«Mayak»ishlab chiqarish birlashmasi, Ozyorsk shahri, Rossiya

 

Manba

 

 «Mayak» — bu yadroviy qurol tarkibiy qismlari, izotoplarni ishlab chiqarish, ishlatilgan yadroviy qurolni saqlash va qayta tayyorlash bo'yicha ulkan majmua. 1957 yilda bu yerda ko’lami bo’yicha uchinchi o’rindagi (Chernobil va Fukusimadagi halokatlardan keyin) avariya yuz berib, natijada 100 tonnaga yaqin radioaktiv chiqindi atrof-muhitga tarqalgan. So'ngra katta hududni ifloslantirgan portlash sodir bo'lgan.

Shundan buyon zavodda ko'plab shtatdan tashqari holatlar yuz berishi oqibatida chiqindilar tashqariga sirqib ketgan.

 

Sibir kimyo kombinati, Seversk shahri, Rossiya

 

Manba

 

Korxona o'ziga tutashgan hududdagi yer osti suvlarini ifloslantiradigan 125 000 tonna qattiq chiqindilarni qayta ishlaydi. Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, shamol va yomg'ir bu chiqindilarni ancha uzoq masofalarga yetkazadi.

1993 yilda bu yerda atmosferaga radioaktiv moddalar sirqib chiqqan va 1 946 kishi nurlanishga duchor bo'lgan.

 

Sinov poligoni, Semipalatinsk (Semey) shahri, Qozog'iston

 

Manba

Qozog'istondagi mashhur poligon ko'plab zararlangan obe'ktlar joylashgan ulkan maydonni egallagan. Bu yerda Sovet Ittifoqida yadro portlashi amalga oshirilgan. Mazkur poligon – jahondagi yadro portlashlarining eng katta jamlanmasi bo'yicha rekordchi hisoblanadi. Bu joyda yadro portlashi natijasida hosil bo'lgan sun'iy ko'l hamda boshqa ko'plab g'aroyib, ammo juda xavfli hududlar mavjud.

 

G'arbiy tog'-kimyo kombinati, Mayluu-suu shahri, Qirg'iziston

 

Manba

 

Mayluu-Suu dunyodagi eng ifloslangan hududlardan biri sanaladi. Bu joyda uran qazib olinadi. Har yili qariyb 2 million kub metrga teng radioaktiv chiqindilar ishlab chiqarilib, korxonadan uzoq bo'lmagan yerda saqlanadi.

 

Chernobil atom elektr stansiyasi, Pripyat shahri, Ukraina

 

Manba

 

Pripyat daryosi va shu nomdagi shahar bugungi kungacha inson faoliyatining qora yodgorligi hisoblanadi. Eng yirik texnogen halokat oqibatida hosil bo'lgan chiqindilar hattoki Povoljeni ham qoplab olgan, ammo faqat stansiya atrofidagi yerlar hozirgacha o'lik hudud hisoblanadi. Ayni paytda tutash hududlarda muntazam ravishda nurlanish ta'siri ostida bo'lgan 6 millionga yaqin odam istiqomat qiladi. Chernobildagi yadro halokati natijasida atmosferaga chiqarilgan radiatsiya Nagasaki va Xirosimada yadro bombalari portlashi oqibatida chiqarilgan radiatsiyadan 100 barobarga ortiq bo'lgan.

 

O'rta-buloq gaz koni, O'zbekiston

 

Manba

 

Ushbu gaz konida 1963 yilning 1 dekabrida tabiiy gaz sirqishiga bog'liq avariya yuz bergan. Burg'ulash chog'ida qariyb 300 atmosferaga teng bosim ostidagi tabiiy gaz bo'lgan anomal yuqori qatlam bosimi (AYUQB) teshilgan. Avariyaning oqibatlari 1966 yilning 30 sentyabrida yo'naltirilgan yadro zaryadi yordamida bartaraf etilgan. Natijada yoriq to'silib, avariya bartaraf etilgan, biroq yaqin atrofdagi hududlarga radiatsiya tarqalgan.

 

Ayxal qishlog'i, Rossiya

 

Manba

 

1978 yilning 24 avgust kuni Ayxal qishlog'idan 50 kilometr sharqda «Kraton-3» loyihasi doirasida seysmik faollikni o'rganish uchun yer osti portlashi amalga oshirilgan. Portlash kuchi 19 kilotonnani tashkil etgan. Bu harakatlar natijasida tashqariga yirik radioaktiv sirqish yuz bergan. Sirqish shu qadar yirik bo'lganidan hattoki, hukumat tomonidan ham tan olingan. Vaholanki, Yakutiyada juda ko’p yer osti dyaro portlashlari sodir etilgan. Hozir ham yuqori ton ko'plab hududlarga xos.

 

Udachninsk tog'-boyitish kombinati, Udachniy shahri, Rossiya

Manba

 

«Kristall» loyihasi doirasida 1974 yil 2 oktyabrda Udachnыy shahridan 2 kilometr uzoqlikdagi masofada 1,7 kilotonna kuchga teng yer usti portlashi amalga oshirilgan. Bundan ko'zlangan maqsad Udachninsk tog'-boyitish kombinati uchun to'g'on hosil qilish edi. Afsuski, portlash bilan birga yirik sirqish yuz bergan.

 

Pechora — Kama kanali, Krasnovishersk shahri, Rossiya

 

Manba

 

Perm viloyatidagi Cherdinsk tumanining Krasnovishersk shahridan 100 kilometr shimolda 1971 yil 23 martda «Tayga» loyihasi amalga oshirilgan. Uning doirasida Pechora — Kama kanali qurilishi uchun har biri 5 kilotonna kuchga ega uchta zaryad portlatilgan. Portlash yuzaki bo'lgani uchun chiqindilar sirqishi yuz bergan. Kattagina hudud zararlangan bo'lsada, hozir ham bu yerda odamlar yashab keladi.

 

569-qirg'oq texnik bazasi, Andreyev qo'ltig'i, Rossiya

 

Manba

 

Ishlatilgan yadroviy yoqilg'ini saqlash joyi Murmanskdan 55 kilometr shimoli-g'arbda va Norvegiya chegarasidan 60 kilometr masofadagi G'arbiy ko'rfazining qirg'og'ida joylashgan. 1982 yilning fevralida bu yerda radiatsiya avariyasi – havzadan radioaktiv suvning sirqishi yuz bergan. Halokat oqibatlarini bartaraf etishga olti yil ketgan. Shu davr ichida Barensev dengizi suvlariga 700 ming tonnadan ortiq yuqori radioaktiv suv sirqigan. Hozirda bu joy bo'sh holda qolgan. Zararlanish shu qadar jiddiy bo'lganki, uning oqibatlari yana juda uzoq vaqt seziladi.

 

 «Globus-1» poligoni, Galkino qishlog'i, Rossiya

 

Manba

 

1971 yilda bu yerda «Globus-1» loyihasi bo'yicha yana bir tinch yer osti portlashi amalga oshirilgan. Maqsad yana seysmik kuzatishlar bo'lgan. Zaryadni joylashtirish uchun mo'ljallangan yoriq ustuni sifatsiz sement bilan qoplangani bois atmosfera va Shachu deryosiga zararli moddalar sirqishi yuz bergan. Bu joy –Moskvaga eng yaqin rasman tan olingan texnogen zararlanish hududi.

 

«Yunkom» koni, Donetsk shahri, Ukraina

 

 Manba

 

Bu obyekt yana «Klivaj» deb ham nomlanadi. Chiroyli nom ortida Ukraina SSRning Donetsk viloyati hududidagi «Yunkom» konining sharqiy qanotida 0,3 kilotonnaga teng yer osti yadro portlashi yashiringan. Jiddiy sirqishlar yuz bermagan, ammo hozirda kon suv bilan to'ladi va ekologlar katta hududdagi yer osti suvlari zararlanishi ehtimolidan asosli ravishda qo'rqmoqda.

 

Chajma bo'g'ozi, Naxodka shahri, Rossiya

 

Manba

 

Bu yerda 1985 yilning avgust oyida HDF kemasozlik zavodi pirsi yaqinida 675 loyihasining K-431 atom suv osti kemasida avariya yuz bergan. Ifloslanish qariyb 100 ming kvadrat metrga teng maydonni egallagan. Avariya bartaraf etilganidan so'ng kema huddi shu avariya oqibatida radioaktiv ifloslanish tufayli 627A loyihasining APL K-42 «Rostovskiy komsomolets»i bilan birga uzoq muddatli saqlash uchun Pavlovskiy bo'g'oziga olib ketilgan.

 

Gaz-kondensat koni, Krestiщye qishlog'i, Ukraina

 

Manba

 

Mazkur hududda tinch maqsadda yadro portlashidan foydalanish bo'yicha navbatdagi omadsiz tajriba o'tkazilgan. Aniqrog'i, kondan sirqib chiqayotgan gazni bir yil davomida to'xtatish imkoni bo'lmagan. Portlash bilan birga chiqindi sirqishi, unga xos qo'ziqorin ko'rinishi va tutash hududlarning zararlanishi kuzatilgan. Avvalgi va hozirgi vaqt uchun radiatsiya foni haqidagi rasmiy ma'lumotlar yo'q.

 

Totsk poligoni, Buzuluk shahri, Rossiya

 

Manba

 

Qachonlardir ushbu poligonda «Snejok» nomli tajriba – yadro portlashi oqibatlarining odamlarga ta'siriga oid dastlabki sinov o'tkazilgan. Mashqlar chog'ida Tu-4 qiruvchisi trotil ekvivalentida 38 kilotonna kuchga ega yadro bombasini tashlagan. Portlashdan taxminan uch soat o'tgach zararlangan hududga 45 ming harbiy xizmatchi yuborilgan. Ulardan sanoqlilari tirik qolgan. Hozirda poligon mavjudmi yoki yo'qotilganmi – ma'lumot yo'q.