Shakarni tuzga alishtirib qo‘yish, sovun ustiga tirnoqlar uchun shaffof lakni surish va unitaz yuzasiga oziq-ovqat yelimxaltasini tortib qo‘yish – bu hazillar biroz eskirgan. Yilning eng quvnoq kunida hamkasblar va do‘stlarni ayyorona to‘rga ilintirishning yangi usullari ham mavjud va biz ular haqida so‘zlab beramiz. Lekin, yodda tuting: kimningdir ustidan hazillashishga qaror qilgan bo‘lsangiz, ikkala tomon ham mamnun bo‘lishi kerak.

LifeHaq.uz tarmoq foydalanuvchilarining eng sara hazillari bilan o‘rtoqlashadi va 1-aprel kuni begona odamlarning qo‘lidan yegulik olish yoki ularga orqa burish qimmatga tushishi mumkinligini eslatadi.

Hasharotlarning suratlarini printerda chiqarib, kesib chiqing va plafonning orqa tomoniga yopishtiring. Lampa yoqilishi bilan ular ko‘zga tushadi.


Hamkasblar uchun ish joyiga boradigan yo‘lda to‘siqlar hosil qiling

© SayYes


Hamkasbingizning sevimli krujkasi ostiga kesilgan cho‘chqaning tumshug‘ini yopishtirib qo‘ying

© superstoner420/Imgur

© Amazon


Kabinetga kirish joyida stakanchalardan piramida yasang. Eng makkorlar ularning ichiga suv, eng mehribonlar esa – shampan vinosi quyishi ham mumkin

© Twitter


Do‘stingiz yoki hamkasbingiz smartfonini juda ko‘p kanselyariya rezinasi bilan qoplang

© Tia&Elan/YouTube

 


Ko‘zguga ogohlantiruvchi yozuv yopishtiring

© Faxmaq/Pikabu

“Ko‘zgu ishlamaydi. Iltimos, undan foydalanmang. Noqulaylik uchun uzr so‘raymiz”.


Ofisda dahshatli e’lon osib qo‘ying

© Twitter


Hojatxona qog‘ozini skotch bilan alishtiring

“Omad!”

© Twitter


Yoki qog‘ozni plastik siquvchi bilan tortib qo‘ying

© Imgur


Unitazda “murakkablik darajasini” oshiring

Yoki hojatxonada o‘zga sayyorraliklar tashrifini hosil qiling

© Imgur


Oilaviy suratni mashhur inson suratiga alishtiring

© Reddit


Kanselyariya mixlarini skotch bilan eshikka mahkamlang-da, eshik ortiga havo pufagini qo‘ying. Hamkasblarning taassurotli kirishi kafolatlanadi

© Twitter


Qarsildoq halqalarni sut bilan birga muzlating va nonushtaga tortiq eting

© LozerFilms/Twitter

Siz bilan-chi, qanday hazillashdilar?