Ta'tilni uchar likobchada yoki suv osti kapsulasida tropik baliqlar va korallar olamini tomosha qilib, yoki muzlik qirolligi yoxud mayoqda o'tkazish – mazkur mehmonxonalarning istalganida o'tkazilgan hattoki bir kun ham unutilmas sarguzashtga aylanadi.

 1. Attrap’ Reves

Yuqori Provans Alp tog'lari, Fransiya

© Attrapreves/Facebook

Ushbu maskan mehmonlari kunduzi ultrabinafsha nurlarini o'tkazmaydigan, tunda esa hasharotlar va zahdan himoya qiladigan shaffof elastik materialdan ishlangan pufaklarda hayotdan lazzatnadalira. O'tli pol va teleskop – qulaylikka qabul qilingan qo'shimchalar. Xonalarning ichiga silindrsimon yo'laklar olib boradi.

  • Yashash qiymati — € 139 dan boshlab.

 

2. The Manta Resort

Pemba oroli, Tanzaniya

© themantaresort

Birgina xona bo'lmaganida, bu dengiz bo'yidagi oddiy dam olish mehmonxonasi bo'lardi. Bu – suv osti xonasiga ega suzib yuradigan uycha. Underwater Room qirg'oqdan 250 metr uzoqlikda joylashgan. Ekzotik qurilmaning palubasida kunduzi kokteyl ichgan holda quyoshda toblanish, tunda esa yulduzlarni tomosha qilish mumkin. Suv ostidagi yoqoqxonaning ulkan derazalaridan marjon baliqlari, meduzalar va kalmarlarning hayotini kuzatish mumkin.

Underwater Room da yashash — sutkasiga € 1 000 atrofida, mehmonxonaning boshqa xonalarida — € 405 dan boshlab.

 

3. Poseidon Undersea Resort

Fidji orollari

© PoseidonResorts/Facebook

Ushbu noodatiy mehmonxona 74 xonadan iborat bo'lib, ulardan 25 tasi 15 metr chuqurlikdagi suv ostida joylashgan, qolgan xonalar esa suv ustida qoziqoyoqlarga qurilgan. Suv ostidagi xonalar o'zaro maxsus yo'lak bilan tutashgan 50 metrli kapsulalar ko'rinishida ishlangan. Mehmonlar o'z xonalarida hordiq chiqarish davomida dengiz mavjudotlarini kuzatishlari mumkin. Buning uchun ularni dalb qiladigan maxsus chiroq yoqilsa, yetarlidir.

  • Mehmonxonada yashash qiymati 7 kun (6 kecha) uchun bitta sayyohga $15 000 yoki ikki kishiga $ 30 000.

 

4. ArcticTree House Hotel

Rovaniyemi, Finlayandiya Laplandiyasi

© Arctic TreeHouse Hotel

Shundoqqina daraxtlar tepasida joylashgan hashamatli xonalardan iborat arktik mehmonxona. Mehmonxona shimoliy yog'dudan bahramand bo'lish va dunyodagi asosiy Rojdestvo yo'nalishi – Santa-Klaus Qishlog'iga tashrif buyurish uchun mukammal joylashuvga ega.

  • Yashash qiymati — 2 sutka uchun € 850 dan boshlab.

 

5. Jumbo Stay

Stokgolm, Shvetsiya

© wikipedia   © jumbostay

2002 yilda bankrotlikka uchragan Shvetsiya kompaniyasiga tegishli Boing 747—212B (Jumbo Jet) 2008 yilda mehmonxonaga aylantirilib, Stokgolmdagi Arland aeroportiga kirish joyiga o'rnatilgan. Unda 29 ta xona mavjud. Eng qimmatli va shinam xona uchuvchilar kabinasida joylashgan. Ushbu kabinadan aeroportga panoramali manzara ochiladi, oddiy xonalardan esa uchish chizig'ini tomosha qilish mumkin.

  • Joylashish qiymati — sutkasiga taxminan € 136.

 

6. Skylodge Adventure Suites

Urubamba, Peru

© Luna sin estrellas/Flickr   © Freeda/Facebook   © Bettina Mensch/Facebook

Mazkur antiqa mehmonxona Perudagi Muqaddas vodiyda taxminan 120 metr balandlikda joylashtirilgan 3 ta shaffof kapsuladan iborat. Mehmonxona konstruksiyasining dizayni pastda yoyilgan vodiy manzarasini tomosha qilish va tog' sraguzashtlarini boshdan o'tkazish imkonini beradi. Sarguzashtning bir qismi kapsulaga yetib olish uchun qoyaga chiqishda tog' yo'li bo'ylab murakkab yo'nalishni bosib o'tishdan iborat.

Yashash qiymati sutkasiga bir kishi uchun taxminan € 270 (kapsula-xona ichiga 8 tagacha odam sig'ishi mumkin).

 

7. Sheraton Huzhou Hot Spring Resort

Xuchjou, Xitoy

© Sheraton

G'ayrioddiy shakldagi serhasham mehmonxona – to'liq oval shaklini yaratish uchun suvdan 27 qavat yuqorida va 2 qavat pastda joylashgan. U jahondagi eng qimmatli 10 ta mehmonxona ro'yhatiga kiradi.

  • 2 kishilik xonada yashash qiymati — sutkasiga € 200 dan boshlab.

 

8. Inntel Amsterdam Zaandam

Amsterdam, Niderlandiya

© Inntel Hotels   © Inntel Hotels/Facebook

Ushbu mehmonxonaning old qismi qariyb 70 ta terilgan uylar – Amsterdam uchun odatiy hisoblangan kottejlardan tortib to ishchilarning shahar chekkasidagi uylaridan iborat. Undagi xonalar mahalliy tarix bilan tanishtiradi.

  • 2 kishilik xonada yashash qiymati — sutkasiga € 130 dan boshlab.

 

9. Free Spirit Spheres

Vankuver oroli, Kanada

© freespiritspheres

Bu mehmonxonadagi joylar sharlar ko'rinishida ishlangan bo'lib, daraxtlarga osib qo'yilgan. Natijada, shamolda bir oz silkinib turadigan xonada uxlash mumkin.

  • Joylashish qiymati — sutkasiga € 155 dan boshlab.

 

10. The Boot Bed’n’Breakfast

Tasman, Yangi Zelandiya

© The Boot/Facebook

Yangi Zelandiyadagi Tasman hududining qoq markazida The Boot Bed N’ Breakfast ulkan poyabzal shaklidagi 2 qavatli kottej joylashgan. Mehmonlar uyi 2 kishiga mo'ljallangan va romantik hordiq uchun ajoyib joy sanaladi.

  • Yashash qiymati — juftlik uchun sutkasiga taxminan € 250.

 

11. Giraffe Manor

Nayrobi, Keniya

© The Safari Collechion

Nayrobidagi ajoyib bog' va quyshli ayvonga ega eng mashhur binolardan biri. Antiq mehmonxonaning asosiy jihati – noz-me'matlarning sahiy ulushini olish ilinjida mehmonxonaning ochiq derazalari va eshiklariga tez-tez mo'ralab turadigan Rotshild jirafalari hamrohligida kun o'tkazish imkoniyatidir.

  • Yashash qiymati — kishi boshiga sutkasiga € 490.

 

12. ION Luxury Adventure Hotel

Nesyavellir, Islandiya

© ionhotels

Xeyngidl vulqonining yonbag'rida, YUNESKO muhofazasi ostida bo'lgan Tingvedlir  Milliy bog'idan atigi 18 km. masofada joylashgan mehmonxona huddi tog'dan o'sib chiqib, havoda muallaq turgan va geotermal bug' parchalarida dam olayotganga o'xshaydi. Yaqin atrofda ko'plab termal buloqlarning mavjudligi xonalarni issiq suv bilan ta'minlash qatorida, inshoot asosini o'rab turadigan va muallaq turgan bino tasavvurini uyg'otadigan bug'ning doimiy manbai hisoblanadi.

  • Yashash qiymati — 2 kishilik xona uchun sutkasiga € 496 dan boshlab.

 

13. Giant Wine Barrel Room

Zasbaxvalden, Germaniya

© weinfass

Germaniyadagi ushbu eko-mehmonxona uzumzorlarga qaragan ulkan vino bochkalari shaklidagi xonalari bilan o'ziga xosdir. Mehmonxona o'rmon bilan qoplangan tepaliklar oralig'idagi noyob hududda, vinochilik faoliyati va yog'ochga ishlov berish sanoati bilan nom qozongan qishloqda joylashgan.

  • Yashash qiymati — 2 kishi uchun € 156 dan boshlab.

 

14. Treehouse Lodge

Ikitos, Peru

© treehouselodge

Amazoniya changalzorlarida yomg'irning tovushi va qushlar sayrashi hamohangligidagi uyqu – haqiqiy orzu emasmi axir. Mehmonlar tom ma'noda daraxtlarda yashaydilar – barcha bugnalolar ko'rkam barglar orasiga yashirilgan. Tashqaridan uychalar bir-biri bilan yog'och ko'prikchalar orqali tutashgan qush uyalarini eslatadi. Bunday g'aroyib joylashuv mehmonlarga Peruning yovvoyi tabiatiga to'liq singib ketish imkonini beradi.

  • Joylashish qiymati — ikki kishiga 2 sutka uchun € 1 238 dan boshlab.

 

15. Icehotel

Yukkas'yarvi, Shvetsiya

© icehotel

Icehotel — Shvetsiyaning haqiqiy muz javoxiridir. Uning tengi yo'q ichki bezaklari va me'moriy ansambli har yili o'z g'oyalarini ro'yga aylantirish uchun Yukkas'yarvi qishlog'iga butun dunyodan tashrif buyuradigan iste'dodli rassomlar tomonidan yaratiladi. Mehmonxonadagi muzdan ishlangan xonalarni bezatishda diodli lampalar, hayvonlarning terisi, suratlar va muz haykallardan foydalaniladi. Barcha qulayliklar mehmonxonadan bir necha mert uzoqlikdagi qo'shni imoratda joylashgan bo'lib, bu yerda shuningdek sayyohlarning buyumlari saqlanadi. Muz mehmonxonasida qolishni istagan sayyohlarga muzdan ishlangan xonalarda yashash bo'yicha yo'riqnomalar beriladi.

  • Yashash qiymati — ikki kishiga bir kecha uchun taxminan € 578. Sovuq xonada bir kechadan ortiq vaqtga qolish tavsiya etilmaydi.

 

16. Treehotel

Xarads, Shvetsiya

© treehotel

Treehotel o'z mehmonlariga shundoqqina daraxtlarda joylashgan o'ta go'zal xonalarni takliq qiladi. Turar joy sifatida ekologik usuldagi dizaynerlik xonalaridan birini tanlashingiz mumkin: panoramali derazalari bor kapsula, ulkan qush uyasi, ko'zguli shishadan ishlangan kub yoki misoli havoda muallaq turgan uchar likobcha.

  • Yashash qiymati — ikki kishi uchun € 503 dan boshlab.

17. Leap Rus eko-mehmonxonasi

Kabardino-Balkariya, Rossiya

© kuptsov_photo   © LeapRusElbrus/Facebook   © kuptsov_photo

Dunyodagi eng baland tog'da, dengiz sathidan 3 912 metr balandlikda joylashgan mehmonxonalardan biridir. Endi Elbrusga ko'tarilishi bir vaqtning o'zida ham xavfli, ham qulay bo'lishi mumkin: tunash joyidagi krandan issiq suv oqadi, pollar isitiladi, yuqori tezlikdagi Wi-Fi mavjud. Yegulik esa quyidagicha – 3 taomdan iborat to'liq tushlik (zero, bunday balandlikda ovqat tayyorlash o'ta qiyin, chunki suv 80 gradusda qaynaydi va bir necha soatlab qaynatish kerak bo'ladi). Mehmonxona fazoviy kapsulalarni eslatuvchi bir nechta blokdan iborat. Mehmonxonaga 3 800 metrgacha kanat yo'lagi bo'ylab ko'tarilish mumkin, qolgan yo'lni esa qordayurar yordamida bosib o'tiladi.

  • Yashash va ovqatlanish qiymati — bir kishi uchun sutkasiga 7 500 rubl, manzarali deraza yonidagi joy (ovqatlanish bilan) — sutkasiga 8 800 rubl.

 

18. «Iglu, Tog' hududi» mehmonxonasi

Nachiki qishlog'i, Rossiya

© igloohotel   © igloohotel/Facebook

Etnik koloritga ega ekzotik mehmonxona faqat qordan tayorlangan katta iglulardan (iglu – eskimoslarning qishki boshpanasi bo'lib, shamol bilan mustahkamlangan qor yoki muz parchalaridan yasalgan gumbazsismon shaklda ishlanadi) iborat imoratlar majmuidir. Katta iglular xoll hamda peshtaxta va muzli kamindan iborat bar bilan jihozlangan. Iglular ikki yoki sakkiz kishi uchun mo'ljallangan bo'ladi. Terilar va yotoq tizimlari bilan jihozlangan qorli krovatlar hattoki eng issiqsevar qizlar va bolalarga qulay tuyuladi.

  • Yashash qiymati — sutkasiga 2 000 dan 9 000 gacha rubl.

 

19. Montana Magica Lodge

Neltume, Chili

© huilohuilo

Mazkur ertaknamo uycha Uilo-Uilo qo'riqxonasida joylashgan. Tashqaridan mehmonxona qvulqonga o'xshaydi. Agar deraza o'rinlari bo'lmaganida, bu imorat o'rmon manzarasining bir qismi bo'lib ko'rinardi. Imoratning o'rta qismi darajasidagi “maymunlar” osma ko'prigi ichkariga kirishning yagona yo'lidir.

  • Yashash qiymati — 2 sutka uchun taxminan € 367.

 

20. Société Duvetnor

Kvebek, Kanada

© duvetnor   © duvetnor/Facebook

1862 yilda Avliyo Lavrentiy daryosida o'rnatilgan mayoq 100 yil o'tgach tashlandiq holga kelgan, ammo 1989 yilda mehmonxona ko'rinishida qayta dunyoga kelgan. Ushbu federal ahamiyatga ega arxitektura yodgorligida atigi uchta 2 kishilik xona hamda o'tgan asr qiyofasida bezatilgan umumiy mehmonxona bor. Minoradagi teleskop orqali qushlarni kuzatish mumkin.

  • Yashash qiymati — bir kishi uchun $ 175 dan boshlab.

Attrapreves asosiy surati