Yaqin insonlar, oila – har bir kishida mavjud bo‘lgan muhim narsa. Siz uchun bugun to‘plangan kinematografik to‘plam aynan shu to‘g‘risida.

Shirin noyabr

Sweet November

© WarnerBros. Pictures  

Chuqur ma’no va noreal go‘zallikka ega film. Jiddiy kostyum kiyib olgan, mehnatsevar agent Nelson Moss tezlik bilan yuguradi va boshqacha hayot uslubini tasavvur qila olmaydi. Biroq jonli, o‘z-o‘ziga e’tiborli, jozibador va faylasuf Sara Diver esa buning aksi.

 

Qirg‘in

Carnage

© ConstantinFilmProduktionGmbH  

Yo‘q, gap siz o‘ylagan narsa haqida emas. “Qirg‘in” – voqealar boshi, oxiri yo‘q muhitda sodir bo‘ladigan komediya. Ota-onasi bahslashib qolgan o‘g‘il bolalar kim haq, kim nohaq ekanini bilishga qaror qiladilar. Film davomida tomoshabin syujetni his-hayojon bilan kuzatadi. Kartina kattalarning ikkiyuzlamachiligini ochiq ko‘rsatib, oilaviy hayot nozikliklari, zamonaviy jamiyatga xos fikrlarni namoyish etadi.

 

Bahor umidlari

HopeSprings

© ColumbiaPictures  

Umid va muxabbat beradigan juda ta’sirli film. Film qahramonlari turmush qurganlariga 30 yildan oshgan. Ularning hamma narsalari: g‘aroyib bolalari, nabiralar, shaxsiy uy, sokin hayotlari bordek ko‘rinadi. Bir-birlariga bo‘lgan hislaridan tashqari hamma narsa. Munosabatlarga iliqlikni qaytarish uchun va yuraklarni qaytadan yondirish uchun juftlik oila muammolari bilan shug‘ullanadigan shifokor Feldga murojaat qilishadi.

 

Cho‘qintirgan ota

The Godfather

© ParamountPictures  

Kartinada gangsterlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlardan tashqari oilaviy qadriyatlar, uy va burch to‘g‘risida uzun va chiroyli monologlar ham bor. Oilada rad etish mumkin bo‘lmagan takliflar qilish, nomusning nimaligi va kattalarga hurmatda bo‘lish zarurligini biladilar.

 

Haqiqiy yolg‘on

True Lies

© 20th CenturyFoxFilmCorporation  

Bu film — jiddiy narsalar to‘g‘risida bayon etilgan jangari va oilaviy melodrama. Garri – rafiqasini sevadigan er. Uning turmush o‘rtog‘i Xelen esa erini zerikarli kompyuterchi deb hisoblaydi. Biroq u aslida erining maxsus agent ekanini bilmaydi. Agar arab terroristlari uni va hech narsadan xabari yo‘q ayolini o‘g‘irlab ketmaganlarida Garri ikkitomonlama hayot kech kechirishda davom etgan bo‘lardi.

 

Yirik baliq

Big Fish

© ColumbiaPictures  

O‘g‘il otasining yurgan yo‘lida tasavvur qilib, o‘ylagan hayotini qayta tiklashga harakat qiladi. “Yirik baliq” – ortiqcha balanparvoz gaplar va melodramasiz oilaviy qadriyatlar, muxabbat, hayot hamda o‘lim haqida ta’sirli hikoya aytib berishning a’lo namunasidir.

 

Bevafo

Unfaithful

© Fox 2000 Pictures  

Konni Samnerning oilaviy hayoti sokin, tinch va bejirim. Birgincha uchrashuv barini o‘zgartirib yubordi: ayol hissiyot asirasiga aylanadi va oilasi hamda mahoratli oshig‘i o‘rtasida tanlovni amalga oshirishga majbur bo‘ladi. Yolg‘on, qo‘rquv va aybdorlik hissi o‘rnashib olgan turmushning kelajagi bormikan?

 

Avlodlar

The Descendants

© Fox Searchlight Pictures  

Jannatmakon Gavayya. Mahalliy aholi vakili, badavlat huquqshunos Mett King koma holatida bo‘lgan ayoli haqida yoqimsiz xabarni eshitib qoladi: ma’lum bo‘lishicha, u eriga hiyonat qilgan. Ikki nafar qizi bilan xoinni topish, shu yo‘l bilan oila o‘chog‘ini saqlab qolishga astoydil ishonadi.

 

Qasamyod

TheVow

© SpyglassEntertainment  

Asal oyi vaqtida Peyj i Leo avtohalokatga uchraydilar. Ayoli komada bo‘lgan vaqtda Leo uning karavotidan bir soatga ham uzoqlashmaydi. Biroq qizning hayotga qaytishi xotirasini yo‘qotishi bilan kechadi: u sevgilisini tanimaydi, muxabbatini eslolmaydi. Endi Leo Peyjning qalbiniqaytadan zabt etishiga to‘g‘ri keladi.

 

Shamollarda qolgan hislarim

Gone with the Wind

© Metro-Goldwyn-Mayer (MGM)  

Asrlarga tatigulik qadimiy mumtoz film. Akterlar Vivyen Li va Klark Geybl fuqarorlar urushi davri sevgi qissasini a’lo darjada hikoya qilishgan. Skarlett O’Xara va Retta Batler taqdiri tomoshabinni nafaqat inson hayoti, balki oilaviy baxtning nozikligi haqida o‘ylashga majbur qiladi.

 

Keling, raqs tushamiz

Shall We Dance

© MiramaxFilms  

Kartina qahramonining bir maromdagi hayoti, vafoli ayoli va ajoyib qizi bor. Hayotda bari yaxshidek ko‘rinadi, biroq nimadir yetishmaydi. Har kech poyezdda ishdan qaytayotib, u bino derazasi yonida go‘zal ayolni ko‘radi. Bir kuni shu bekatda tushib qolishga qaror qiladi...

 

Bort ortida

Overboard

© Metro-Goldwyn-Mayer (MGM)  

Bu komediya zerikishga qo‘ymaydi. Duradgor Din Proffitt kiyinish xonasini to‘g‘rilab beragani uchun haq to‘lamagan hashamatli yaxta egasi milliarder ayol xotirasini yo‘qotgani haqida bilib qoladi. Din qasdini olmoqchi bo‘ladi: u ayolni kasalxonadan olib, uni o‘zining rafiqasi, to‘rt nafar shumtaka bolalarining onasi deb e’lon qiladi. Butun “oila”ning hayoti o‘zgarib ketadi.

 

Noo‘rin taklif

Indecent Proposal

© ParamountPictures  

Sizga ayolingiz bilan o‘tkazilgan bir kecha uchun 1 million dollar taklif etiladi. Bir kecha va bir ondayoq barcha moliyaviy masalalar hal bo‘ladi, amalga oshmas orzular ro‘yobga chiqadi. Siz bunga rozi bo‘larmidingiz?

 

Nyu-Yorkdagi kuz

Autumn in New York

© LakeshoreEntertainment  

48 yoshli muxabbat ixlosmandi va 22 yoshli Sharlottaning sevgi hikoyasi. Yoshdagi farq hech qanday rol o‘ynamaydi, ular baxtiyorlar. Biroq bir narsa bor: Sharlotta og‘ir kasal, umri bor yo‘g‘i bir yil yoki hatto undan kamroq qolgan...

 

Oilaviy sharoit sababli

© Мосфильм  

Galina Arkadyevna qizi turmushga chiqishga shoshilgan, deb hisoblaydi. Lida va uning turmush o‘rtog‘i tez orada oilalarida ko‘payish yuz berishi haqida aytishgach, yosh juftlikning har qanday fikrini ma’qullamay qo‘yadi va uyni almashtirishga qaror qiladi. Biroq muammo o‘z-o‘zidan hal bo‘ladi: yoqimtoy bir erkakni uchratib, u o‘zi tanlagan erkaknikiga ko‘chib o‘tadi va juftlik uchun ota-ona bilan yashash nimani anglatishini shaxsiy tajribasi orqali anglaydi.