60-yillarda chiqqan “Fan va hayot” jurnalining “Uydagi ustaga: kichik hiylalar” ruknining fan bilan bog‘liq umumiy tomoni deyarli mavjud bo‘lmagan, biroq sovet odami hayotiga juda yaqin edi. Hamma narsaning doimiy ravishda yetishmasligi odamlarni sut sog‘ish uskunasini ajoyib torsherga aylantirish va singan trombondan foydalanishning o‘n beshta yangi usulini o‘ylab topishga majburlagan. Rukn shu darajada mashhur ediki, hatto SSSR da mazkur jurnaldagi maslahatlardan foydalanib millionerga aylangan yapon tadbirkori to‘g‘risida afsona mavjud bo‘lgan. O‘sha davr tanlangan layfxaklaridan to‘plangan ma’lumotlarni o‘rganib chiqing. Balki ular sizga ham sarmoya keltiradigan startap uchun g‘oyani taqdim etar. Biroq, bunday bo‘lishi qiyin masala.

1

O‘sha mavzuga bag‘ishlangan yana bir g‘oya. Suv sarfi xonadonlardagi hisoblagichlar yordamida o‘lchanadigan mamlakatlarda tejamkor odamlar suv oqish bachogiga g‘isht qo‘yishadi. Shunday qilinsa, har safar suv “bir g‘isht” ga kam oqib ketadi. ”

2

O‘z qo‘lingiz bilan linoleum bo‘lagidan shippak tayyoralashingiz mumkin. Oyoq shaklida ikkita shippakning tag qismini kesib oling. Har birida to‘rttadan teshik xosil qiling. Unga bog‘ichni o‘tkazing, shippaklar tayyor.

3

Badminton raketasining simi uzilib ketdi. Undan uzoq vaqt davomida foydalanish uchun raketkaga eski kapron paypoqni kiygizish va tutqichga bog‘lab qo‘yish kerak.

4

Kerakli vaqtda GUTALINLI BANKANI osonlik bilan ochib bo‘lmaydi. Uni YON TARAFLAMA QO‘YING va OYOQ BILAN BOSIB, orqaga-oldinga AYLANTIRING, “QAYSAR” banka osonlik bilan ochiladi.

5

Tutqich chiqib ketgan bo‘lsa, stol, komod, tumbochka tortmasini ochish oson emas. Bu vazifani bajarishda vantuz qo‘l keladi. Uni ilgari tutqich bo‘lgan joyga bosib, tortmani o‘zimizga qarata tortish zarur. Tortma ichi liq to‘la va ishdan chiqmagan bo‘lsa, osonlik bilan ochiladi.

6

Tahririyatda o‘quvchilardan ko‘plab maktublar yig‘ilgan bo‘lib, ularda yer muzlaganda yiqilishlaridan qo‘rqishlari haqida aytilgan.
Kiyevlik muhandis V. KAMЕNЕV masalan oyoq kiyimga mixlar qoqilgan ponalarni mahkamlaydi.
Moskvalik N. NIKO­LAYEV simlardan poshna va tag qism uchun spiral yasagan, u oson kiyiladi va kerak bo‘lgan vaqtda oson yechiladi.
Donesklik I. TKACHЕNKO poshnaga 2 tadan shurup qotirgan. Sirpanchiq yo‘lga chiqqanda u bir tanga bilan 1,5—2 ta aylantiradi, uyga kirayotganda esa olib tashlaydi.

7

«Sog‘lik disk»ini televizor ostidagi aylanadigan suyang‘ich sifatida ishlatish mumkin. Maslahat Smolenskdan A. Sharo- varin tomonidan yuborilgan.

8

Bolalar uchun qattiq sovuq kunlarda jun qo‘lqoplar eng zarur buyum sanaladi. Shu bilan birga, u tez-tez yo‘qoladi, har doim ham sotib olishning iloji yo‘q. Eski quloqli shapkadan a’lo darajadagi qo‘lqoplar tikish mumkin, deya yozadi M. Mi­xaylov (Moskva shahri). Undan quloqlar kesib olinadi, barmoq tikiladi, marhamat qilib kiyib yurishingiz mumkin, qahraton endi qo‘rqinchli emas.

9

Bolalar yulasidan mikser xosil qilish mumkin. U yordamida muzqaymoqdan kokteyl yoki omlet ko‘pirtirish mumkin, deya yozadi M.Ganulin (Moskva shahri). Korpusning pastki qismi olib tashlanadi, aylanadigan qutb teshikli polietilen qopqoq yopilgan yarim litrli bankaga solinadi. Aylantirish qutbga o‘rnatilgan hajm jihatdan kichkina (mayonez idishi) qopqog‘i yordamida amalga oshiriladi.

10

Teshilgan plastik koptokdan yengil va sig‘imi keng qo‘ziqorinlar uchun sumkani yasash mumkin, deb yozadi M. Klavdiyev (Moskva shahri). Koptokning bir necha joyi kesiladi. Qolgan qismi esa sumkaning bandi bo‘lib xizmat qiladi, u izolenta bilan qotiriladi. Savatcha tahlangan holda cho‘ntakka sig‘adi.

11

Singan soyabonga ikkinchi umrni hadya etish mumkin, - deya yozadi I. Fedotova ( Petro­pavlovsk shahri - Kamchatskiy). Uning matosidan chiroyli, mustahkam xo‘jalik sumkasini tayyorlash mumkin. Mato yechib olinadi va to‘g‘ri to‘rtburchak shakl tikib olinadi. Undan kerakli shakldagi sumka bichiladi.

12

S. Ivanov (Chelya­binsk shahri) shunday yozadi: eshik qo‘ng‘irog‘i sifatida foydalanilgan velosiped qo‘ng‘irog‘i keskin bo‘lmagan, ohangga ega tovushi bilan o‘z shinavandalariga ega bo‘lishi mumkin.

13

Sharikli ruchka pastasi zahirasini qattiq probka bilan yopiladigan probirka ichida yillar davomida saqlash mumkin, - deya yozadi
V. Volkov {Kerch shahri). Agar probirkaga yangi pastalar bilan birga eskilari solib qo‘yilsa, ular o‘z hususiyatlarini tiklab oladi.

14

Bir oylik taqvim doimo yonimizda bo‘lishi uchun tabel-taqvimdan joriy oyni kesib olish va uni soat bandiga shaffof yopishqoq lenta bilan yopishtirish kerak. Maslahat P. Sыbulkin (Kiyev) tomonidan taqdim etilgan.

15

Suvi qochgan non yana yangi bo‘lishi uchun uni polietilen paketga soling. Uni o‘z navbatida mahkam bog‘lab, batareya ustiga yoki quyosh nuri yaxshi tushadigan joyga qo‘ying.

16

Guruch va makaronlarni pishirib olgach, suvini to‘kib yubormang, elakdan o‘tkazilgach, u bilan qog‘oz va karton, shuningdek ko‘chgan devor uchun gulqog‘ozlarni yopishtirsa bo‘ladi.

17

Bir paytlar tibbiyot bankalari avval spirt keyin esa paxtali tampon yordamida qo‘yilgan. Hozir esa paxta, ayniqsa spirtni topish oson bo‘lmagan davrda ularning har ikkisini cho‘ntak yondirgichiga almashtirish tavsiya etiladi. Doimiy muallifimiz P. PISKOV shisha bankalarning ichini gaz olovi bilan qizdirib olish va ularni zudlik bilan tananing u yoki bu qismiga qo‘yishni maslahat beradi. Agar uyda tibbiyot bankalari bo‘lmasa, bu maqsadda mayonez bankalaridan foydalansa ham bo‘ladi.

18

Badmintonning yangi raketkasiga “Muxolov” ga o‘xshagan yopishqoq modda surtilgan uch millimetrlik to‘rni mahkamlab va raketkani havoda harakatlantirib, xonaga uchib kelgan pashsha va chivinlardan oson qutilishingiz mumkin.

19

V. Popov (Moskva shahri) plyajda burunni kuyishdan himoya qilish uchun uni KLT yopishqoq lentasi bilan mahkamlangan rangli plastik plenka bilan yopishni maslahat beradi. Bunday plastik “burun” bilan toblanish va cho‘milish mumkin, u suvda ham joyidan chiqib ketmaydi.