Bolaligimizda bari qo‘limizdan keladi, deya juda ko‘p orzu qilamiz. Bu orzu va tasavvurlar davrini hammamiz boshdan kechirganmiz. Shuning uchun bu kabi hikoyalar qalbimizga entikish beradi.

Bolalar kim bo‘lishni istaganliklari va istashlari to‘g‘risidagi g‘aroyib hikoyalar bilan o‘rtoqlashishga qaror qildik. Yoqimli isga ega choy haqida unutmang.

  •  Bolaligimda “Klon” serialini yoqtirardim. Ayniqsa musulmon ayollardan zavqlanardim. Katta bo‘lgach, turmushga chiqib, chiroyli kiyimlarda pardoz-andoz qilib yuraman, turmush o‘rtog‘im uchun arabcha raqsini o‘ynab beraman. Ulg‘aydim. Turmushga chiqdim. Hm, hozir...
  • Boshlang‘ich maktabda “Katta bo‘lganingda kim bo‘lishni istaysan” mavzusida insho yozgandik. Umuman olganda, sinfdoshlar politsiyachi, sartarosh, shifokor va kosmonavt bo‘lishni istashlarini yozishgan, faqat men mushuk bo‘lishni xohlashimni yozdim. Men bor-yo‘g‘i vazifani tushunmadim, shuning uchun keyingi hayotimda kim bo‘lishni istashim to‘g‘risida yozdim.

 



  •  Bolaligimda ko‘p kasal bo‘lardim, shuning uchun onam bilan tez-tez poliklinikaga borardik. Farroshlarning pol yuvishi meni hayratlantirardi. Vshux-vshux, lattani aylantirib, vshux-vshux. Ajoyib. Farrosh bo‘lishni xohlardim.
  • Kichkinaligimda sotuvchi bo‘lishni orzu qilardim. Axir sotuvchilar do‘konlarga ega, demak o‘zlari istagan narsani olishlari mumkin. Onam haqiqatni aytib bergunlariga qadar shunday fikrda edim.
  • Poyezd bo‘lishni orzu qilganman. Mashinist emas, aynan poyezd bo‘lgim kelgan. Platformada kutayotgan odamlar yoniga viqor bilan kelishi menga doim zavq berardi. Orzuim amalga oshmadi.

 



 

  • Maktab davrida ota-oanmga havasim kelardi, chunki ular kechki payt hech qanday dars qilish kerak emas. Kunduzi ishga borasan, qolgan vaqt esa esa o‘z ishing bilan mashg‘ul bo‘lishing mumkin. Ulg‘aygach man ham shunday qilaman deb o‘ylardim. Ishdan kelib hech nima qilmayman. Kelajak yetib keldi!
  • Kichik ukam kalmar bo‘lishni orzu qilardi. Aslida bu bo‘yoqchini anglatardi.
  • Bolaligimda yengiltabiat qiz bo‘lishni istardim. Tasvirlash mushkul bo‘lgan juda chiroyli bir qo‘shnimiz bo‘lardi. U uimiz yo‘lagiga kelganida hovlidagi barcha qizlar u tomonga yugurib kelardilar. Kattaroq qizlarga u kiyimlar berar, bizga esa tirnoq bo‘yoqlarini sovg‘a qilardi. U g‘aroyib edi, boshqa qizlardan ajralib turardi. Qo‘shni buvilar uni ko‘rganda odatiy tahqirlash so‘zini aytardilar. Shuning uchun ham yengiltabiat qiz bo‘lishga qaror qildim. Albatta, men buni o‘sha vaqtda qo‘shni buvilar kabi qo‘pol so‘z bilan bayon etardim. Hatto ota-onamda meni 1-sinfga qabul vaqtida yozilgan suhbat yozilgan kassetta bo‘lib, katta bo‘lganimda kim bo‘lishim haqidagi savolga qat’iyat bilan “f...!” deganman. Onam hayratda bo‘lgan, otam esa xiringlab kulganlar, men esa ularning reaksiyasini tushunmaganman, axir ular men bilan faxrlanishlari kerak-ku.
  • 5 yoshli qiz bola jiyanim bog‘chadan keyin do‘konga ishlash uchun bormoqchi. Aniqrog‘i – aynigan sabzavotlarni saralamoqchi.

 



  •  Bolaligimda ko‘cha supuruvchi bo‘lishni istaganman, chunki uxlashni yoqtirardim. Bu kasb egalari erta tongda turib, ko‘chani supurib bo‘lgach, uyga borib, uxlaydilar, degan fikrda bo‘lganman.
  • Bolaligimda ulg‘ayganimda o‘zimning rok guruhim bo‘lishi, u bilan butun dunyoda konsert berash haqida orzu qilganman. O‘xshamadi. Men maktab direktoriman.

Bolaligingizda kim bo‘lishni istagansiz, vaqt o‘tib qaysi kasbni tanladingiz? Izohlarda o‘z hikoyalaringiz bilan o‘rtoqlashing.