Zamonaviy dunyoda etiket qoidalarini bilmaslik – noqulay holatda turgan holda shamolga qarshi tupurishdek bir gap. Afsuski, aksariyat muloqotning ma'lum me'yorlari va qoidalariga amal qilishni uyatli bir narsadek qabul qilib, buni haqiqiy hayotdan ancha uzoqda bo'lgan takabbur shaxslarning hulqi alomati deya hisoblaydilar. Biroq, qo'pol va betakalluf hulq-atvorga javoban huddi shunday munosabat yuzaga kelishi mumkinligini unutmaslik kerak.

Aslida etiket asoslari ancha soddadir. Bu nutq madaniyati, oddiygina xushmuomalalik, tartibli tashqi ko'rinish va hissiyotlarni boshqara olishdir. Bu holatlarning barchasi ham erkaklar, ham ayollarga taalluqli.

  1. Agar «Men sizni taklif qilaman»iborasini qo'llagan bo'lsangiz, — bu yegulik uchun siz haq to'lashingizni bildiradi. Boshqacha ibora: «Keling restoranga boramiz», — bu vaziyatda har kim o'zi uchun to'laydi va faqatgina erkak kishining o'zi xonimning o'rniga to'lashni taklif qilsa, xonim bunga rozi bo'lishi mumkin.
  2. Hech qachon mehmonga qo'ng'iroq qilmasdan kelmang. Agar sizni ko'rishga ogohlantirishsiz kelishgan bo'lsa, bemalol xalatda va soch turmagi vositalarida qolishingiz mumkin. Bir britaniyalik xonim chaqirilmagan mehmonlar kelib qolganida doim tufli va shlyapasini kiyib, qo'liga soyabon olishini aytgan. Agar kelgan mehmon unga yoqimli bo'lsa, u “Voy, qanday yaxshi, hozirgina kelgandim!”, deydi. Agar yoqimsiz bo'lsa “Voy, afsuski, ketishim kerak edi!”, deya javob beradi.
  3. Qiz bolani sms-xabarlar orqali uchrashuvga taklif qilish va u bilan shu usulda muloqot qilish maqsadga muvofiq emas.

 

Manba

 

      4. Jamoat joylarida smartfonni stol ustiga qo'ymang. Bunday qilish orqali aloqa vositasining hayotingizda qanchalar muhim o'rin tutishini va yoningizda kuzatilyotgan yoqimsiz gaplar qanchalar qiziqmasligini ko'rsatib berasiz. Siz istalgan daqiqada keraksiz suhbatni qoldirib, Instagramdagi tasmani tekshirishga, muhim qo'ng'iroqqa javob berishga yoki Angry Birds o'yinining qanday yangi o'n beshta bosqichi chiqqanini bilish uchun chalg'ishga tayyor bo'lasiz.

     5. Erkak kishi hech qachon ayollar sumkasini ko'tarib yurmaydi. Va, ayollar paltosini u faqat yechinish xonasiga olib borish uchungina oladi.

     6. Poyabzal doim toza bo'lishi shart.

     7. Agar kim bilandir ketayotgan bo'lib, hamrohingiz sizga notanishodam bilan salomlashsa, siz ham salomlashishingiz zarur.

     8. Aksariyat sushinifaqat tayoqchalar bilan yeyish mumkin deb o'ylaydi. Biroq, bu to'g'ri emas. Ayollardan farqli o'laroq, erkaklar sushini qo'lda yeyishlari mumkin.

 

Manba

 

      9.  Telefonda bekorchi suhbatlarni yuritmang. Agar dildan suhbat qurishni istasangiz, yaxshisi kerakli odam bilan yuzma-yuz uchrashing.

      10. Agar sizni haqorat qilishgan bo'lsa, muqobil qo'pollik bilan javob qaytarish va haqorat qilgan odamga ovozni balandlatish kerak emas. Uning darajasigacha tushmang. Yaxshisi, jilmaying va tarbiyasiz suhbatdoshdan uzoqlashing.

      11. Ko'chada erkak kishi xonimdan chap tomonda borishi kerak. O'ng tomonda faqat harbiy olqishlashni bajarishga tayyor harbiy xizmatchilar yurishi mumkin.

      12. Haydovchilar piyodalarga sovuqqonlik bilan loy sachratish – o'ta ketgan madaniyatsizlik ekanligini yodda tutishlari zarur.

 

Manba

 

      13. Xonimlar xona ichida shlyapa va nozik qo'lqoplarni yechmasligi mumkin, ammo qalpoq va issiq qo'lqoplar bundan mustasno.

      14. To'qqizta narsani sir saqlash lozim: yosh, boylik, uydagi teshik, ibodat, dori tarkibi, ishqiy aloqa, sovg'a, hurmat va haqoratni.

      15. Kino, teatr, konsertga kelgandan so'ng o'z joyiga faqat o'tirganlarga yuz tomon bilan o'tish kerak. Birinchi bo'lib erkak kishi o'tadi.

      16. Erkak kishi doim restoranga birinchi bo'lib kiradi, bunga asosiy sabab – ushbu belgi bo'yicha metrdotel muassasaga kelish tashabbusi kimdan chiqqani va kim haq to'lashi borasida ma'lumotga ega bo'ladi. Katta jamoa kelgan taqdirda – restoranga borish taklifini bergan odam birinchi bo'lib kiradi va pul to'laydi. Biroq, kirish joyida tashrif buyuruvchilarni eshikbon kutib olayotgan bo'lsa, erkak kishi avval ayolni o'tkazib yuborishi shart. So'ngra, erkak kishi bo'sh joylarni topadi.

 

Manba

 

      17.  Hech qachon ayol kishiga uning xohishisiz tegish, qo'lini ushlash, suhbat chog'ida unga teginish, itarish yoki tirsagidan yuqoriroqni ushlash mumkin emas, bunda ayolga transportga kirish yoki undan chiqishda, shuningdek ko'chani kesib o'tishda yordam berayotgan bo'lsangiz istisno qilinadi.

     18.  Agar kimdir sizni madaniyatsiz ravishda chaqirayotgan bo'lsa (masalan: “Xoy, sen!”), unga javob qaytarish shart emas. Biroq, qisqa uchrashuv vaqtida pand-nasihat o'qib, boshqalarni tarbiyalashga hojat yo'q. Yaxshisi o'z namunangiz bilan etiket qoidasini o'rgatib qo'ying.

     19.  Atirdan foydalanishda oltin qoida – me'yorlilikdir. Agar kechga borib atiringiz hidini seza olsangiz, bilingki, boshqalar bo'g'ilib bo'lgan.

 

Manba

 

      20. Tarbiyali erkak hech qachon ayolga nisbatan munosib hurmat ko'rsatmaslikni o'ziga ep ko'rmaydi.

      21. Erkak kishi xonim yonida faqatgina uning ruhsati bilan chekadi.

      22. Direktor, akademik, keksa ayol yoki maktab o'quvchisi – kim bo'lishingizdan qat'iy nazar, xonaga kirganda birinchi bo'lib salomlashing.

      23. Yozishma maxfiyligiga rioya qiling. Ota-onalar farzandlariga yuborilgan xatlarni o'qimasliklari kerak. Shuningdek, turmush o'rtoqlar ham huddi shunday yo'l tutishlari zarur. Yaqinlarining cho'ntaklaridan yozishmalar va xatlarni izlaydigan odam o'ta odobsiz hisoblanadi.

 

Manba

 

      24. Moda ortidan quvmang. Zamonaviyva yomon ko'ringandan ko'ra, zamonaviy emas, ammo yaxshi ko'rinish afzalroq.

      25. Agar kechirim so'ragandan keyin sizni avf etishgan bo'lsa, haqoratli masalaga qaytib, yana kechirim so'rashning hojati yo'q, shunchaki bunday xatolarni qaytarmang.

      26. O'ta qattiq kulish, shovqinli muloqot qilish, odamlarga tikilib qarash – haqoratomuzdir.

 

Manba

 

      27. Yaqinlaringiz, qarindoshlar va do'stlaringizga minnatdorlik bildirishni unutmang. Ularning yaxshi ishlari va o'z yordamini taklif qilishga tayyorligi majburiyat emas, balki minnatdorlikka munosib hissiyotlar namoyishidir.