Hayotimizdagi ko‘p narsa pulga borib taqaladi. Yaxshimi yoki yomonmi bu har bir insonning shaxsiy masalasi va bu borada «aql o‘rgatish»ning foydasi yo‘q. Biroq shuni aniq aytish mumkinki, pul – hayotimizning ajralmas qismi, uni ishlab topish mahorati hech qachon ortiqchalik qilmaydi.

Biroq pul ishlab topish uchun uning asoslarini ham bilish kerak. Soliqlar, bank operatsiyalari, passiv daromad siz uchun begona tushunchalar bo‘lishi kerak emas. Agar sizning daromad keltiradigan barqaror va sevimli ishingiz bo‘lsa, bu ajoyib. Biroq bari o‘zgarishi mumkinligi va shuning uchun zaxira variantga ega bo‘lish kerakligini unutmang.

Ushbu maqolada 30 yoshgacha oldimizga erishish uchun maqsad qo‘yib, amalga oshirish kerak bo‘lgan 25 maqsadni tanladik. Ularni amalga oshirgach, o‘z moliyaviy kelajagingizga ishonch xosil qilishingiz mumkin.

  1. Ota-onadan moliyaviy mustaqillik

Ota-onangiz sizni doim bola deb hisoblaydi, ularga siz katta odam ekanligingiz va o‘zingizni ta’minlay olishingizni eslatish kerak.

  1. Qarzlarning yo‘qligi

Imkoniyatingizga qarab yashang, agar nimanidin sotib olishga qurbingiz yetmasa, qarzga pul olishga harakat qilmang. Pul nafaqat moliyaviy barqarorlikni, balki munosabatlarni ham buzadi.

  1. So‘ndirilmagan kreditlardan qutilish

Yanada ko‘p buyum egasi bo‘lishga intilishimiz bizni moliyaviy o‘raga tashlab yuboradi. Kredit bo‘yicha qarzlar nafaqat kredit tarixi, balki moliyaviy farovonligimizga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

  1. Nafaqaga pul yig‘ish

Agar keksalik o‘zgalar bilan sodir bo‘ladi, men hech qachon qarimayman deb o‘ylasangiz, menda siz uchun yomon yangilik bor. Bunday uzoq o‘tmish haqida o‘ylab ko‘rmagan bo‘lsangiz kerak, biroq biz aytgandek qilsangiz, keksalik sizni g‘aflatda qoldirolmaydi.

  1. 5Investitsiyalarni o‘rganish va investitsion portfelyaratish

30 yoshga kelib, sizda investitsion portfel bo‘lishi kerak. Bank qo‘yilmalari ham yaxshi, biroq qismlarga bo‘lingan portfel kichik bo‘lsa ham barqaror foyda keltiradi.

  1. Zaxira fondiga ega bo‘lish

Sizning uch va besh oylik harajatlaringizga yetadigan miqdoridagi pulga ega bo‘lishga harakat qiling. Har ehtimolga qarshi shunday qilish maqsadga muvofiq.

  1. 7Imtiyozlardan maksimum foydalanish

Qandaydir imtiyoz olish imkoniyati bo‘lsa, undan albatta foydalaning. Aks holda, bu pulni bekorga sarf qilgan bilan barobardir.

  1. Harajatlarni kuzatib borish

Pullarimizni boshqarishning yagona usuli – harajatlarni kuzatib borishdir.

Ilovalar yordamida buni amalga oshirish juda qulay. Masalan, iOS uchun Dollarbirdva Android uchun Moneywiseilovalari.

9.Kutilmagan xaridlarga barham berish

Zavq olish uchun xarid qilish odatidan qanchalik tez qutilsangiz, shuncha yaxshi bo‘ladi. Keraksiz buyumlarni sotib olishni bas qiling. Buni oldindan aniqlashga o‘rganing.

10.Pulni kerakli buyumlarga sarflash

Siz allaqachon talabalar yotoqxonasi yoki ota-onangizning uyida yashamayapmiz. Shaxsiy xonadoningiz bo‘lsa kerak, uni jihozlashga pul sarflash mantiqan to‘g‘ri. Parda, mebel yoki hatto sport zaliga abonement sotib olish ham to‘g‘ri xaridlarga a’lo misollardir.

11.Kommunal to‘lovlarni vaqtida to‘lash

Turar-joy kommunal xo‘jaliklari ustidan cheksiz ravishda shikoyat qilishimiz mumkin, biroq xizmat uchun haq to‘lashimizga to‘g‘ri keladi.

12.Pulni katta va foydali buyumga sarflash

30 yoshga to‘lganda moliyaviy maqsadlardan hech bo‘lmasa birini ta’minlay olishingiz kerak. Bu mashina yoki sayohat bo‘ladimi, siz pul yig‘ib, uni shu tarzda sarflashga majbursiz. Siz bu xariddan uzoq vaqtgacha zavqlanib yurasiz.

13.Soliq tizimini tushunish

Soliq tizimi qanday ta’sir qilishini tushunish kerak va shu yo‘l orqali iqtisod qilish kerak. Misol uchun o‘zga mamlakatlarda to‘langan soliqni qanday qaytarish, xonadonni sotish va sotib olishda sotish solig‘idan iqtisod qilish.

14.Katta xarid uchun pul yig‘ish

Uzoq muddatli reja tuzing va uni amalga oshirish sari ishonch bilan odimlang. Har birimizning orzumiz bor, uning uchun aynan shunday reja zarur.

15.Karyera to‘g‘risida o‘ylash

Ishingiz - daromadning asosiy manbai. Agar ishingiz o‘zingizga yoqsa, shaxsiy professornal ko‘nikmalaringizni rivojlantirib borishni va karyerani unutmang. Seminar, ma’ruzalarga boring, muvaffaqiyatli hamkasblaringizdan o‘rganing.

16.Passiv daromad

U kichik bo‘lsa ham qo‘shimcha daromad bo‘lishi kerak. Agar bu haqida o‘ylab ko‘rmagan bo‘lsangiz, hozir boshlash uchun qulay fursat.

  1. Mablag‘ingiz o‘sishi kerak

Aktiv — passiv = ijobiy yig‘indi formulasi juda dolzarbBu yig‘indi o‘sib borishi lozim. Qanchaga deysizmi? Bu sizning harakat va intilishlaringizga bog‘liq.

18.Kuchli maqsad

Sizda bunday maqsad bo‘lishi kerak. Olti belgili maosh yoki bir necha millionlik bank hisob raqami – maqsadni o‘zingiz belgilaysiz. Belgilab olgach, kichikroq maqsadlar yordamida uni amalga oshirish uchun intilasiz. Bu maqsadga erishib bo‘lishingiz bilan (unga erishishga majbursiz) keyingi maqsadni belgilab oling.

19.Vositalarga qarab hayot kechirish

Men tejash kerakligi haqida gapirmayapman. Aslo. Biroq zo‘r narsalarni xarid qilish uchun pulni ham yaxshi ishlab topish kerak. Agar dala hovli sotib olishni istasangiz, u qancha turishi, uni xarid qilish uchun qancha ishlab topishingiz kerakligini hisoblang. Hozircha cho‘ntagingizga to‘g‘ri kelmasa, uni maqsadga aylantirmang!

20.Atrofdagilarga o‘zini taqqoslash

Biz odamlar ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etayotganlari va haqiqiy hayot - ikkita turli narsadardir. Shuning uchun do‘stingiz yangi mashina sotib olgani uchun o‘zingizni koyishingiz va unga hasad qilishingiz kerak emas. Balki u bu xarid uchun so‘nggi 10 yil davomida pul yig‘ib kelgandir.

21.Buyumlar quli bo‘lishni bas qilish

Buni amalga oshirish mushkul, axir biz iste’mol dunyosida yashayapmiz va bizga doim nimanidir sotishni istashadi. Muvaffaqiyatingizni moddiy narsalar bilan o‘lchamang.

22.Hayriya

Kichikroq miqdordagi pulni hayriyaga sarflang. Bu byudjetingizga ta’sir ko‘rsatmaydi, biroq sizga qoniqish, o‘zgalarga esa yordam beradi.

23.Avval foydalanilgan - yomon degani emas

Ongimizda foydalanilgan tovar – yomon degan tushuncha chuqur joylashgan. Bu bilan kurashish kerak. OLX kabi saytlar bunda bizga yordam beradi.

24.Keraksiz to‘lovlarni to‘lashga chek qo‘yish

Telefonda zarur bo‘lmagan, lekin bexosdan yoqilgan tarif, uni o‘chirishga erinyapsiz. Bunday vaziyatlar pulingizni «yeb bitiradi». Bu holatni 20 yoshda kechirish mumkin, biroq 30 yoshda pulni boshqarishni bilishingiz kerak.

25.Pul – almashish vositasi, unga mukkasidan ketmang

Moliyaviy barqaror bo‘lish juda zo‘r, biroq unga butun umrni sarflash yaramaydi.

Moliyani o‘rganing, moliya jihatidan rivojlaning, biroq uni hayotingizning oliy maqsadiga aylantirmang. Bu juda siyqasi chiqqan gap, biroq pul sizni baxtli qilolmaydi.

O‘zgalarga shaxsiy moliyani to‘g‘ri olib borish va maqsadga erishishda yordam beradigan maslahatlaringiz bormi? Izohlarda ular bilan bo‘lishing!