Haqiqiy hayotda hech kim, hattoki o'ta mukammal modellar ham, huddi reklamadagidek ko'rinmaydi. Bu nafaqat odamlar, balki yeguliklarga ham tegishli. Tasavvur qiling-a, uslubchilar hatto taomlarni ham bezash bilan shug'ullanar ekan.

Mevalarga yaltiratadigan dezodorant sepiladi

Reklamadagi mevalar yaltirba turishi kerak va ma'lum bo'lishicha, buning uchun qandaydir maxsus vositalar shart emas. Shunchaki sprey ko'rinishidagi dezodorant ham bo'ladi. U asosiy xususiyatlaridan tashqari, qulupnay, uzum, olma va boshqa ko'plab mevalarni yaltiratib berishi mumkin. Ayrim fud-uslubchilar aynan shu maqsadda soch uchun lakdan foydalanadilar.

 

Quymoqlar ustidan qiyom o'rniga motor moyi quyiladi

Haqiqatdan ham ko'ngilni ozdiradigan taom, ammo o'ta ishonarli ko'rinadi. Haqiqiy qiyomni quymoq tez shimib oladi, shuning bois suratkash kerakli kadrlarni olishga ulgurishi uchun motor moyidan foydalaniladi. Shuningdek, yana bir usul mavjud: quymoqlar ustidan poyabzal yoki mato uchun suvni itaruvchi sprey sepiladi. U hech qanday qiyom ta'sir qila olmaydigan himoya qobig'ini yuzaga keltiradi.

Burgerlardagi kotletlar poyabzal kremi bilan bo'yaladi

Burgerlar reklamasidagi kotletlar deyarli xom bo'lib, namligini yo'qotmay, katta va shirador bo'lib qolishi uchun bir necha soniyagina qovuriladi. Yanada haqiqatga yaqin ko'rinishi uchun ular poyabzal kremi bilan bo'yaladi. Gril izlarini o'xshatadigan chiziqlar uchun esa kotletlar ustiga qizdirilgan six bosiladi. Lekin, burgerlar bilan ishlatiladigan hiylalar hali juda ko'p.

Dengiz mahsulotlari glitserin bilan qoplanadi

Dengiz mahsulotlari tez shamollab, qurib qoladi va bu suratkashlarga yoqmaydi. Krevetkalar va boshqa bengiz tuhfalari iloji boricha uzoqroq yangi va shirali ko'rinishi uchun, ularga suv va glitserin aralashmasi bilan ishlov beriladi.

Xitoy lag'moniga glyukoza sharbati qo'shiladi

Lag'mon tez tayyorlanadi, ammo shuncha tez qurib, ko'rinishini yo'qotadi. Bunga yo'l qo'ymaslik uchun uning ustidan odatda shirinliklarni tayyorlashda qo'llaniladigan glyukoza sharbati quyiladi.

Tortlar karton bilan taxlanadi

Tort qavatlari hajmini yaxshiroq ushlab turishi va kremdan ho'llanib qolmasligi uchun ularning orasiga kartonlar qo'yiladi va tish kavlagichlar bilan mahkamlanadi. Bu kabi usullar shuningdek sendvichlar va burgerlar reklamasida ham qo'llaniladi.

Ichimliklarda ko'pik hosil qilish uchun suyuq sovun ishlatiladi

Sut, kofe va pivo kabi ichimliklarni suratga olishda mutaxassislar ularga suyuq sovun yoki idish yuvish vositasini qo'shadilar. Bu tabiiy ko'rinadigan va ichimliklarni jozibador qilib ko'rsatadigan barqaror ko'pikni hosil qiladi.

Muzqaymoq kartoshka bo'tqasiga alishtiriladi

Studiyadagi yoritish moslamalari tufayli muzqaymoq tez shaklini yo'qotib, erib ketadi. Shu bois, uning o'rniga bo'yalgan kartoshka bo'tqasi yoki kraxmal, shakar kukuni, jo'hori sharbati, yog' va boshqa masalliqlardan iborat pasta ishlatiladi. Bularning barchasi mazali emas, ammo huddi haqiqiy muzqaymoqdek ko'rinadi va erimaydi.

Ko'pirtirilgan qaymoq rolida — soqol olish uchun krem

Soqol olish uchun mo'ljallangan krem shaklini ancha yaxshi ushlab turadi va ko'pirtirilgan qaymoqdan farqli o'laroq erimaydi. Bu suratkashning ishini sezilarli darajada osonlashtiradi. Yagona havotirga soladigan narsa – modellar adashib «shirinlik»ni yeb qo'ymasligini nazorat qilishdir.

Muz bo'laklari plastikdan yasalgan

Huddi muzqaymoq singari muz ham yoritish moslamalari ostida tez erib ketadi. Plastik kublar yaxna ichimliklar reklamasi uchun ajoyib tarzda mos keladi. Aytgancha, ularni ham muzlatish va muvofiq tarzda ishlatish mumkin.

Yorma reklamasidagi sut o'rniga yelim ishlatiladi

Haqiqiy sutda yormalar tez namlanib, taqsimcha tubiga cho'kib qoladi. Agar sut o'rniga PVA yelimidan foydalanilsa, suratga olish davomida yormalar tepada qolib, dastlabki ko'rinishini yo'qotmaydi.

Gazlangan suvga antatsid vositalar qo'shiladi

Limonaddagi uglerod oksid gazining pufakchalari ancha tez yo'qoladi. Biroq, odamlar me'da qaynashidan halos bo'lish usun ishlatadigan antatsid vositasi gazlangan suvga qo'shilsa yana pufakchalar hosil bo'ladi. Gazlangan suv va antatsidlar birikmasi neytrallashuv kimyoviy reaksiyasini yuzaga keltiradi va pufakchalar suratkashga kerak vaqtgacha paydo bo'laveradi.

Gril tovug'ining ichi qog'oz sochiqlarga to'ldiriladi

Aslida tovuq muvofiq ravishda grilda tayyorlanmaydi. Huddi fastfud uchun kotletlar kabi tovuqqa eng kam issiqlik ishlovi beriladi va bo'yaladi. Jozibador hajm berish uchun esa tovuq ichi qog'oz sochiqlar bilan to'ldiriladi va tikiladi.

Qayla tayyorlash uchun mumdan foydalaniladi

Qayla qancha quyuq bo'lsa, suratkash uchun shuncha yaxshi. Shu bois qaylalarga mukammal qubqlik bag'ishlaydigan turli rangdagi eritilgan mumlar qo'shiladi.

Bug' sun'iy ravishda yaratiladi

Huddi hozirgina tayyorlangandek ishtahani ochar darajada bug'lanib turgan taom aslida umuman issiq bo'lmasligi ham mumkin. Suratkashlarda bu manzarani hosil qilish uchun qo'llaniladigan bir nechta usul mavjud (fotshopdan tashqari):

  • taomni «bug'lanib» turishga majbur qiladigan va ustidan bir necha bor yurgizalidan bug'lantirgich;
  • paxtali sharchalar – ular suvga botirilib, mikroto'lqinli pechga qo'yiladi, so'ngra taom ichi va uning orqasiga joylanadi. Isitilgan paxta bir necha daqiqa davomida bug' chiqarib turadi. Bu vaqt ichida suratkash o'z ishini bajarishga ulguradi;
  • kerakli miqdorda bug' ajratib beradigan maxsus bug' o'xshatish moslamasi.