Biroq ularning hammasi ham aslida foydali emas. Bu maqolada Quora – bilimlar bilan almashinish xizmatining minglab foydalanuvchilari tomonidan ma’qullangan, tekshirilgan maslahatlar ro‘yxatini uchratasiz. Hech qanday sehr yo‘q, faqat amaliyot.

1. Siz uchun muhim bo‘lga narsani aniqlang va bu masalaga alohida e’tibor qarating. Aks holda bugun bajarayotgan ishlaringizning 80 foizi uzoq istiqbolda hech qanday natija keltirmaydi. Aniq maqsadsiz u foydasiz ishga aylanadi.

2. Uyqu, yegulik va jismoniy mashqlarsizga natijani uch baravar oshirishda yordam berida oladi, chunki ular diqqat, ishtiyoq va quvvat darajasini oshiradi.

3. Ikki daqiqa qoidasi. Agar qaysidir ish (xatga javob berish yoki stolni tozalash)ni ikki daqiqa ichida bajara olsangiz, uni aynan hozir bajaring. Agar bu ishni keyinga qoldirishga qaror qilsangiz, u holda birinchidan, bu ish uchun ko‘proq vaqt sarflaysiz, ikkinchidan buni bajarashingizga kafolat umuman yo‘q. 

4. Besh daqiqa qoidasi.Bekorchilikka qarshi kurashishning a’lo usuli shundan iboratki, «juda qiyin vazifa»ni hal etishni maqsad qilish emas, unga bor-yo‘g‘i keyingi besh daqiqangizni ajratish lozim. Bunda muhimi boshlab olish, oxiriga yetib kelganingizni ham sezmay qolasiz. 

5. Seynfeld qoidasi.Agar qaysidir sohaning «eng zo‘ri» bo‘lishni istasangiz, u bilan har kuni shug‘ullaning.

6. Odatlaringiz ustida ishlang. To‘g‘ri odatlar oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda har qanday insonga ijobiy yordam beradi. 

7. Xotirangizga umid qilmang.Daho bo‘lsangiz ham barchasini miyangizda saqlay olmaysiz. Yon daftaringizga izohlar yozing, vazifalar ro‘yxatini tuzing, ularni telefonda rejalarshtiring va h.k

8. Qancha instrument kerak bo‘lsa, ana shunchadan foydalaning.Bugun o‘zaro raqobatdosh dastur, xizmat va qurilmalar mavjud. Vazifalarni bajarish uchun eng qulayini tanlang va boshqalaridan voz keching.

9. Intizom — biz uchun hamma narsa.Ikki narsadan boshlagan ma’qul: har kuni ertalab kunni rejalashtirish va har kuni kechki payt qisqa hisobot yozish. Bu sizga istiqbollarni aniqlash, keraksiz ishlarni ajratib olish va aynan zarur bo‘lganlarini bajarishda yordam beradi.

10. Har doim quloqchin taqib oling. Doimiy ravishda musiqa tinglash shart emas, bu sizga atrofdagilarning murojaatlariga e’tibor bermaslik imkonini beradi. 

11. Pochtani doimiy ravishda tekshirishni bas qiling. Kuningizni elektron pochtani o‘qish bilan boshlamang va u bilan yakunlamang. Buni bir kunda uch martadan ortiq bajarmaslikka harakat qiling, masalan soat ertalab 11, kunduzi 2 va kechki payt 5da. Yodda tuting, pochtangiz vazifalar ro‘yxati emas. Uni hal qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni rejalashtiruvchi, fayllarni saqlovchi, shaxsiy yozishmalarni esa arxivga joylashtirib, tozalang. 

12. Telefon qo‘ng‘iroqlari bilan ham aynan shunday. Kim sizga doim aloqada bo‘lishingiz kerak deb aytdi?Band bo‘lganingizda telefonni o‘chirib qo‘ying va uni muayyan bir vaqtda yoqing. Kimga kerak bo‘lsa, qayta qo‘ng‘iroq qiladi, zarur bo‘lmaganlar – sizni bezovta qilolmaydi. 

13. Kichik vazifalarni guruhlang. Pochtani tekshirish, telefonda suhbatlashish, Facebook va b.

  1. MI3 qoidasi.Bu qisqartma Most Important three tasks bo‘lib, u kunni eng muhim uch vazifa bilan boshlash kerakligin anglatadi, qolganlari esa vaziyatga qara hal etiladi. 
  2. Iroda chegaralangan.Muhim qarorlarni kunning birinchi qismida qabul qilishga harakat qiling, ikkinchi darajali va ahamiyatsiz bo‘lganlarini esa maksimal darajada chetlashtiring.
  3. Eng muhimi. Har doim o‘zingizdan qaysi eng kuchli narsani aynan hozir bajara olishingizniso‘rang. So‘ng 4 raqamli qoidadan foydalaning.
  4. Mukammalik ortidan quvib, vaqtni boy bermang. Mahsulotingizgacheksiz marta ishlov beravermang. Startap dunyosida aytganlaridek, “agar biroz bo‘lsada mahsulotingizdan uyalayotgan bo‘lsangiz, demak siz uni juda kech ishga tushiryapsiz.
  5. Bosim mo‘’jiza yarata oladi. Shijoat uchun mukofot va ijtimoiy majburiyatlardan foydalaning. Jazolanishdan qo‘rqish va maqtov uchun intilish eng qisqa muddatlarda mo‘’jiza yaratishga qodir.
  6. Bekorchilikni rejalashtiring. Ba’zida hech nima qilmaslik miyangizga quvvat berishi mumkin. Bu jarayonni nazorat ostida ushlash muhim. 
  7. O‘chirib tashlang. «Yo‘q» deng. E’tibor bermang. O‘zgalarning rejalarini buzing. Hayotingizni hamkasblarning ish grafigiga qulay joylashgan holda emas, shaxsiy rejaga asosan qurishga harakat qiling.
  8. Yasama qobiliyatsizlilik. Bu avvalgi qoidani qo‘llashning diplomatik usuli.

Ana bo‘ldi. Umid qilamizi, bu qoidalar sizga mahsuldor bo‘lish va vaqtingizni samaraliroq boshqarishda yordam beradi. Bizga o‘z fikringiz haqida izoh qoldirishni unutmang.