Ko‘pchilik uchun qahva o‘ziga xos an’ana, muxabbat, diniy urf-odatga aylangan. Agar bu ichimlikni yoqtirsangiz, u to‘g‘risidagi g‘aroyib ma’lumotlarni bilish siz uchun ham qiziq bo‘ladi.

Ertalab uyg‘onish uchun qahva ichishingiz shart emas

Tanangiz ertalab kortizol gormonini ishlab chiqaradi, u o‘zingizni tiniqqan va tetik his qilishga yordam beradi. Bu odamga xos hususiyatlar sutka sur’ati bilan bog‘liq. Shunday ekan ertalab uyg‘onish uchun qahva ichish odatingiz bo‘lsa, buning hech qanday ma’nisi yo‘q. Yaxshisi kortizol darajasi biroz kamayishini kutib turing, bu tonggi 9 10 da yuz beradi, keyin esa bir finjon qahva ichishingiz mumkin.

 

Qahva organizmni suvsizlanishiga olib kelmaydi

Zo‘r yangilik! Kofein uzoq vaqt mobaynida siydik haydash xususiyatlari sabab ayblab kelingan, aslida esa bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Agar qahvani katta miqdor (kuniga 500 600 mgdan ko‘proq, yoki ikki finjon) da iste’mol qilmasangiz, hech qanday salbiy oqibatlar bo‘lmaydi

 

Qahva efiopiya echkilari sababli kashf etilgan

Afsonaga ko‘ra, efiopiyalik cho‘ponlar echkilari bu o‘simlik mevalarini mazza qilib chaynayotganlarini ko‘rgach, qahvani birinchi bo‘lib iste’mol qilishni boshlashgan.

 

Qahva uzoq umr ko‘rish va sog‘lom bo‘lishga yordam beradi

Qahva tarkibida ko‘plab antioksidantlar (g‘arb odami parhezdagi eng ko‘p antioksidant manbai) mavjud. U ko‘plab og‘ir kasalliklarga sabab bo‘ladigan erkin radikallar bilan kurashishda yordam beradi. Natijada qahva ishqibozlari Parkinson, qandli diabet va yurak kasalliklariga kamroq chalinadilar.

 

Qahva tarkibida yashash uchun zarur bo‘lgan muhim to‘yimli moddalar mavjud

Bir finjon qahva tarkibida tavsiya etilgan riboflavinning 11 foizi (V2 vitamini), 6 foiz pantoten kislotasi (V5 vitamini), 3 foiz margans va kaliy, hamda 2 foiz niatsin va magniy mavjud.

 

Qahvani iste’mol qilish yog‘larni eritishda yordam beradi

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, qahva iste’mol qilish metobolizmni 3 foizdan 11 foizgacha oshirishi mumkin ekan. Bu ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga haqiqatan ham yordam beradigan kam sonli kimyoviy moddalardan biridir!

 

Qahva faqat sayyoraning qahva qutbi deb nomlangan muayyan hududlaridagina yetishtiriladi

Qahva qutbi qahvani yetishtirish sharoiti mavjud bo‘lgan barcha hududlarni birlashtiradi. Bu o‘simlik quyosh nuri va issiqlikni talab etgani uchun mazkur barcha hududlar ekvator yaqinida joylashgan.

 

Qahva aslida zarrachadir

Qahvaning ta’siri mitti 0,0016 dyuymli qahva kristallarining organizmga tushishi bilan bog‘liq. Juda kichik, biroq shunaqa kuchli ta’sir qiladiki!

 

Qahva — qizil, sariq va yashil rangli meva donalari

Daraxtda o‘sadigan mevalarni ko‘ryapsizmi? Avval finjondagi qahva aynan shu ko‘rinishda bo‘lgan.

 

Kofein juda tez ta’sir qiladi

Birinchi xo‘plam va qahvaning ta’siriga qadar bor-yo‘g‘i 10 daqiqaga yaqin vaqt ketadi!

 

Black Ivory — eng qimmat qahva navi bo‘lib, u ekskrementlardan tayyorlanadi

Dunyodagi eng qimmat qahva fil axlatidan tayyorlanib, Black Ivory deb ataladi. Uning bir finjoni 50 AQSH dollariga teng. Bu qahva navidan bir kilogramm olish uchun fillarni 33 kilogramm yangi qahva mevasi bilan boqish kerak bo‘ladi. Ular xazm qilingach, filboqarlarning ayollari go‘ngni to‘plab, uni maydalashadi va undan qahvani olishadi.

 

Qahva buyragingiz uchun foydali

Kuniga to‘rt finjon qahva ichadigan odamlar jigar sirroziga 80 foizga kamroq chalinadilar.

 

Dunyodagi ilk veb-kamera qahva tayyorlash uchun yasalgan

1991 yilda Kembrij universitetining bir guruh olimlari qahva qaynatuvchiga kamerani yo‘naltirish orqali qo‘shni xonadagi qahva tayyorlash jarayonini kuzatishga muvofiq bo‘lishdi. Yuqorida keltirilgan rasmda o‘sha kamera yordamida olingan suratlar keltirilgan.

 

Kofein sport natijalarini yaxshilaydi

Kofein adrenalin darajasini oshiradi va yog‘ qatlamidagi yog‘larni erkinlashtiradi, mashqlargacha qahva iste’mol qilganlar yaxshi natijalarga erishadi.

Sevimli ichimlik to‘g‘risida yanada qiziq ma’lumotlarni bilasizmi? Ular haqida izoh qoldiring!