Eʼtiboringiz uchun quyidagi qoidalar, kundalik hayotda Scotch lenta foydalanish uchun zarur biz hozirgi.

1. Plastik kartani himoya qilish

Bank kartasini tirnoq egovlovchi bilan bir cho‘ntakda olib yuradigan bo‘lsang, magnitli chiziqqa shikast yetkazishingiz mumkin. Agar shanday holat yuz bersa, bankomatdan pulni faqat egov orqali chiqarishing mumkin bo‘ladi. Magnitli chiziq ustidan skotch yopishtirib qo‘ying. Kartochka ma’lumotlarini skotch yopishtirilgan holda ham o‘qish mumkin: yopishqoq lenta signalni o‘tkazishga ta’sir ko‘rsatmaydi.

 

2. Buyumlarni berkitib qo‘yish

Uydagi sirli joylar uchun ham bu usul qo‘l keladi, biroq undan mehmonxonalarda foydalanish ko‘proq samara beradi. Mehmonxona o‘g‘rilari uylarni o‘maradiganlardan farqli ravishda xonada buyumlar berkitiladigan joy bor deb o‘ylamaydilar. Shuning uchun hamyon va boshqa narsalarni yopishqoq lenta bilan karavot, stol yoki stul tagiga bemalol yopishtirib qo‘yishingiz mumkin.

 

3. Sovuqdan saqlan 

Favqulodda vaziyatlar (qishki o‘rmonda bitta jemperdasiz, cho‘natgingizda faqat bir o‘rtam skotch bor)da yupqa kiyimingiz ustidan yopishqoq lentani o‘rab olsangiz, ancha issiq bo‘ladi. Skotch – issiqlik va namlikni yaxshi izolyatsiya qiladi. Teri (yuz)ning ochiq qismini muzlashdan saqlash uchun ham lenta bilan o‘rash mumkin.

 

4. Ko‘zbo‘yamachilik qilish

Spitsa tiqilganda yorilmaydigan shar fokusi uni amalga oshirgan barchada taassurot qoldiradi.

Sharni teskaridan o‘ngiga aylantiring (shar shishirilmaganda buni amalga oshirish oson) ikki bo‘lak skotchni yopishtirng. Sharni puflab, yopishqoq lenta yopishtirilgan joydan spitsa yordamida teshiklar oching. Natija sizni lol qoldiradi. Aynan bu fokusni mashina g‘ildiraklari bilan amalga oshirib ko‘ring.

 

5. Zirapchani olib tashlash

Yog‘och qoshiqlardagi o‘yindan keyin kaftlarda zirapchalar qoladi. Agar zirapcha uchi tashqariga chiqib qolgan bo‘lsa, yopishqoq lentadan foydalanib ko‘ring. Shikastlangan teri ustiga skotch yopishtirib, uni zirapcha kirgan yo‘nalish bo‘ylab yuqoriga torting.

 

6. Oyoq kiyim bog‘ichini tuzatish

Oyoq kiyim bog‘ichi uchini kichkina teshikka kirita olmasangiz, biroz yopishqoq lenta olib, bog‘ich uchiga aylantirib yopishtiring. Ana endi bog‘ichlar uzoq muddat davomida xizmat qiladi.

 

7. Boladan havotir olmaslik

Bolangiz rozetkaga barmog‘ini kirita olmasligini bilsa ham barmog‘ini tiqishga harakat qiladimi? Unga tushuntirishdan charchagan bo‘lsangiz, bola qo‘li yetadigan barcha rozetkalarni skotch bilan yopishtirib chiqing.

 

8. Narx yozilgan qog‘ozchani olib tashlash

Yelim izi qolmasligi uchun kiyimlardagi narx yozilgan qog‘ozchani qanday olib tashlash mumkin? Dastlab qog‘ozchani tirnoqlar yordamida tortib ko‘ring. Qoldiqlarni olib tashlash uchun esa skotchning yopishqoq tarafidan foydalaning.

 

9. Kimningdir hayotini qutqarish

Ko‘krak qismi jarohat olgan vaziyatni ko‘z oldingizga keltiring. Jarohatlangan odam asfiksiya tashqi (atmosfera) va ichki

bosimning tenglashishidan (ko‘krak qafasiga havo kirgan vaqtda o‘pka ko‘tara olmasligi mumkin) aziyat chekmasligi uchun, yaralangan odamdan zudlik bilan nafas chiqarishini so‘rab, jarohatni qo‘l bilan bosib, ustiga skotch yopishtirib qo‘ying.

Agar do‘stingiz hayratdan xushini yo‘qotgan bo‘lsangiz, jarohatni skotch bilan

yopishtirishdan oldin havo chiqarishda yordam berish uchun tezkorlik bilan ko‘krak qismiga bosing.

 

10. Qadoqlar paydo bo‘lishining oldini olish

Mashinagacha bir necha o‘n qadam bosishingiz kerak, siz esa oyog‘ingizda qadoq paydo bo‘lishini his qilyapsiz. Muammoli joy ustiga skotch yopishitirib, sayohatni davom ettirishingiz mumukin.

 

11. Qichimaslik

Chivin chaqqan joyini qichimaslikning iloji yo‘q. Biroq judayam kirishib ketish kerak emas. Oyog‘ingni qichib, suyagingizgacha yetib borishingiz, tirnoq sinib, qonga tushishi, vena orqali yurakka borishi mumkin. Chivin chaqqan joyga skotch yopishtirib qo‘ying, ana shunda uni qashimaysiz. Bir necha soatdan so‘ng lentani olib tashlang. Bu vaqtga kelib zahar ta’siri tugaydi.

 

12. Gulqog‘ozlarga putur yetkazmaslik

© depositphotos

Devordagi gulqog‘ozlarga igna tiqishdan oldin teshik bo‘ladigan joyga oldindan skotch yopishtirib qo‘ying. Bu qog‘oz yirtilishining oldini olib, bor-yo‘g‘i bir ignada taqvimga o‘xshagan katta buyumlarni ilib qo‘yish imkonini beradi.

 

13. Qonni to‘xtatish

Chuqur kesib olish natijasida oqayotgan qonni to‘xtatish maqsadida jarohat chetini yuqori tarafdan skotch bilan o‘rang. Jarohat toza bo‘lishi kerakligi aniq masala.

 

14. Buyumlar ustidagi yaltiroq qatlamni saqlash

Putin davri kuldoni tufayli Tyudorlar davriga tegishli stolingiz ustidagi tirnalishlarning oldini olishni istaysizm? U holda kuldonning tagiga skotch yopishtirib qo‘ying. Bu usulni amalga oshirsangiz, stol kuldonni ko‘rmay qolib, uning ustiga kulni tushirganingizdagina zararlanishi mumkin.

 

15. Tuklarni olib tashlash

 

16. Insonni tinchlantirish

© depositphotos

Tan oling, odam og‘ziga paypoq tiqib qo‘yish gigiyenaga to‘g‘ri kelmaydi: chunki keyin uni kiyish kerak bo‘ladi. Uning o‘rniga qalin skotch yopishtirgan ma’qul. Paypoqlardan farqli ravishda chaynab yoki yutib yuborish mushkul. Gapirish huquqidan mahrum odamda lentani og‘izdan olib tashlash istagi paydo bo‘lmasligi uchun qo‘llarini orqaga qilib, skotch bilan o‘rab tashlang.

 

17. Vintiklarni yo‘qotib qo‘ymaslik

Qo‘l soatini buzib, qayta yig‘ishni o‘ylayotgan bo‘lsangiz, yoningizga skotch lentasini olib qo‘ying. Burama, tishli mixlar atrofga sochilib ketmasligi uchun ularni yopishtirib qo‘yishingiz mumkin.