Yangiliklarni ko'rib navbatdagi salbiy oqimni qabul qilmagan kunimiz yo'q

Siz bilan faqatgina yaxshi va yorug' narsalarni bo'lishishni istadik va Yer yuzida hali hammasi tugamaganini ko'rsatish uchun yaxshi faktlar va yangiliklarni to'pladik.

 

1. Tog' qoplonlari yo'qolayotgan tur toifasidan chiqarildi

 © pixabay

 

Xalqaro tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish uyushmasi sentyabr oyida tog' qoploni, yoki ilvirsni yo'qolayotgan turlar ro'yhatidan chiqardi. Yo'qolabi borayotgan toifaga soni 2 500 dan kam qolgan hayvonlar kiritiladi. Bugungi kunda Rossiya, Markaziy va Janubiy Osiyoda 7 500 ga yaqin tog' qoploni yashamoqda.

 

2. Lixtenshteyn so'nggi urushga 80 ta askarni jo'natgan, ammo uyga 81 ta qaytgan

 

 © pixabay

 

1866 yilda Lixtenshteyn ishtirok etgan so'nggi urushga mamlakat 80 nafar askarni jo’natgan. Jami 80 ta, hattoki 81 ta askar uylariga to'liq va zararsiz qaytib kelgan. Gap shundaki, ular do'stlashib qolgan italiyalik askarni o'zlari bilan birga olib ketishgan.

 

3. Olmaxon dumidan soyabon sifatida foydalanadi

 

© Ray yeager   

Olmaxonlar yog'ingarchilikdan himoyalanish uchun dumidan foydalanishi mumkin: masalan, uni qorga qarshi soyabonga aylantiradi.

 

4. Qon quyish stansiyalari donorlarga SMS yuboradi

 

 © JonnyX/pikabu   

Ayrim davlatlar, masalan Rossiya va Shvetsiyada, qon quyish stansiyalari qonlari kimgadir to'g'ri kelib, hayotni qutqarib qolganida donorlarga xabarlar jo'natadi. Bunday xabarni olgach, hammasi bekorga emasligini tushunib yetsang kerak.

 

5. Norvegiyada polkovnik maqomiga ega pingvin bor. Shuningdek, u ritsar hamdir

 

 © Rogelio A. Galaviz C./flickr 

 

Ser Nils Ulaf – qirol pingvini. U Edinburgdagi hayvonot bog'ida yashaydi, ammo Norvegiya Qirollik gvardiyasining fahrli qo'mondoni va tumori hisoblanadi. Unga fahrli polkovnik maqomi berilgan bo'lib, 2008 yilda ritsarlik darajasiga ko'tarilgan.

 

Savol tug'iladi: siz-chi, nimaga erishdingiz?

 

6. Butan mamlakatdagi farovonlikni yalpi milliy baxt bilan belgilaydi

 

 © pixabay 

 

Boshqa davlatlar yalpi ichki mahsulot – moddiy ko'rsatkich haqida bosh qotirayotgan bir vaqtda, Butanda ma'naviyat yuqori darajaga qo'yiladi. Bu - davlat falsafasi. “Xalqning baxti yalpi ichki mahsulot foizlaridan muhimroq”, - deydi qirol Jigme Singe Vangchuk.

 

7. Kalanlar, yoki dengiz qunduzlari suvda panjalaridan ushlab turibdilar

 

© joe robertson/flickr   

Dengiz qunduzlari suvda uxlayotganida oqim bir-biridan uzoqqa olib ketmasligi uchun panjalarini ushlab yotadilar. Shuningdek, bu jonivorlarda yegulik yoki semimli toshchani solish mumkin bo’lgan cho'ntak mavjud.

 

8. «Soyuzmultfilm» bolalikdagi sevimli multfilmning davomini ishlaydi

 

© Союзмультфильм

 

2018 yilda bizni «Prostokvashino» multfilmining 30 ta yangi epizodi kutmoqda. Aytarli muhim gap emas, ammo biram yoqimli va nurliki, zero bir necha daqiqaga bolalikka qaytish har doim ajoyibdir.

 

9. Germaniyada qat'iy sababsiz hayvonlarni zaharlash ta'qiqlangan

 

© bestocker/twitter 

 

Nemis boshpanalarida jonivorlar faqatgina egalari ulardan voz kechgani uchun zaharlab o’ldirilmaydi. Bu yerda mushuklar, itlar va ekzotik jonivorlar qachon kimdir olib ketishini kutib, ishchilar va ko'ngillilarning parvarishi bilan yaxshi sharoitlarda yashaydi. Aytgancha, Germaniyada boshpanalardan 90% jonivorlar boqib olinadi.

 

10. Yapon makakalari ko'rgilhushlik uchun qorbo'ron o'ynamoqda

 

© Masashi Mochida/twitter 

 

Mazkur jonivorlar qishga moslasha olishidan tashqari, undan zavq ham olishning uddasidan chiqadi. Bu kichkintoylar epchil va uddaburon bo'lib, bir-biri bilan qorbo'ron o'ynashni juda yoqtirishadi.

 

 © Masashi Mochida/twitter 

 

11. Musiqachi Billi Joel muxlislariga birinchi qator chiptalarini bepul tarqatadi

 

 © slgckgc/flickr 

 

Billi Joyel o'z konsertlarida birinchi qatorlar uchun chiptalarni katta qiymatda sotmaydi. Musiqachining tan olishicha, uning ijodini hattoki haqiqatdan bilmaydigan boylarning ko'z oldida o'tirishi yoqtirmaydi va ularning butun qiyofasi “Qani bo'l, meni hursand qil” degandek ko'rinadi.  Buning o'rniga Billi uni chindan yaxshi ko'radigan, ammo qimmatli chiptani sotib olishga qurbi yetmaydigan haqiqiy muxlislariga tarqatadi.

 

12. Yaponiyalik g'avvos 25 yildan buyon baliq bilan do'stlashadi

 

© 波左間海中公園/facebook   

Yaponiyalik g'avvos Xiroyuki Arakava 25 yil avval suvga sho'ng'ishlarining birida baliqni o'lim havfidan qutqargan va uni Yoriko deb nomlagan. Qariyb 3 o'n yillik o'tgan bo'lsa-da, Yorika o'z haloskorini unutmagan va g'avvos suvga sho'ng'iganida baliq uning yoniga suzib kelib, o'zini silashga va o'pishga ruhsat beradi.

 

13. Italiyalik yoshlar madaniy tadbirlar uchun hukumatdan pul oladi

 

© depositphotos   © depositphotos 

2016 yildan boshlab Italiyadagi har bir 18 yoshli o'smir 500 Yevrolik “madaniy bonusdan” foydalanishi mumkin. Bu pullarni yoshlar madaniyatini boyitishga – teatrlar, konsertlar, muzeylarga borishga, kitoblar sotib olishga ishlatishi kerak. Pullardan ilovani smartfon yoki kompyuterga ko'chirib olib, unda ro'yhatdan o'tgangan keyin foydalanish mumkin.

 

14. Delfinlar bir-birining ismlarini biladi

 

© depositphotos

 

Delfinlar bir-birini ismi bilan chaqira oladi. Albatta, ular odamlarnikiga o'xshaymaydi va ko'proq chiyildoq tovushlar to’plamini eslatadi. Har bir delfin o'zining noyob tovushiga javob qaytaradi.

 

15. The Beatles qo'shiqlarida «sevgi» so'zi 613 marotaba qaytariladi

 

© Roger/flickr 

Va bu ajoyib.

 

16. Yolg'iz yaponiyalik o'zi «Fukusima»dagi avariyadan so'ng tashlab ketilgan jonivorlarni boqadi

 

© Naoto Matsumura, Guardian of Fukushima's Animals/facebook   

Naoto Matsumura ismli kishi Tomioka qishlog'ida yashaydi. Qachonlardir bu yerda 16 ming aholi bo'lgan, ammo «Fukusima»dagi halokat tufayli hozir bu kishi yolg'iz qolgan. Uning uyida elektr va suv yo'q, lekin u ketmaydi: Naoto odamlar tashlab ketgan o'nlab otlar, mushuklar va itlarga g'amxo'rlik qiladi. Bu odam – ularning yagona umidi.