E’tiboringizga butun dunyodagi bosh oshpazlar sirlarini havola etamiz. Ular sizga mohir oshpazlar darajasida taom tayyorlashni o‘rganishga yordam beradi.

 1. Eng sersuv go‘sht

© depositphotos   © depositphotos   © depositphotos

Tovuq yoki yog‘siz cho‘chqa go‘shti uzoq qovuriladi, bunda go'shtni qurutvorish hech gap emas. Buni oldini olish uchun yevropalik oshpazlar ayyorona usulni qo‘llaydilar – maxsus namakobda ivitish. Bunday namakobni tayyorlash juda oson: 1 litr suvga 1/4 stakan tuz va ta’bga qarab 1/2 stakan shakar solinadi. Keyin esa go‘sht namakobga to‘liq bo‘ktirilib, sovutgichga yuboriladi.

Namakobda ushlab turish vaqti mahsulotning hajmiga og‘irligiga bog‘liq – 1 kg go‘sht 1 soat, biroq 8 soatdan ortiq va yarim soatdan kam ushlab turilmasligi kerak. Bundan tashqari, kichik bo‘laklar, masalan tovuq oyoqlari haqida aytadigan bo‘lsak, vaqt bo‘lakning o‘rtacha og‘irligi bilan hisoblanadi. Tayyorlashdan oldin go‘sht yuzasidan tuz qoldiqlarini olib tashlashni unutmang.

 

2. Xushbo‘y ziravorlar

© depositphotos   © depositphotos

Ziravor, masalan qora murch yoki zira o‘z ta’mini to‘liq taomga berishi uchun uni quruq tovada qizitib olish, keyin esa maydalash zarur. Bu tosh xavonchada amalga oshirilsa, uning ajoyib hidi umuman yo‘qolmaydi. Maydalangan qora murchni dumaloq murchga almashtirib ko‘ring – uni maydalab, taomga solsangiz odatiy ta’mga qanchalik maza berishini ko‘rasiz.

 

3. Yaxshi “ko‘tarilgan” pishiriqlar

© depositphotos   © depositphotos  

Xamir a’lo darajada tayyorlanishi uchun bor-yo‘g‘i bitta oddiy qoidaga amal qiling: yog‘ va tuxumni bir kun davomida xona haroratida qoldiring.

 

4. Qarsildoq baliq

© depositphotos   © depositphotos   © depositphotos  

Oq baliq go‘shtining usti ishtahaochar qarsildoq bo‘lishi uchun uni grilda qovurishdan oldin ustiga mayonez surtish lozim. Buning uchun oshpazlar cho‘tkasini olib uning uchini sousga botiring va bir necha tezkor harakatlar bilan baliq ustiga surting. Ana endi ta’bga qarab tuz sepib, uni grilga qo‘ying. Baliq go‘shti yuzasining ajoyib yupqa qarsildoq bo‘lishi kafolatlanadi. Ha, aytgancha. Baliqni pishirayotganda ziravorlardan ko‘p floydalanmang, yaxshisi faqat tuz seping va oxirida biroz limon sharbatidan foydalanilsa kifoya.

 

5. Yog‘siz lahm go‘sht

© depositphotos 

Dunyodagi mashhur oshpazlardan biri Alen Dyukass lahm go‘shtni mazali qilb pishirish sirini ochdi. Qovurish jarayonida u go‘sht bo‘lagini tovaga yog‘ qavati bo‘lgan tarafi bilan joylashtiradi. Bu go‘shtni mazali qilibgina qolmay, boshqa yog‘ ishlatish zaruratidan ozod etadi.

 

6. Yoqimli kartoshka pyuresi

© depositphotos   © depositphotos   

Qaynatilgan kartshokani pyurega aylantirishdan oldin uni yaxshilab quritish kerak. Bunin guchun uni quruq tovaga soling va qolib ketgan suv parlanguniga qadar ushlang. Asosiysi, kartoshka yuzasi qovurilishni boshlmasligi kerak. Ana shundan keyingina pyureni tayyorlash lozim – bu usul juda mayin va ajoyib taom tayyorlashingizda yordam beradi. Kichik sir: pyurega aylantirish jarayonida qaynoq sut sizga sachramasligi uchun kartoshkani biroz ezib, keyin suyuqlik qo‘shish tavsiya etiladi.

 

7. Eng mazali blinchiklar

© depositphotos   © depositphotos   

Retseptidan qat’iy nazar blinchiklar uchun tayyorlangan xamirga doim katta qoshiqda yaxshi smetana qo‘shish maqsadga muvofiq. Bu usul barcha holatlar – shirin yoki shirin bo‘lmagan blinchiklarni tayyorlashda o‘z samarasini beradi. Ular mayin va mazali chiqadi, qiymani o‘rash davomida yorilib ketmaydi.

 

8. Shakar faqat shirinliklar uchun emas 

 © depositphotos   © depositphotos   

Shakar tuz kabi ziravor bo‘lishi mumkin. Yangi, konservalangan tomat yoki tomat pastasi ishlatiladigan har qanday taomga bir chimdim shakar qo‘shing. Bu ularning nordonligini yo‘qotish va taomning haqiqiy ta’mini bilish imkonini beradi.

 

9. Ideal darajada tayyorlangan lahm go‘sht

© depositphotos  

Endigina sovutgichdan olingan go‘shtni hech qachon qovurmang. Uni xona haroratida bir-ikki soatga qoldiring. U “isib oladi” va tayyorlash jarayonida bir xil qovuriladi. Aynan shu tufayli qovurilishi qay darajada bo‘lishidan qat’iy nazar lahm go‘shtni ideal darajada tayyorlaysiz. Usti qarsildoq bo‘lishi uchun go‘shtni qovurishdan oldin qog‘oz sochiqcha bilan quritib oling.

 

10. Eng murakkab taom – ajoyib glazunya

© depositphotos   © depositphotos   

Ideal glazunyaning uch asosiy tarkibi mavjud: qalin devorli tova, sariyog‘ va past harorat. Tovani biroz qizdirib oling va yarim choy qoshiq sariyo soling. U “vishillamasdan” erishi kerak. Keyin tovaga tuxum chaqib, 4 dan 5 daqiqagacha tayyorlang. Tuz seping va keyin ta’tib ko‘rishingiz mumkin.

 

12. Shaffof qaynatma sho‘rva

© depositphotos  

Shaffof tovuq qaynatmasi – ko‘plab sho‘rva, qayla va boshqa taomlar asosi sanaladi. Qaynatma “shishasimon” bo‘lishi uchun sho‘rva uchun maxsus tovuq go‘shtidan foydalanish va qopqog‘ini yopmasdan 3 soatdan kam bo‘lmagan vaqt davomida juda past olovda pishirish, o‘z vaqtida ko‘pigini olib qaynab ketishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bir yarim soatlik qaynashdan keyin qaynatmaga petrushka yoki selder ildizi, sabzi va piyoz solish mumkin.

Mol va qo‘y go‘shtidan qaynatma tayyorlashda esa ularni maydalab, quruq qizitilgan tovaga qora qarsildoq yuza xosil bo‘lguncha solib, keyin qaynatmaga qo‘shish lozim. Bu taomga g‘aroyib ta’m va rang beradi.

 

13. Qarsildoq non

© depositphotos   © depositphotos   © depositphotos

Uy sharoitida non tayyorlaganda uni qarsildoq bo‘lishida murakkabliklar yuzaga keladi. U juda rangsiz holatda qolib, deyarli toshga aylanib qoladi. Muammoni hal qilish yo‘li juda oson: gaz duxovkasiga biroz suv to‘ldirilgan idish qo‘ying. Par o‘z ishini amalga oshiradi – nonning yuzasi qarsildoq, chiroyli bo‘ladi.

 

14. Piyozni to‘g‘ri qovuring

© depositphotos   © depositphotos   © depositphotos  

Tovani o‘rta olovga qo‘ying, uni qiziting, sariyog‘ va o‘simlik yog‘i qo‘shing va to‘g‘ralgan piyozni tuz bilan soling. Tuz bir vaqtning o‘zida bir necha vazifani bajaradi: yoqimsiz hiddan xalos etadi, piyozga tezroq tayyor bo‘lish va biroz shirinlik ta’mini berib, karamellashtirishda yordam beradi. Piyozni faqat sariyog‘da qovurish mumkin, u qizish jarayonida qorayib ketmasligi uchun eritilgan yog‘dan foydalaning.

 

15. Sarimsoqdan qo‘rqmang

© depositphotos   © depositphotos   

Sarimsoqdan nafaqat vampirlar qo‘rqishadi. Axir og‘izdagi badbo‘y hid ishga oid yoki romantik uchrashuvning “beliga tepishi” mumkin. Agar bu sabzavotni yoqtirsangizu, ko‘rishishni istayotgan odamni cho‘chitib yuborishdan qo‘rqayotgan bo‘lsangiz, uni taomga solmang, tarelkaga sarimsoq surting. Taomga uning hidi o‘tadi, siz esa yoqimsiz hidni chetlab o‘ta olasiz.

 

Bonus: kuyishga qarshi qatlamga ega tovalarga yo‘q deymiz!

© depositphotos   © depositphotos  

Sezgan bo‘lsangiz kerak, zamonaviy tovalarning ko‘pchiligida qarsildoq yeguliklarni tayyorash qiyin. Buning sabab tag olish qarshi qavatdir. Bunday tovalarda faqat tuxum, omlet va blinchilar tayyorlang. Agar baliq, go‘sht yoki kartoshka yuzasi qarsildoq chiqishini istasangiz, tag olishga qarshi qatlamga ega bo‘lmagan yaxshi tova sotib oling va farqni his eting.

 

depositphotosdepositphotos prevyusidagi suratlar