1. Yoyilib yotgan Lego masalasiga oydinlik kiritish

ourweefamily.blogspot.com

Farzandingiz bu konstruktorni yoqtirsa, unga maxsus joyni tashkil etish kerak. Qutili plastik stol buning uchun mos keladi. Har bir qutiga rang belgilab oling: detallarni rang bo‘yicha joylashtirish bolani tartibga o‘rgatish bilan birga aqlini ham rivojlantiradi.

2. Ijod uchun maxsus qutidan foydalaning

iheartorganizing.blogspot.com

Uy bo‘ylab yoyilib yotgan qalam, flomaster, bo‘yoq va boshqa anjomlar odamni muvozanat holatidan chiqarib yuboradi Mojaroli holatlarning oldini olish uchun farzandingizga ijod qutisini tayyorlab bering. Quti unda vaqtni yoqimli o‘tkazish, buyumlarni o‘z joyiga qo‘yish esa urf-odatning yakuni degan tasavvur paydo bo‘lsin. Bu siz va farzandingiz hayotini osonlashtiradi, axir buyumlarni qutiga joylashtirish, ularni stolga tartib bilan tahlashga qaraganda tezroq.

3. Qanday qilib sevimli robot va qo‘g‘irchoqni yig‘ishtirib qo‘yishga majburlash mumkin

agirlandagluegun.com

Agar bola robot, askar, qo‘g‘irchoqlarga bog‘lanib qolgan bo‘lsa, ularni qutiga solib qo‘yishga majbur qilish deyali imkonisiz. Sevimli o‘yinchoqlarni xona eshigidagi dush uchun mo‘ljallangan shaffofrang cho‘ntakli organayzerga joylashtirish variantini taklif etamiz. Shunday qilinsa, bola bilan kelishish osonroq bo‘ladi: birichidan, sevimli o‘yinchog‘ining “yashash sharoiti” qulay, ikkinchidan esa u doim bolaning ko‘z o‘ngida bo‘ladi.

4. Yoyilib yotgan yumshoq o‘yinchoqlarga qarshi uydagi “hayvonot bog‘i”

s-media-cache-ak0.pinimg.com

Bunday yo‘riqnma yumshoq hayvonchalarni farzandingiz bilan o‘yin tariqasida bir joyga yig‘ishda yordam beradi.

5. Joyni ikki va undan ortiq bola uchun qanday chegaralab berish mumkin

permanentkisses.com

Har bir bola chegarani his qilishi kerak: uning shaxsiy buyumlari va umumiy buyumlar. Bu chegaralarni hatto ota-onalar ham buzmasligi kerak. Buyum va o‘yinchoqlarni tartibga solish uchun har bir bolaga u javobgar bo‘lgan muayyan hududni yarating. Masalan, ryukzak va o‘yinchoqlar uchun joyga har birining ismini yozib qo‘ying. Shunday qilinsa, bolalar bir vaqtda mas’uliyatni his qilib, o‘zlarini kamsitilgan deb his qilmaydilar. Bunday yondashuv oilada bir farzand bo‘lganda ham o‘rinlidir.

6. Bantik va o‘ramlar uchun g‘aroyib yechim

guidepatterns.com

Qizingizning bant, soch to‘g‘nag‘ichlari va lentalarini saqlash va joyni tejash uchun devordan foydalaning: sevimli bezak vositalarini joylashtirish uchun maxsus taxta yasang. Shunday qilsangiz, yosh moda ishqibozi uchun aksessuar tanlashda o‘z vaqtingizni ham tejagan bo‘lasiz.

7. Kiyimni tahlamang, dumaloq qilib o‘rang

twotwentyone.net

Saqlashning bunday usuli joyni tejabgina qolmasdan, birinchi navbatda zarur buyumni tezroq topishda yordam beradi, axir kiyimlar endilikda bir-birini berkitib qo‘ymaydi. Shuningdek, bu variant g‘ijim kiyimlar muammosini hal etadi va haytingizni osonlashtiradi.

8. O‘yinchoqlarni vannada joylashtirish g‘oyasi

theinspiredhome.org

Vannadagi buyumlar uchun mo‘ljallangan maxsus idishlar bola cho‘milayotganda o‘ynaydigan o‘yinchoqlarni saqlash uchun mos keladi. Ularni vanna pardasining ushlab turuvchi qismiga ilgak bilan mahkamlash mumkin.

9. Hammasi o‘z joyida bo‘lishi uchun bolalar karovatidagi cho‘ntaklar

soldaeira.blogspot.com

Juda kichik shumtaka bolalar ota-onalari uchun a’lo darajadagi maslahat. Million xil zarur buyumlar orasida ikki so‘rg‘ichdan biri qo‘lingiz ostida bo‘ladi.

10. Bolalar kitoblarini karovat tepasidagi devorga joylashtrish mumkin

pennycarnival.typepad.com

O‘z qo‘lingiz bilan yaratish mumkin bo‘lgan, matodan tayyorlangan javondan foydalaning. Kitoblar tartib bilan yig‘ishtirishilgan, bola uchun uyqudan oldin uni olish qulay – ideal yechim!

11. Avtomobil o‘rindig‘iga organayzer osib qo‘ying

fireflycamo.com

Bu ham qisqa, ham uzun sayohatlar uchun a’lo yechim. Birinchidan, barcha buyumlar salonda yoyilib yotishidan havotir olmaysiz. Bunday tashqari, zarur bo‘lgan buyumlar qo‘l ostida bo‘lgani uchun bola ham hotirjam.

12. Turli buyumlar uchun alohida qutilardan foydalaning

pinterest.com

Razm solin, bolaning turli buyum va o‘yinchoqlarini quti va hatto chelaklar yordamida joyni tejagan holda qulay joylashtirish mumkin. Ularning ustiga yozib qo‘yish va har bir buyum uchun mo‘ljallangan joyga qat.iy rioya qilishni unutmang. Shu yo‘l bilan bolani tezroq tartibga o‘rgatgan bo‘lasiz.

13. Zarur bo‘lmagan kiyim va o‘yinchoqni vakuum xaltalarda saqlang

hometalk.com

Mavsumiy va kichik bo‘lib qolgan kiyim, zarur bo‘lmagan o‘yinchoqlarni vakuum xaltalarda saqlagan ma’qul. Bunda bumlar joyni kam egallaydi va hayot uchun keng hudud qoldiradi.

14. Bola uchun maxsus ish joyini tashkil qiling

kidsomania.com

Ba’zida bolalar xonasida shkaf o‘rniga eshik bilan oson yopiladigan maxsus ish hududini joylashtirish mumkin. Ko‘p vazifalarni bajarishdan tashqari bu kichik xona uchun a’lo dizaynerlik yechimi. Buyumlar uchun esa ixcham g‘aladon qo‘yish mumkin.

15. Javon yig‘ma stolga aylansin

kidsomania.com

Joyni kengaytirish, shuningdek stol va javonlardagi tartibsizdiklardan charchagan ota-onalar uchun yana bir layfxak. Bunday ko‘p funksiyali shkafni doimo beritib qo‘yish mumkin.

16. Agar bolaning qo‘li vanna kraniga yetmasa

acc.lady.mail.ru

Bolaning qo‘l yuvishdagi tartibsizligi ko‘p hollarda suvga yetib borishdagi jismoniy noqulayliklar bilan bog‘liq. Shuning uchun bu gigiyenik qoidaga bazo‘r o‘rganadilar. Vazifani osonlashtiring, qo‘l yuvish bola uchun yoqimli jarayonga aylanadi.

17. Internetdan qanday qilib o‘z maqsadimiz yo‘lida foydalanamiz

pixabay.com

Hech qanday tushuntirishlar yordam bermaganida, og‘ir artilleriyadan foydalaniladi. Wi-Fi parolini olish uchun haqiqiy tanlov uyushtiring: bolalardan uydagi 2-3 ta aniq vazifani bajarishini so‘rang. Bunday salbiy hislarga ega bo‘lmagan o‘yin - 99 foiz muvaffaqiyat demakdir.

18. Bolani o‘ng va chap oyoq kiyimni ajratishga qanday o‘rgatish mumkin

justsomething.co

Bolaning sevimli qahramonining rasmini kesib, oyoq kiyim ichiga yopishtirib qo‘ying. Shu yo‘l bilan u oyoq kiyimni mustaqil ravishda kiyishga tezroq o‘rganadi.

19. Muzqaymoq iste’mol qilayotganda ust-boshi kir bo‘lmasligi uchun

pinterest.com

Muzqaymoq tayoqchasiga keks uchun qog‘ozli shakl beruvchini kiygizing, shunday qilsangiz, muzqaymoq shakl bo‘ylab qo‘li yoki polga oqib tushadi.

20. Bolani qanday qilib foydali taom yeyishga o‘rgatish mumkin

irinazaytseva.ru

Bu ko‘pchilik ota-onalarning asosiy muammolaridan biri. Farzandingiz bilan foydali va oddiy taomlar tayyorlab ko‘ring. O‘z qo‘li bilan tayyorlangan taom, unga tatib ko‘rish ishtiyoqini bersa kerak. Aytgancha, bezatishga ijodkorona yondashishni unutmang.