Dunyoda kundan-kunga atletlarning g‘alabasi va mag‘lubiyati aks ettirilgan millionlab sport suratlari paydo bo‘lmoqda. Ular orasida yomonlari ham, yaxshilari ham, haqiqiy foto san’ati asarlari ham uchrab turadi, biroq ba’zi suratlargina tarix darsligida joylashtirish uchun munosib sanaladi. Yillar o‘tib, aynan shunday inson imkoniyatlari chegarasidan o‘ta olgan tasvirlar sportchilarning botirligi va mohirligi to‘g‘risida bizga hikoya qiladi. 

Sportning 19 ta taassurot uyg‘otishga qodir suratlarini e’tiboringizga havola etamiz.

 

1965 yilnnig 25 may kuni og‘ir vaznda Muhammad Ali va Sonni Liston Boy o‘rtasida chempionlik kamari uchun bo‘lib o‘tgan jang. Birinchi raundning 2 daqiqa 12 soniyasida “Fantom zarbasi”dan so‘ng Muhammad Ali nokauti bilan g‘alaba qayd etilgan. Suratchi Neil Leifer.

 

Argentina-Angliya matchining 51 daqiqasida tarixda “Xudo qo‘li” nomi bilan iz qoldirgan eng mashhur futbol goli Diyego Maradonna tomonidan qo‘l yordamida kiritilgan. Suratchi Deniyel Mots.

 

“Chekuvchilar” —Tour de France tarixida eng ko‘p sotilgan surat. 20-yillarda velopoygachilar orasida chekish o‘pkani tozalash, uning quvvati, hajmi hamda ishchanligini oshirishning ilg‘or usuli degan yolg‘on tushuncha mavjud bo‘lgan.

 

Ikki afsonaviy kapitan Pele va Bobbi Mur o‘zaro hurmat ramzi sifatida maykalarini almashtirishmoqda. Futbol bo‘yicha jahon chempionati, 1970 yil.

 

200 metrga yugurish bo‘yicha AQSH komandalaridagi medal sohiblari Tommi Smit va Jon Karlos 1968 yil Meksikadagi olimpiya o‘yinlaridagi irqiy tenglik ramzi sifatida mushtlarini tepaga ko‘tarishmoqda.Suratchi Neil Leifer.

 

Sumo kurashchilari Tasayutaka va Toyoxibiki Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan yozgi katta turnirdagi jangda bir-birlariga yon berishni istashmayapti.

 

2012 yilnnig 10 avgust kuni. London. Sinxronist suvdan sakrab chiqyapti. Suratchi Wei Zheng.

 

Mayk Tayson Lennoks Lyuisga qarshi mag‘lubiyatidan so‘ng o‘zining ikki oylik o‘g‘li Migel bilan, 2002. Suratchi Neil Leifer.

 

“Chaqiruv kubogi” 1979 yil, xokkey bo‘yicha SSSR va Kanada terma jamoalari o‘rtasidagi final 6:0 hisobi bilan yakunlandi.

 

1997 yilda og‘ir vazndagi jangda Mayk Tayson Evander Xolifildning qulog‘i tishlayapti. Bu voqea uchun Taysonning litsenziyasi vaqtinchalik bekor qilinib, unga 3 million dollar jarima solingan.

 

Aynan shu yigit hozirda keng tarqalgan stadionlardagi ahmoqgarchiliklarning kashfiyotchisiga aylandi. 1974 yilda Tvinkenxemda Angliya Fransiya ustidan g‘alaba qozonganida Maykl O'Brayen “yugurayotgan” trendiga asos soldi. Suratchi Devid Kennon.

 

Tramplindan sakrash bo‘yicha Jahon chempionati ishtirokchisi 30 yanvarda Sapporo shahridagi rasmiy mashg‘ulotlarda ishtirok etyapti. Suratchi Kazuhiro Nogi.

 

Finlyandiyalik Roope Kakko Portugaliyada bo‘lib o‘tgan Madeira Islands Open gof-turnirida, 2012 yilning may oyi. Suratchi Dean Mouhtaropoulos.

 

Yelena Isinbayeva Pekinda bo‘lib o‘tgan Olimpiada-2008 musobaqasida tayoq bilan sakrashda yangi jahon rekordini o‘rnatdi.

 

Shanxayda bo‘lib o‘tgan suv sport turlari bo‘yicha 14-chempionat.

 

Keniyali sportchi Priscah Jeptoo finidan keyin, 2012 yil Londonda bo‘lib o‘tgan marafoncha yugurishda Efiopiyalik raqibidan 5 soniya kech kelgan. Suratchi Mike Powell.

 

2012 yil Londonda bo‘lib o‘tgan Paraolimpiya musobaqalarida olingan surat.

 

Yamayka chaqmog‘i, sayyoradagi eng tez odam, sport afsonasi Useyn Bolt Pekinda bo‘lib o‘tgan Olimpiade-2008da yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Suratchi Bill Frakes.

 

Singapurlik Darren Choy O‘smirlar Olimpiya o‘yinlari ochilish marosimi gulxanini olib ketmoqda, Singapur, 2010 yilning 14 avgusti. Suratchi Adam Pret