Qadrdon uyimiz qanchalar iliq va sevimli bo'lmasin, har birimizda ko'nglimiz o'zgarishlarni tusab qoladigan onlar bo'ladi. Balki hozircha xonadoningizda ulkan o'zgarishlarni amalga oshirish rejasi yo'qdir yoki imkoniyat ko'tarmas, lekin bu - o'zgarishlardan mutlaqo voz kechish kerak degani emas. Ba'zan ajoyib natijaga erishish uchun bir ozgina qunt va hoxish kifoya qiladi.

Quyida yangilanishlarni istasangiz-da, ta'mirlashga kuch bo'lmagan holatlar uchun oson bajariladigan 14 ta oddiy g'oyani taqdim etamiz.

 

14. Yonar stol

© mikeasaurus

Dizaynerlik mebellari hamyonni bo'shatib qo'yishi mumkin, ammo germetiklash uchun mo'ljallangan yelim u qadar qimmatga tushmaydi. Bu yerdan qorong'ida yonib turadigan stolni qanday yaratishni bilib olasiz.


13. Karavotingiz boshi

© HomeMade by Сarmona  

Yotoqxonaning tashqi ko'rinishini atigi bitta narsa – karavotning bosh tomoni yordamida o'zgartirish mumkin. Shuningdek, buni o'z qo'llaringiz yordamida bajarish qiyin emas – batafsil yo'riqnoma bu yerda keltirilgan.

 

12. Antiqa shakldagi tokchalar

© I Spy DIY

Yangilikni hoxlayapsizu, ammo gulqog'ozlarni yelimlashga kayfiyat yo'qmi? Unda antiqa tokchalarga nima deysiz? Ana shunday tokchalarni mustaqil yasash yo'llarini bu yerdan bilishingiz mumkin.


11. O'z qo'lingiz bilan yangi karavot

© Shanty 2 Chic

Agar mebel do'konlarini aylanish Siz uchun zerikarli bo'lsa, ajoyib karavotni doim mustaqil yasash mumkin. Zero, o'ta batafsil yo’riqnoma mavjud.

 

10. Mebelni yangilash

© ATTHEPARK'S

Mebelning asosiy vazifasini o'zgartirish bilan uni mutlaqo tanimaydigan darajada yangilash mumkin. Agar shubhalanayotgan bo'lsangiz Djuli Park (Julie Park)ning ATTHEPARK’S blogiga tashrif buyuring: eski komod televizor uchun ajoyib stolga aylangan.

 

9. Vannaxonadagi gardishlar

© Indulgy  

Ba'zan odatiy buyumlar mutlaqo o'zgacha ko'rinish kasb etishi uchun birgina kichik detal ham yetarli bo'ladi. Tan oling, surat uchun gardishlar vannaxonada kerak bo'ladi deb kim ham o'ylabdi?

 

8. Muzlatgichni yangilash

© TheEveryGirl  

 

7. Yorqin yostiqlar

© Aliexpress  

Mehmonxona yangi mebel xaridisiz ham yangicha qiyofaga kiradi – yorqin tasvirlar tushirilgan divan uchun yostiqlar bunda samara beradi. Huddi shundaylarini bu yerdan topish mumkin.

 

6. Devorlar uchun bezak

© TheHambyHome  

Shinamlik istayotgan bo'lsangiz, ko'p narsaning kerakgi yo'q. Masalan, gullar va oddiy shisha bankasi ham yetarli. Bunday bezakni qanday yaratishni bu yerda ko'ring.

 

5. Antiqa qandil

© PillarBoxBlue  

Eski buyumlar yaxshi holatda bo'lsa, yangilarini sotib olishga hojat yo'q, chunki ularni atigi yarim soatda yangilash mumkin. Masalan, mana bunday usulda qandilga yangi hayot bag'ishlash mumkin.

 

4. Yorqin urg'ular

© TheNewDomestic  

Ta'mirlash borasida qat'iy qarorga kelmagan bo'lsangiz-da, bir rangdagi devorlar jonga tekkan bo'lsa, devorlar uchun oddiy, ammo samarali dekordan boshlang. Bu yerda huddi shunday pannoni qanday qilishni o'rganasiz.

 

3. Yangi hududlarni ajratish

© Etsy  

Katta xonaning bir qismini devor bilan ajratishni o'ylayotgan bo'lsangiz, boshlanishiga to'siqlar yoki pardalardan foydalanish mumkin. Yorqin parrandalar tasviri tushirilgan to'siqlarni bu yerdan topsa bo'ladi.

 

2. Zamonaviy stul

© TheKeyItem  

Xonaga biroz hasham berishni o'yladingizmi? Dizaynerlik do'konlarini aylanishga hojat yo'q, axir oddiy plastik stulni yangilash mumkin.

 

1. Suratli devorlar

© TheNewDomestic

Agar suratlar chizilgan devorlar haqida orzu qilsangiz, yorqin bo'yoqlar va turli printlarni qo'llashga qo'rqmang. Bu yerda esa ana shunday go'zallikni yaratish bo'yicha batafsil yo'riqnomani topasiz.