Hattoki, yulduzlar tongda har doim ham benuqson ko'rinmas ekan, boshqalar haqida gapirishga nima hojat.

Ko'pchilik tongda uyg'ongach o'zining ko'zgudagi aksidan qo'rqib ketgan, shu bois uyg'onish haqiqatdan ajoyib bo'lishi uchun 14 ta maslahatni to'pladik. Ularga amal qilish orqali tongda o'zingizga qarab “Salom, go'zal!” deya olasiz va bu haqiqat bo'ladi.

 

 

Uyquga yotishdan 3 soat avval:

  • Ko'zlar ostida shishlarsiz uyg'onish uchun kechka yaqin ko'p suyuqlik ichmang va sho'r taomlarni yemang. Yaxshisi, uyquga yotishdan kamida 3-4 soat avval tanovvul qiling.

 

  • Kechki taomda oqislga boy va shakar miqdori past bo'lgan mahsulotlarni iste'mol qiling. Xususan, guruch, kartoshka va makaronni cheklash kerak – uglevodlar tufayli terimiz yumshab qoladi. Baliq, sabzavotlar va mevalar – bu kechqurun uchun to'g'ri tanlov.

 

Uyquga yotishdan 1 soat avval:

  • Yotoqxonani yaxshilab shamollating. Xonada qulay namlik darajasi va yetarlicha salqin harorat bo'lishi kerak. Aslida, yil bo'yi deraza darchasi ochiq holda uxlash to'g'ri hisoblanadi.

 

  • Toblanib uyg'oning. Bir oz avtotoblash surtmasini tungi kremingizga aralashtirib, yuz va bo'yin terisiga suring. Tongda teringiz yengil toblanishga ega bo'ladi.

 

Uyquga yotishdan yarim soat avval:

  • Tungi oziqlantiruvchi kremni suring. Shunda u yetarlicha shimilib, yostiq va adyolga emas, balki teringizga foydali moddalarini berishga ulguradi.

 

  • Isitish tizimi eng mukammal terini ham qurita oladi. Bunda yordamga havoni namlantiruvchi moslama keladi. Tongda sof va chiroyli bo'lib uyg'onasiz.

 

Uyquga yotishdan 5 daqiqa avval:

  • Sochlaringizni tarang. Agar sochingiz juda uzun bo'lsa, ularni bo'sh qilish o'rib qo'yish yoki yuqoriga turmaklab qo'yish mumkin. Tongda ular hajmli, bir oz jingalak, ammo baribir chiroyli va sog'lom bo'ladi. Ularni qo'lda bir oz to'zg'itishning o'zi yetarli bo'ladi.

 

  • Shoyi yoki atlas yostiq jildlaridan foydalaning.  Shoyi paxtaga nisbatan ancha yumshoq mato bo'lib, kamroq ishqalanish kuchi yuz beradi va sochlaringiz haddan tashqari chigal bo'lmaydi. Sintetik yotoqxona jihozlaridan voz keching – unda teringiz tuni bilan bo'g'ilib qoladi.

 

Uyqu vaqtida:

  • Qanday uxlashingizni kuzating. Boshimiz yetarlicha og'ir bo'lib, agar qorinda uxlasangiz, uyqu vaqtida suyuqliklar aynan yuz sohasiga to'planishi mumkin. Agar orqada umuman yota olmasangiz yonboshlab yotishga urinib ko'ring va yuzingiz yostiqqa qattiq botib, izlar tushib qolmaydi.

 

  • Hattoki orqada yotsangiz ham ortopedik yostiqlarni tanlang. Shunda boshingiz orqaga yoki oldinga qattiq egilmaydi. Og'irlik kuchi limfa va qon oqimiga normal harakatlanishga yordam beradi, shu tariqa suyuqlik yuz sohasida to'planmaydi va tongda ko'zlar ostida qopchalarsiz uyg'onasiz.

 

  • Ko'zlar uchun bog'lam bilan uxlashni sinab ko'ring. Bunday uyqu yanada chuqur bo'ladi – sizga yorug'lik halaqit qilmaydi va yaxshiroq uxlab, tongda dam olgan bo'lib uyg'onasiz.

 

Biroq, uyqungiz juda qisqa bo'lib, ertalabki uyg'onish ekzorsizm marosimiga o'xshab qolsa nima qilish kerak? 30 daqiqa ichida qanday qilib irkit o'rdakchadan go'zal oqqushga aylanish mumkin?

 

1-usul. Namlantiruvchi

Uyqusiz o'tgan tun yuzning xira tortgan rangi va terining yetarlicha tarang emasligidan bilinadi. Shuning uchun organizmni namlantirishdan boshlash kerak. Buni ham ichkaridan, ham tashqaridan amalg oshirish zarur. Bodring, salat, selderey, pomidorlar va ismaloq tarkibida namlik ko'p bo'lishi bilan birga, ular teringizga juda kerak mikroelementlarga ham boydir. Xullas, ko'proq shirali sabzavotlardan salatga to'g'rang, ustiga zaytun moyi va limon sharbati otomizing va olg'a!

 

“Tashqi” tomondan esa tetiklashtiruvchi gel (sitrus mevalar yoki yalpiz hidli vositani tanlang) bilan dush qabul qiling va barmoqlarning uchi bilan mayin harakatlangan holda yuzingizni massaj qilib namlantiruvchi krem suring. Bu qon aylanishini tezlashtirib, yonoqlaringizga qizillik beradi.

 

2-usul. Mumtoz

Uyqusiz tundan keyin o'zingizni tartibga keltirishning eng ommalashgan usuli – bu qahva. Aslida, limonli ko'k choy ham yaxshigina tetiklashtiradi, shunchaki buni yumshoqroq bajaradi.

 

Tetiklashtiruvchi ichimlikni qabul qilish vaqtida uyqusiz tunning izlarini bo'yoqlar ortiga yashirishga urinmang. Teringiz shundoq ham azoblangan. Jonlantiruvchi tonik, kipriklar uchun tush va rumyanalar yonoqlarga sog'lom ko'rinish berish va ko'zlarga ifoda bag'ilashda yetarli bo'ladi

 

3-usul. Ekspress-terapiya

 

Bu usul tongda vaqti juda kam bo'lgan odamlarga to'g'ri keladi. Muz bo'lakchalari – charchagan ko'zlardan shishlarni yo'qotishning samarali yo'lidir. Moychechakli va yalpizli qaynatmalardan tayyorlangan muzlar eng yaxshilari hisoblanadi. Ular chindan ham teriga soflik berib, yuzni uyg'onishga majbur qiladi va sizda “Qovoqlarimni ko'taring!” deyishga hojat qolmaydi.

 

O'zingizga limon, laym va yalpiz novdasi solingan suv tayyorlang. Birdan ichingizga 2 litr suyuqlikni to'kish to'g'ri kelmaydi, yaxshisi ertalabki tayyorgarlik davomida oz-ozdan iching.

 

Kosmetologlar teri uchun kofeinli vositalarni tavsiya qiladilar. Ayniqsa ko'zlar atrofi sohasi uchun mo'ljallangan kremlar uyg'onishga yordam berib, shishlar va qopchalarni yo'qotadi hamda ko'z ostidagi ko'karishlarni kamaytiradi. Shuningdek, matoli asosdagi namlantiruvchi niqob ham qutqarishi mumkin. 

Maslahatlar yaxshiligiga qaramay, go'zallikning eng muhim asosi – to'laqonli sog'lom uyqudir. Tongda tetik, chiroyli va yangi yutuqlarga tayyor holda uyg'onish uchun ish, dam olish va shaxsiy bioritmlaringiz o'rtasida muvozanat topishga harakat qiling.

 

Sizda-chi, tongda o'zingizga kelishda yordam beradigan shaxsiy go'zallik sirlaringiz bormi? Tajribangizni biz bilan o'rtoqlashing.

 

Asosiy surat: BrentKolybaba/imgurWaltDisneyPictures