ten-do» - 3 ta yapon iyeroglifidan tuzilgan nom bo'lib, «Omadni samoga qoldir» deya tarjima qilish mumkin.

 

© wikipedia 

Daniyada asos solingan Pandora zargarlik uyining nomini tanlashda ham afsonalarga murojaat etilgan. Bu so'z qadimgi yunon tilidan «bariga qobiliyatli» deb tarjima qilinadi. Afsonaga ko'ra Pandora Zevsning irodasi bilan yaratilgan birinchi ayol bo'lib, u Prometey ilohiy olovni o'g'irlagani uchun odamlarga jazo sifatida yuborilgan.

 

© depositphotos

Lyuks toifasidagi Cadillac avtomobillar markasi o'z nomini kompaniya asoschisi, mexanik Genri Lilandning ajdodi – Fransiya mustamlakachi ma'muri va harbiy qo'mondoni Antuan Lome de Lamot de Kadilyakning ismidan olgan.

 

© depositphotos

Britaniyadagi Durex kontratseptivlar brendi – bu Durable, Reliable, Excellence (mustahkamlik, ishonchlilik, ustunlik) so'zlarining qisqartmasi.

 

© depositphotos

Ba'zi kompaniyalarning maqsadi ularning ramzlaridan foydalanish hayotimizning bir qismini yaxshilashini xabar qilishdan iboratdir. Xo'sh, Levi bu xabarni tarqatish uchun nima qildi? U aksariyatimiz djinsi kiyganda alohida urg'u berishni istaydigan tana qismini ajoyib usulda yashirib qo'ydi. Agar avval buni ko'rmagan bo'lsangiz, endi doim nazaringizda bo'ladi.

 

© depositphotos

Kompaniya asoschisi Per Omidyar Echo Bay Technology Group kompaniyasiga ishlagan paytidayoq saytning analogini yaratgan. Ushbu kompaniyaning ofisi Exo Bey (Nevada) nomli hududda joylashgan. Omidyar «EchoBay.com» saytini ro’yhatdan o’tkazishni istagan, ammo bu nomning bandligi ma'lum bo'lgan. Shunda u nomni «ebay.com» ko'rinishigacha qisqartirgan. Shunga qaramay, ko'pchilik ebay so'zi - «Electronic Bay» («elektron ko'rfaz») qisqartmasi ekanligiga ishonadi.

 

© depositphotos

Koreys tilida «sam» -«uch», «sung» esa – yulduz ma'nosini anglatadi. Natijada, Samsung so'zini to'g'ridan-to'g'ri «uch yulduz» deb tarjima qilish mumkin. Uch soni o'zida «katta, ko'p sonli va qudratli» ma'nosida ishlatiladi.

 

© depositphotos

Bu nom - «Service Games of Japan» («Yaponiya o'yinlar xizmati») iborasidan olingan qisqartma. Kompaniya dastlab mamlakatning harbiy bazalariga pinbol o'yini uchun avtomatlarni yetkazib berish bilan shug'ullangan.

 

© depositphotos  

Bir qarashda Audi ramzi oddiy va tushunarli ko'rinadi, ammo bari ko'ringanidek sodda emas. To'rt halqaning har biri 1932 yilda Audi konserniga asos solgan to'rtta kompaniyaning birini anglatadi: DKW, Horch, Wanderer ва Audi.

 

© depositphotos  

Alfa Romeo ramzida chuqur tarixiy g’oyalar yashiringan – qizil xoch Milan munitsipaliteti bayrog'idan olingan, qonho'r ajdar esa – bir zamonlar Lambardiyani boshqargan qadimiy Viskonti sulolasining ramzi hisoblanadi. Aytish kerakki, ajdarli mashinalar butun tarix davomida boshqa ramzlarga nisbatan kamroq odamlarni nobud qilgan.