Odam ko‘p tonnali temir qushni qanday qilib osmonga ko‘tarishga muvaffaq bo‘layotganiga ishonishdan ko‘ra sehr-joduga ishonish osonroq. Bilmaslik noaniq narsaga bo‘lgan qo‘rquvni uyg‘otadi. Shuning uchun ko‘plab uchuvchilar va aviakompaniyaning boshqa xodimlari nimadan haqiqatan ham qo‘rqish hamda samolyotlar g‘aroyib ekani haqida huzur bilan gapirib beradilar.

Samolyotni umrida hatto bir marta ko‘rgan kishini ham qiziqtiradigan murakkab va hayajonga soladigan 16 ta savolga tushunarli javoblarni taqdim etamiz.

16. Uchuvchilarning eshigi ichidan yopilgan bo‘lsa, ularning yoniga qanday kirish mumkin?

© SouthwestAirlines / Facebook  

Bort xizmatchisi uchuvchilar kabinasiga kirish uchun teradigan maxsus kod bor. Bu har ikkala uchuvchi ham hushini yo‘qotgan holatlarda kerak bo‘ladi. Uni komandir reysdan oldin biladi va ekipaj a’zolariga ma’lum qiladi. Kod terilgach, uchuvchilar hech qanday harakatni amalga oshirmasa, eshik 1 daqiqa davomida ochiladi. Agar uchuvchi kamera orqali eshik oldida ekipaj a’zosi bo‘lmagan odam turganini ko‘rsa, eshikni bloklab qo‘yadi va g‘ayrli niyatdagi kishi ichkariga kira olmaydi.

 

15. Uchuvchilar katta mo‘ylov qo‘yishi va pirsing taqishi mumkinmi?

© depositphotos  

Soqol, katta mo‘ylov, pirsing va boshqa har qanday taqinchoq hamda yuzdagi tuklar yuzga mahkam joylashishi kerak bo‘lgan kislorodli niqobdan foydalanish ga xalaqit beradi. Shuning uchun uchuvchining yuzi doim toza, ba’zida biroz soqol o‘sgan bo‘lishiga ruxsat beriladi. Aks holda yo‘lovchilar hayotini xavfga qo‘yadigan vaziyat yuzaga keladi.

 

14. Dvigatel ishdan chiqsa nima bo‘ladi?

© DL_Somers / twitter  

Har bir uchish vaqtida samolyot dvigatellar nol og‘irlikka o‘tadigan rejim bo‘ladi. Mexanik o‘tkazishli qutiga ega mashinada richag neytral holatga o‘tkazilsa ham aynan shunday holat yuz beradi. Dvigatellarning butunlay ishdan chiqishi kamdan-kam yuz beradi va buning uchun qayta ishga tushirish bo‘yicha alohida qo‘llanma mavjud.

Biroq dvigatellasiz ham samolyot rejalashtirilgan pastga tushish orqali qo‘nishi mumkin. Eng mashhur holat samolyot vulqondan chiqayotgan chang bulutga tushib qolib, barcha 4 dvigateli ishdan chiqqanda 1982 yil Yava oroli ustida Boeing 747 bilan sodir bo‘lgan. Ekipaj bortni yaqinda joylashgan aeroportga qo‘ndirishga muvaffaq bo‘ldi va 263 kishidan hech kimga shikast yetmadi.

 

 13. Kislorodli niqoblar qanday vaqt uchun mo‘ljallangan?

Samolyot ichidagi kislorod va bosim sun’iy tarzda ushlab turiladi. Agar yuqori balandlikda kabina germetikligining buzilish sodir bo‘lsa, odamda havo yetishmasligi rivojlanadi: u hushini yo‘qotib, kislorodli niqobsiz halok bo‘lishi mumkin.

Yo‘lovchilar uchun kislorodli niqoblar 10-15 daqiqaga mo‘ljallangan. Bu uchuvchi samolyotni normal nafas olishi mumkin bo‘lgan balandlikka tushirib olishi uchun yetarli. Uchuvida esa shaxsiy statsionar kislordli niqob bo‘lib, u ko‘proq vaqt – diqqatni yo‘qotmasdan samolyotni qo‘ndirish uchun ham yetadi. Har bir uchishdan oldin ular o‘z niqoblarining ishlash, ishlamasligini tekshiradilar.

 

12. Uchuvchilar shturvalda uxlashadimi?

© depositphotos

Uchuvchilarning deyarli 56 foizi uchish vaqtida bexosdan uxlab qoladilar. Buni ko‘zi uyquga ilinadi deb aytgan yaxshi. Baxtimizga zamonaviy samolyotlar deyarli har doim avtouchish rejimida ishlaydilar, dispetcherlar esa uchuvchilardan doimiy aloqani talab etadilar.

Uzoq reyslar vaqtida bir vaqtning o‘zida ikki ekipaj yoki uchta uchuvchilar dam olish uchun tanaffus bilan o‘zaro joy almashib ishlaydilar. O‘z navbatchiligini o‘tab bo‘lgan uchuvchi maxsus bo‘lmada uxlaydi. Ekipaj dispetcher bilan doimiy aloqada bo‘lishi va uchuvchilardan kamida biri uchishni nazorat qilishi muhim sanaladi.

 

11. Samolyot nima uchun ikkinchi aylanaga ketadi?

Bu shtat vaziyat. Samolet turli sabablar, masalan qo‘nish yo‘lagida qandaydir predmet yoki hayvon bor, yon-atrofdan shamol esyapti yoki aeroport maxsus bortni zudlik bilan qo‘ndirish uchun tezkor qo‘nish uchun vaqtinchaliik yopilgani tufayli ko‘ra ikkinchi aylanaga ketishi mumkin.

Yo‘lovchilar samolyot uzoq kutilgan qo‘nishdan oldin kutilmaganda balandlikka ko‘tarilishni boshlayotganida havotirga tushadilar, aslida bari nazorat ostida – bu ikkinchi aylanaga ketishning standart usulidir.

 

10. Samolyotda tug‘ilgan bola qanday fuqarolikni oladi?

© altugmadak / instagram

Bir necha variantlar mavjud: Bu quyidagi pasport bo‘lishi mumkin:

  • tug‘ruq yuz bergan samolyot aviakompaniyasi ro‘yxatdan o‘tgan mamlakat;
  • balandlikda qaysi mamlakat tepasida tug‘ilgan bo‘lsa;
  • samolyot qo‘nishni amalga oshirgan mamlakatlar.

Ko‘p hollarda amaliyotda birinchi variant sodir bo‘ladi, biroq amaldagi qonunchilikka asoslanib, qarorni aviakompaniya qabul qiladi. Ba’zi aviakompaniyalar kichkintoylarga sovg‘a tariqasida bonus taqdim etadilar: butun hayoti davomida o‘z samolyotlarida dunyoning istalgan nuqtasiga bepul uchish.

 

9. Samolet avtouchishda qo‘nishi mumkinmi?

© sh3zza / reddit  

Zamonaviy samolyotlarda boshqaruv tizimlari samolyotni marshrut bo‘ylab 300 metr balandlikda va deyarli uchish-qo‘nish yo‘lagiga qadar boshqara oladi. Qo‘nish vaqtida avtomatik qo‘nishdan foydalanish mumkin. Biroq uchuvchi bu rejimni faollashtirib, muayyan sozlamalar berib, kuzatib borishlari lozim.

Bevosita qo‘nishdan oldin samolyotni kurso-glissad tizim yo‘naltiradi: aeroportning radiomayog‘i samolyot yo‘lini to‘g‘rilab, uni boshqaradi.

 

8. Suvga qo‘nishmi yoki yerga – qay biri xavfsiz?

© depositphotos

Bu samolyot modeliga bog‘liq, biroq ko‘p hollarda yerga qo‘nish osonroq. Suv samolyotni tez cho‘ktirib, o‘z zichligi va tarkibi tufayli yerdan “qattiqroq” bo‘ladi. Statistikaga muvofiq, yerga favqulodda qattiq qo‘nish vaqtida tirik qolish imkoniyati kattaroq.

 

7. Uchuvchilar reys vaqtida qanday ovqatlanadilar?

Uchuvchilar uchun turli taomlar alohida taomnomaga ko‘ra tayyorlanadi. Agar komandir tovuq yeyishni istasa, ikkinchi uchuvchiga tushlik uchun baliq yoki go‘sht qoladi. Bu bir xil mahsulotlardan zaharlanishning oldini olishning yaxshi usulidir. Uchuvchilar navbat bilan ovqatlanadilar, ba’zilari esa shturval yonidagi maxsus stolda taom iste’mol qilishadi.

Biroq ayrim aviakompaniyalarda hamma uchuvchilar ham bu qoidaga amal qilmaydilar, yo‘lovchilar kabi ovqat yeydilar.

 

6. Nima uchun uchuvchilar ba’zida yo‘lovchilar bilan bir salonda uchishadi?

© CorkyBravo / reddit  

Ba’zida o‘z ishi doirasida uchuvchilar bir aeroportdan boshqasiga yo‘lovchilar bilan birga uchadilar. Agar ular bortda forma kiygan holda bo‘lsalar, ularga uxlash, yeyish yoki quloqchin taqib, film tomosha qilish qat’iyan man etiladi.Formadagi uchuvchining bunday ishlar bilan band bo‘lishi yo‘lovchilarni havotirga solib, vahima tug‘dirishi mumkin. Biroq ko‘pincha ular uchuvchilar bo‘lmasi yoki birinchi klassdagi qo‘shimcha kresloda uchadilar.

 

5. Qo‘shni urib yuborish, do‘l ostida qolish yoki chaqmoq chaqishi – qay biri qo‘rqinchli?

Chaqmoq ko‘p hollarda samolyotga tegadi, biroq yo‘lovchilar buni sezishmaydi. Kam hollardagina bu samolyotning kuchli darajadagi yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Bu vaziyat uchun uchuvchilarda bir necha yo‘riqnoma bor, ular elektornikani qayta ishga tushiradilar, uchish esa odatiy rejimda davom etadi.

Qushlar biz kutgandan ko‘ra ko‘proq havf tug‘diradi. Uning ventilyator yoki turbinaga kirib qolishi tufayli buzilish, ishdan chiqish, hatto dvigatelning yonib ketish holati ham kuzatilishi mumkin. Har qanday old oyna ham qush bilan to‘qnashib ketishga bardosh berolmaydi. Shuning uchun aeroportlarda qushlarni qo‘rqitish uchun shovqinli generator, lochin, hatto vertolyotlardan foydalanadilar.

Do‘l ham kam xavf keltirmaydi, biroq samolyot uchun agressiv ob-havo sharoitlarini sezish va uni aylanib o‘tish osonroq.

 

4. Turbinalarda nima uchun spiral surati chizilgan?

© oilpressure / reddit  

Turbina deyarli hech qanday tovush chiqarmay ishlashi mumukin. Agar unga o‘sha vaqtda yaqin kelinsa, sizni bir necha metrga uloqtirib yuborishi mumkin, bu esa sizga jiddiy shikast yetkazadi. Bir qator noxush holatlar tufayli turbina o‘rtasida spiral yoki boshqa belgi suratini chizish qabul qilingan. Bu esa dvigatel ishlayotgani yoki tinch holatda ekanini ko‘rsatish uchun amalga oshiriladi.

 

3. Oddiy odam samolyotni qo‘ndirishi mumkinmi?

 

© ParamountPictures  

Agar zamonaviy layner bo‘lsa, ehtimol mavjud. Trenajerda yaqinda o‘tkazilgan tajriba shuni ko‘rsatdiki, styuardessa bu vazifani a’lo darjada bajardi. Bunda kompyuter tizimlarining xizmati katta, aloqa orqali bo‘lmadagi odamga harakatlar algoritmi aytib turilsagina samoyoltni ko‘ndirish mumkin.

 

2. Nima uchun yo‘lovchilarga parashyut berilmaydi?

© jmorneault / reddit  

Agar zamonaviy layner bo‘lsa, ehtimol mavjud. Trenajerda yaqinda o‘tkazilgan tajriba shuni ko‘rsatdiki, styuardessa bu vazifani a’lo darjada bajardi. Bunda kompyuter tizimlarining xizmati katta, aloqa orqali bo‘lmasa bu g‘alati eshitiladi, biroq samolyot qulashni boshlaganida parashyut hayotingizni saqlab qolishi amri mahol. Ko‘pchilik uni sokin vaqtida ham kiyib ololmaydilar. Samolyotdan sakrab, shikastlanmaslik uchun havo kemasi sekin, yerdan 5 km uzoq bo‘lmagan balandlikda uchishi kerak.

Biroq havotirga tushga yo‘lovchilar o‘zlari bilan qo‘l yuklarida parashyut olishadi. Albatta ulardan o‘rnak olish mumkin, biroq shaxsiy parashyut qimmatbaho xorij avtomobili narhida turadi.

 

1. Uchuvchilar uchishdan qo‘rqishmaydimi?

© mr.Pushkin / pikabu  

Tarixdagi yirik aviahalokat osmonda emas, yerda sodir bo‘lgan. 1977 yilda uchish-qo‘nish yo‘lagida ikki avialayner to‘qnashib ketishi oqibatida sodir bo‘ldi. Natijada 583 kishi halok bo‘ldi. Aviahalokatlar osmonda kamdan-kam holatlardagina sodir bo‘ladi. Statistikaga ko‘ra, ko‘plab holatlar uchishdan keyingi ilk 3 daqiqa va qo‘nishgacha 8 daqiqa qolganida sodir bo‘ladi. Aviahalokatga tushib qolgan 95,7 foiz odamlar tirik qolishadi.

Agar tirik qolish imkoniyatini oshirmoqchi bo‘lsangiz, samolyotning dum qismiga o‘tiring. U yerdagi joylar eng xavfsiz sanaladi. Chiqishdan 5 qator chegarasida joylashgan o‘rinlarni tanlang.

Bonus: uchuvchilarni qarsaklar bilan olqishlash kerakmi?

© LOJl1992 / pikabu

Rasmda:

UCHUVCHINI OLQISHLAMANG, U YAXSHI EKANINI O‘ZI HAM YAXSHI BILADI

Biroq aslida bort kuzatuvchilardan uchuvchilarning qo‘nishi olqishlangani haqida eshitish yoqimli. Ba’zilari esa chiqish joyida yo‘lovchilarni kuzatadilar, ularga shaxsan minnatdorchilik bildirish mumkin. Shokolad sovg‘a qilish ham mumkin, bu juda yoqimli bo‘ladi.

Siz uchuvchiga qanday savol bergan bo‘lardingiz?