Koul Rays (Cole Rise) — mashhur fotosuratchi, sayyoh va Instagram uchun Rise preseti muallifidir. Uning suratlari hattoki ishlov berilganidan keyinham tabiiy ko'rinishi bilan ajralib turadi. Koul mobil telefonga qanday qilib suratga olish hamda suratlar sifati bo'yicha ko'zguli fotoapparatlarda olinganlarga yaqin bo'lishi uchun ularni qanday tahrir qilishga oid shaxsiy sirlari bilan bo'lishdi.

 

1. Soyalarga yorug'lik qo'shing va yorqin burchaklarni qorong'ilashtiring

 

          

ColeRise

Fotosuratlarga ishlov berishga mo'ljallangan aksariyat asboblar yorug'lik va soyalarni sozlash uchun opsiyalarga ega bo'ladi. Ulardan albatta foydalanish kerak.

Tabiat aks etgan fotosuratni yaxshilash uchun Koul soyalarga yorug'lik qo'shish va yorqin joylarni bir oz qorong'ilashtirish orqali ekspozitsiyani muvozanatga keltirgan. Shuningdek, u tasvirni iliq ranglarga keltirish uchun Litely ilovasi to'plamidagi Winsy filtrini qo'llagan.

 

2. Suratni yorqinroq qilish uchun vinetka va soya effektini qo'shing

 

ColeRise

 

Vinetlashtirish effekti surat perimetri bo'ylab to'q tusni qo'shadi va uning o'rtsini yorishtiradi. Bu Koulning eng sevimli usullaridan biri. Original surat o'ta to'q bo'lishi mumkin edi, shu bois Koul to'yinganlikni oshirib, havo sharini landshaftdan bir oz ajratish uchun ozgina keskinlik qo'shgan. Bu suratni tabiiy saqlab qolish imkonini bergan.

 

3. Тасвирни таҳрир қилинг, сўнгра барча созлашларни яна 50%га қайтаринг

 

ColeRise

 

Bu juda muhim.

 

Asosiy hiyla suratingizni tabiiy ko'rinishga keltirishdan iborat. Odatiy usulda tasvirni tahrir qiling, so'ngra barcha sozlashlarni yana 50%ga qaytaring.

O'tgan yili Instagram foydalanuvchilari nihoyat filtrlarning ta'sir kuchini nazorat qilish imkoniga ega bo'ldilar. Ushbu vositalardan foydalanish uchun shunchaki filtrni tanlab, so'ngra unga yana bir martta bosing.

Yana bir maslahat: Instagram dagi LUX vositasidan foydalanmang. Uning vazifasi — kontrast kamchiligini tuzatishdan iborat bo'lib, bu suratni sun'iy qilib qo'yadi.

  1. Imkon boricha hamma yerda odamlarni suratga oling

Tabiat manzalari odamlar bo'lganida yaxshiroq ko'rinadi. Suratdagi inson hissiyotlarni bo'lishishga qodir. Xususan, dunyoning turli burchaklarida o'zini dugonasining qo'lini ushlab turgan holda suratga oladigan Murad Osmanning ishlari odamlar suratga o'ziga xoslik bag'ishlashining yorqin namunasidir («Ortimdan yur» suratlar seriyasi).

  1. Odamlar obyektlarning ko'lamini ko'rsatishga yordam beradi

Bu qadimiy Jerash shahri xarobalari. Agar bu suratdan inson olib tashlansa, biz bu inshootning ko'lami va ulkanligini his eta olmaymiz.

  1. Avtomobil oynasidan chiqib surat olishga urinib ko'ring

Siz hech qachon oldindan nima hosil bo'lishini bilmaysiz. iPhone qurilmasi bo'lsa, shunchaki ishga tushirish tugmasini bosing va seriyali suratga olish rejimida bo'lish uchun uni bosib turing. Android asosidagi smartfonda kamera sozlashlarida muvofiq rejimni (Burst Mode) tanlash orqali seriyali suratga olishni yoqish mumkin. Samsung smartfonlarida u Burst Shot deb nomlanishi mumkin. Ushbu suratni yaratishda Koul chayqalish effektini berish uchun Slow Shutter Cam vositasidan foydalangan.

  1. Qiziq kadrga ega bo'lishi uchun smartfonni avtoulovning tomiga joylang

 

ColeRise

 

Agar osmonda bulutlar bo'lsa, ularning avtomobil tomidagi aksi suratga ma'lum o'ziga xoslik bag'ishlaydi.

  1. Ajoyib aks etuvchi effektni yaratish uchun gadjetni suv yuzasiga olib boring
  2. Instagram uchun suratga olayotganda smartfonni vertikal holda ushlang

Vazifani osonlashtirish uchun kamerani vertikal holatda ushlang: kadr uchun kerakli hamma narsani kvadrat sohaga sig'dirish osonroq bo'ladi. Yanayam yaxshisi kamerani faqat kvadrat tasvirlarni suratga olishga sozlab qo'yish kerak.

  1. Manzaralarni suratga olishda to'siqni tushirish uchun tovushni sozlash tugmasini bosing

 

ColeRise

 

Aytingchi, iPhone qurilmasidagi kamerani ochib, shunchaki tovushni sozlash tugmasini bosish orqali suratga olish mumkinligi bilarmidingiz? Zero, bu Android boshqaruvi ostidagi telefonlar uchun adolatli. Samsung Galaxy S4 qurilmasida tovushni sozlash tugmasiga avvaldan belgilangan yaqinlashtirish funksiyasining o'rniga to'siqni tushirish funksiyasini o'tkazing. Tugmalarning bunday rokirovkasi suratni buzib qo'yishi mumkin bo'lgan “titroq qo'llar” effektining oldini olish uchun telefonni qulayroq ushlash imkonini beradi.

  1. Obyektni old planga chiqarishni istasangiz, yerga yaqinroq egiling

Smartfonlarning kameralarida keskinlik chuqurligi yaxshi emas, shuning uchun ayrim hiylalarni qo'llash mumkin. Masalan, kamerani yerga yaqinroqqa tushirish.

  1. O'zingizga e'tibor qaratmang va ryukzak taqib yurmang

Gadjetlarni osib olgan sayyoh – o'g'rilar uchun ajoyib nishon. Koul sayohatlar chog'ida hech qachon o'ziga tortuvchi kiyim kiymaydi, kamerasi va telefonini o'ziga yaqinroq tutadi va doim ryukzagini uyda qoldiradi. Ko'chadagi savdogarni yoki shunchaki odamni suratga olishdan avval albatta undan ruhsat so'rang. Odamlar buni qanchalar hush ko'rishlariga hayron qolasiz.

  1. Yomon ob-havo = ajoyib surat

 

ColeRise

 

Yomg'ir yoki do'l boshlanganida qochib ketmang. Bu yaxshi kadr qilish uchun eng zo'r sharoit. Bulutli kunlar – osmondagi o'ziga xos naqshlarni suratga olish uchun imkoniyatdir. Hattoki ob-havo juda yomon tuyulganida ham uyda o'tirmang.

  1. Hattoki eng kutilmagan lahzalarda suratga olishga tayyor turing 

 

ColeRise

 

Har doim ham suratga olishga yaxshilab tayyorgarlik ko'rish imkoniyati bo'lmaydi, ba'zida kutilmagan holatlar yuz beradi. Masalan, past uchib o'tayotgan mana bu samolyot tushirilgan kadr kabi. Shuning uchun, yaxshi kadrlarni qo'ldan chiqarishni istamasangiz telefoningizdagi kerakli tugmalarni yodlab oling. Masalan, Samsung smartfonlarida Camera Quick Access opsiyasi mavjud. Yangi Galaxy S6 qurilmasida esa o'rnatilgan xos tugmalar mavjud, shunchaki Home tugmasini ikki marta bosish kifoya.

  1. Eng yaxshi suratlarni olish uchun boshqalardan uzoqroqqa kiring

Go'zal joylarni ochishning yagona yo'li – o'ingizni tadqiq qilishga majburlashdir. Noodatiy kadrlar olishni istaysizmi? Sayyohlar to'plangan joydan uzoqroqqa keting.

Umuman olganda, Koul ayotganidek, yorqin hayotda yashang va shunda ajoyib suratlar hosil bo'ladi.