1 aprel – tasavvuringiz sarhadlaridan chetga chiqib, yaqinlaringiz hamda hamkasblaringiz bilan birga hazillashish va quvnash mumkin bo'lgan kundir. Shu munosabat bilan LifeHaq.uz istalgan didga mos keladigan -  eng ziyonsizlaridan to chaqqon qochish ko'nikmasi talab etiladiganlarigacha (qurbonda yomon hulqingizni muhokama qilish istagi tug'ilishi tayin) - ajoyib hazillar ro'yhatini tuzib chiqdi.

«Sut dog'i»

© instructables.com  

Yelimni shisha ustiga quyib dog' shakliga keltiring. Quriganidan so'ng uni klaviatura ustiga qo'ying. Tayyor!

 

Kran ham quvnoq tus olishi mumkin

© texasmonkey.blogspot.ru  

Ozuqa bo'yog'ining bitta tabletkasini taqsimlagich ichiga soling va rang-barang tongni qarshi oling.

 

Mashinadagi stikerlar

© malaysiaminilover.com  

Buning uchun juda ko'p stikerlar kerak bo'ladi, ammo natija o'z samarasini beradi. Masalahat: mashinaning turli qismlari tovlanib turadigan ranglarni avvaldan o'ylang. Hattoki, yozuv hosil qilsa ham bo'ladi. Tasavvurga erk bering!

 

Banan yoki keks?

 

© imgur.com  

Shirinliklarni hush ko'ruvchilarga bag'ishlanadi. Banan shaklida pishirilgan keksni sovuting va ustidan krem bilan qoplang. Kimnidir g'aroyib bana bilan mehmon qiling!

 

Sevimli hamkasbingiz uchun ko'k rangli "o'lim ekrani"

© popsugar.com  

Bunday printscreen tajribasiz foydalanuvchini dahshatga soladi. Maslahat: taassurot buzilmasligi uchun ish stolini tozalang va yelimqog'ozlar bilan suratni joylang.

 

Ilon qayerda?!

© librarylearners.com  

Bo'sh katak va “Ilonga tegmang” yozuvi kutilgan natijani beradi. Ayniqsa, atrofda yo'qolgan sudraluvchini izlab har bir burchakni tekshirayotgan telbanamo qarashli ilon egasi aylanib yursa – yanada qiziq bo'ladi.

 

Mavhumlikka sakrash

© imgur.com  

Biron-bir odamning kutilmagan holatdan sakrab tushganini ko'rganmisiz? Maslahat: qurbonning qo'lida sinadigan yoki oson to'kiladigan narsa yo'qligiga ishonch hosil qiling.

 

Makkor "sichqoncha"

© popsugar.com  

Sichqonchaga quvnoq rasmlarni yopishtirib qo'ying. Maslahat: ham kulguli, ham oddiy do'stona rasmlardan foydalanish mumkin.

 

Uyda sichqon

© themetapicture.com  

Uyda yurgan sichqonni tasvirlash qiyin emas – shunchaki, to'nkarilgan quti va hajmi mos keladigan dumli lavlagi kerak bo'ladi. Maslahat: mukammal lavlagi topilmasa, arqondan yasalgan dumli kartoshka ham bo'laveradi.

 

Ofis janglari ana shunday boshlanadi

© reddit.com  

Yo'q-yo'q, bugun hech qanday pitssa bo'lmaydi. So'rashga ham hojat yo'q.

 

O'rgimchakni yoqtirmaydigan do'stingiz bormi?

© cbc.ca  

Bu hazil uchun Sizga kichkina plastmassa hasharotlar va bo'lajak tushlikka putur yetkazayotganingizda qurbonni chalg'ituvchi ozgina omad kerak.

 

Shirinlikka nima deysiz?

 

© theidearoom.net  

Yaqinlaringiz va hamkasblaringizni qirg'ichdan chiqarilgan kartoshka va kolbasadan tayyorlangan ajoyib tort bilan hushnud eting. Tort mazali bo'lsa-da, ko'rinishidan ancha farq qiladi.

 

Kosmonavt sharbati

© meetthedubiens.com  

Ushbu “jele”li sharbatni ichishni iloji bo'lmasa kerak, ammo to'nkarilib ketgan stakandagi sharbat nega to'kilmaganini tushuna olmay turgan odamning hayratini kuzatish ancha ijobiy kayfiyat bag'ishlaydi.

 

Biz hozirgina yangi gilam sotib oldik

© laniebuck.blogspot.ru  

Bo'yalgan yelimli dog'ni istalgan yuzalarda qo'llash mumkin. Maslahat: yelim butkul quriganiga ishonch hosil qiling, aks holda gilamga yaxshi bo'lmaydi.

 

Klassika barhayot

© sheknows.com  

Shaffof lak bilan qoplangan sovunli zararsiz va quvnoq hazil – ko'pgina odamlar suv ostida sovunni ishqalab, bir gramm ham ko'pik ololmay hayratlanganlar.

 

«Bo'lishish kerak», — derdilar onam

© lifeatwillowcottage.blogspot.ru  

Qalbaki pechenelar shirinlik sevuvchilar orasida katta talabga ega bo'ladi. Maslahat: pechene ichidagi kremni ehtiyotkorlik bilan oling, chunki makkorona rejangiz uchun u butun bo'lishi kerak.